O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 16- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#144612
  1   2   3   4   5   6
Rasulova Sevara Choriyorovna



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
16-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.02.2023
MARKAZIY OSIYODA ILK DAVLATCHILIK VA ULARNING SHAKLLANISH TARIXI 
(SHIMOLIY BAQTRIYANING BRONZA DAVRI SOPOLLI MADANIYATI MISOLIDA) 
(1991-2022-YILLARDA MAHALLIY TADQIQOTLAR MISOLIDA) 
Rasulova Sevara Choriyorovna 
Termiz davlat Universiteti Tarix Fakulteti II kurs magistranti 
Annotasiya:
ushbu maqolada Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik va ularning 
shakllanishi tarixi shimoliy Baqtriya ming bronza davri sopolli madaniyati misolida 
paydo bo'lishi haqida Maʼ'lumotlar berib o'tilgan.. 
Kalit so'zlari:
bronza davri, sopol, «Avesto», arxeologlar.
Markaziy Osiyo xalqlarining necha ming yillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz
O`zbekiston hududining janubiy mintaqalarida miloddan avvalgi II mingyillikning 
oxirlarida so`ngi bronza davrida shakllangan hamda bir qator zabardast arxeologlar 
tomonidan “Sopolli madaniyati” deb atalib ilmiy muomalaga kiritilgan madaniyat 
sohibkorlari haqida ma`lumotga ega bo`lamiz.[Asqarov, 1977] Avvalambor ushbu 
hudud Shimoliy Afg`oniston, Janubiy O`zbekiston hamda Janubiy Tojikiston 
mintaqalarini o`z ichiga olgan. Asosan Amudaryoning, chap sohillari uzra yastanib 
yotgan bepayon hududlar va bugungi kunda qurib qolgan Bo`stonsoy va Ulonbuloqsoy 
kanallari yoqasida bronza davrining qadimiy dehqonchilik vohalari bo`lgan Sopolli 
madaniyati shakllandi va ushbu madaniyat arxeolog olimlar tomonidan bir necha 
bosqichlarga bo`linib o`rganiladi. Sopolli madaniyatining majmualari ya`ni tarixiy 
obektlari misolida bir qancha arxeologlar tomonidan o`zbek davlatchilik tarixini 
yanada qadimiylashtirish uning yoshini ahamoniylar davridan bronza davriga borib 
taqalishini asoslab beruvchi qimmatli risolalar dunyo yuzini ko`rdi. [Shaydullayev 
2000] 
Markaziy Osiyo mintaqasida so`ngi bronza davri yodgorliklari Dashtli va Sopolli 
madaniyatining ochilishi va ular fanda o`z tasdig`ini topishi Amudaryo va Sirdaryodek 
azim daryolar oralig`ida ham ahamoniylar sulolasi davrigacha ham O`rta Osiyoda 
sinfiy munosabatlatlarning shakllanishi hamda aholining hukrmron qatlam va 
jamoaviy tarzda yashaganligi Sopolli madaniyatining obektlari sanalgan Jar`oton, 
Mo`lali, Ko`zali va Bo`ston aholi yashash manzilgohlari va qabristonlaridan topilgan 
moddiy ashyolar ham aks ettiradi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk davlatchilikning 
qaror topishi masalasi tarixchi olimlar tomonidan uzoq tortishuv va bahslarga sabab 
bo`lib kelmoqda. Ammo Markaziy Osiyoda ilk davlatchilikning ildizlari va uning qaror 
topishi jarayonlari bir qator moddiy va yozma manbalar asosida o`z isbotini topib 
kelmoqda. Fikrimizning yorqin dalili sifati O`rta Osiyoning eng qadimgi va qimmatli 
manbasi “Avesto”da Baqtrya tipologiyasi “Baxdi” shaklida uchrashi va bu quyoshli 
mamlakatda davlat ko`rinishidagi siyosiy birlashma mavjudligi qayd etilgan.[Avesto, 
Videvdat 8] Baqtriya haqidagi keyingi qimmatli manba Eron ahamoniylar shoxi Doro I 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin