Kirish qismi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI



KIRISH QISMI 
Jahon iqtisodiy geografiyasi - ishlab chiqarishni joylashtirish qonuniyatlari 
ijtimoiy tarixiy rivojlanish davrlarida geografik muhitda ishlab chiqarish kuchlarini 
o‘zaro ta’siri va moslashuvini o'rganuvchi fan. Shu jumladan, iqtisodiy 
geografiyaning predmeti, bir tomondan, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari, 
ularning joylashishi, o‘zaro aloqadorligi, ularning tarixiy rivojlanish davrlari, o’zaro 
ishlab chiqarish aloqalari, egalik xususiyatlari bilan bog liq bo`lib, turli davrlarda 
zamon va makonda o‘zgarishini, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish kuchlarining 
joylashgan geografik muhitini o’ziga xos xususiyatlarini o`rganadi. 
Yuqoridagilardan aniqlanishicha, iqtisodiy geografiya hozirgi kunda haqiqiyligicha 
qolmoqda. U faqatgina ishlab chiqarish kuchlarini ishlab chiqarishdagi jarayonini 
emas, balki geografik muhitdagi tabiiy resurslardan foydalanishni o’rganadi. 
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy geografiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o’zaro bog`liq 
umumiy masalalar bilan bir qatorda turli tabiiy muhitning ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirishga ta’sirini o‘rganishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Agar aholi 
geografiyasi o‘rganilsa, unda nafaqat ishlab chiqarishda band aholi o’rganiladi, balki 
ishlab chiqarishga to`g`ridan-to`g`ri aloqasi bo’lmagan tillarning millat, elat, din va 
insonlarning turmush tarzi kabi inson hayotining tug`ilishdan boshlab o`limigacha 
bo`lgan jihatlarni o‘rganadi. Zamonaviy xo`jalik geografiyasini moliyaviy kapital, 
bozor xizmatlarisiz tushunish qiyin. Eng asosiy aholi va xo’jalik geografiyasidagi 
siljishlar turli xil miqyosdagi hududiy majmualami shakllanishi jamiyat hayotidagi 
o‘zgarishlar mafkura, siyosat, falsafiy jihatlardagi moddiy, madaniy, tashkiliy 
aloqalar shunga olib keladiki, iqtisodiy geografiyaning boshqa ijtimoiy fanlar tarix, 
iqtisod, etnologiya, siyosatshunoslik fonlari bilan bevosita bog`liq. Minglab yillar 
davomidagi tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatni o`rganish tajribasi shuni 
ko`rsatadiki, ishlab chiqarish kuchlarini yuksalishida tabiatdan maksimal darajada 
foydalanish, XX asrning II yarmidan keyin tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha 
foydalanish natijasida hozirgi kunda jamiyatni asosiy muammosi tabiatni saqlab 
qolish va resurslarni iloji boricha tejashdan iborat. Geografik qobiqda yuz 
berayotgan ijtimoiy elementlarning iqtisodiy-ijtimoiy qonuniyatlarini joylashtirish, 
ularning o’zaro aloqadorligi va mosligi yo‘nalishlarini olib borish jarayonlarida 
hozirgi vaqtda yetarlicha o’zgarishlar ro’y berdi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin