Р1-laboratoriya ishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Р1 2015


Р1-laboratoriya ishi
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorini yakor aylanish tezligi n=nn=const bo‘lgan sharoit uchun tekshirish
1. Ishni bajarishdan maqsad

1. Mustaqil qo‘zg‘atishli о’zgarmas tok generatorining tuzilishi va asosiy xossalari bilan tanishish.


2. Mustaqil qo‘zg‘atishli о’zgarmas tok generatori tavsiflarini tajribada tekshirish va ularning grafik tasvirini nisbiy birlik (n.b.) lar sistemasida chizishni o‘rganish.


2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
1. Salt ishlash tavsifini ifodalovchi U0=f (iq) bog‘liqlikni yakor chulg‘ami iste’molchiga ulanmagan (Ia=0) holda olish. Bu tavsifdan mashina magnit zanjirining to‘yinish darajasini aniqlash.
2. Qisqa tutashuv tavsifini ifodalovchi Iqt=f (iq) bog‘liqlikni yakor chulg‘amini qisqa tutashtirib, ya’ni yakor kuchlanishi Uya=0 bo‘lganda olish.


3. Ish bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
1. 5.1-rasmda ko‘rsatilgan tajriba o‘tkazish elеktr sxеmasi yig‘iladi.
2. Dasturda ko‘rsatilgan gеnеrator tavsiflarini tеkshirishda gеnеrator yakorini birlamchi motor bilan n=nn=const tеzlikda aylantirib tajriba o‘tkaziladi.
3. Salt ishlash tavsifi. U0=f(iq) quyidagicha olinadi. Tajriba o‘tkazish vaqtida yakor chulg‘ami istеmolchiga ulanmagan. Gеnеratorning qo‘zg‘atish tokini iq=0 dan boshlab kuchlanish U0=1,15 Un ga yеtguncha bir tеkisda oshirib boriladi. Qo‘zg‘atish tokining bir nеcha (kamida 8 ta) oraliq qiymatlariga to‘g‘ri kеlgan kuchlanish o‘lchanadi va 5.1-jadvalga yoziladi.
Olingan ma'lumotlarni ularning nominal kattaliklariga bo‘lib hisoblangan nisbiy birliklardagi qiymatlari asosida salt ishlash tavsifi quriladi 5.2-rasm.
5.1-jadval

U0



B





































n.b.





































iq

A





































n.b.





































4. Qisqa tutashuv tavsifi Iqt=f(iq) quyidagicha olinadi. Qisqa tutashuv tajribasini o‘tkazish uchun yakor zanjiri qisqa tutashtiriladi va Iqt=f(iq) bog‘liqlik olinadi (bu holda Uya=0 bo‘ladi). Qo‘zg‘atish toki iq ni 0 dan boshlab oshirib qisqa tutashuv toki Iqt=(1.1-1.2)In gacha bo‘lgan oraliqda 4-5 ta qiymat o‘lchab olinadi va natijalar 5.2-jadvalga yoziladi. Qisqa tutashish tavsifining taxminiy ko‘rinishi 5.3- rasmda ko‘rsatilgan.


5.2-jadval



Iqt



B





































n.b.





































iq

A





































n.b.







































4. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar

O‘zgarmas tok motor (O‘TM)lari elektr transportida, avtomatik rostlash sistemasida, jo‘valash stanoklarida, yuk ko‘tarish kranlarida, ekskavatorlarda, metallarga ishlov berish stanoklarida, to‘qimachilik sanoatida keng ishlatiladi. O‘T generatorlari (V.1-rasm) esa O‘T energiya manbai sifatida (masalan, katta quvvatli O‘TM larni O‘T bilan ta’minlashda) ishlatiladi.


O‘T mashinalari cho‘tka-kollektor apparatlarining ishi bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklari mavjud, ya’ni katta yuklamada cho‘tkalar bilan kollektor orasida


yuzaga keladigan uchqunlanish mashina ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib ishonchlilik darajasini pasaytiradi. Shu sababli O‘T mashinalarini portlashga xavfli bo‘lgan muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi. Kollektor O‘T mashinasining konstruksiyasini murakkablashtiradi, ekspluatatsiya jarayonida uni muntazam nazorat qilib turish talab qilinadi. O‘TM qisqa tutashgan rotorli asinxron motorga nisbatan 2,53 marta qimmat va uni ishlatish uchun O‘T energiya manbayi yoki o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilagich qurilmasi zarur bo‘ladi.


L ekin, so‘nggi yillarda O‘TM ni reostatsiz ishga tushirishga imkon beradigan O‘T ni rostlashning tejamli metodi ishlab chiqilganligi; O‘T yurit-masi chastota vositasida rostlanadigan yuritmaga nisbatan arzonligi; kollektorsiz O‘T mashinalari ham ixtiro qilinib amalda qo‘llanila boshlanganligi kollektor bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy kamchilikka nisbatan barham berilib ishonchlilik daraja yaxshilanmoqda.


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi. O‘T mashinasining qo‘zg‘almas qismini–stator, aylanuvchi qismini esa– yakor deyiladi. Stator–sifatli po‘latdan tayyorlanadigan stanina (tana gardishi) va uning ichki tomoniga mahkamlangan bosh hamda qo‘shimcha qutblardan iborat. Stanina va qutblar o‘zagi magnit sistemaning tarkibiy qismiga kiradi.
Asosiy qutb o‘zagi qalinligi 1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘iladi. Mashina havo oralig‘ida magnit maydonni zaruriy shaklda taqsimlash maqsadida asosiy qutblarning yakor tomonidagi uchiga maxsus («qutb uchligi») shakl beriladi (5.4-rasm).



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin