S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə1/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org


Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova

Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI

S.A.KARIMOV,

SH.M. MAXMATMURODOV, O.N. KARIMOVA

NUTQ MADANIYATI

VA DAVLAT TILIDA




ISH YURITISH

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari

talabalari uchun o‘quv qo‘llanma

TOSHKENT- “O‘BEKISTON”-–2003

-7*81.2

К 25
Karimov S.A. va boshq. Nutq madaniyati va davlat
K 25 tilida ish yuritish / Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.:O‘zbekiston,

2003. – 192 bet.

ISBN 5-640-03201-4
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining qarori bilan o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi
uchun tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzil-
gan hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida «Nutq madaniyati
va davlat tilida ish yuritish» fani bo‘yicha o‘tiladigan dars jarayonida
foydalanishga mo‘ljallangan.
Undan nutq madaniyati hamda ish yuritish hujjatlarini rasmiylashtirish
masalalari bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.

ВВК. - 7*81.2


4602000000 – 120

N--------------------------2003

M351(04) 2003
© “O‘BEKISTON” nashriyoti, 2003 y.
-3-
SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlovchi hukumat qarorlari shaklidagi me’yoriy hujjatlar respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining poydevori yaratildi. Uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish, jahon andozalari va zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, ularning har biri uchun o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning yangicha tizimini shakllantirish mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining negizi sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustida bo‘lib o‘tgan sessiyasida quyidagilarni aytgan edi: «Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og‘ishmay, izchillik bilan Milliy dasturni amalga oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishiga xizmat qiladi.Ularning kasbiy va ta’limiy dasturlarini ongli ravishda tanlash va egallashlari uchun huquqiy me’yorlarni, tashkiliy, ruhiy-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlashga ko‘maklashadi. Yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, oila oldida o‘z mas’uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib tarbiyalashga zamin bo‘lib xizmat qiladi» (Karimov I.A.. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, 1997, 14-bet). Shundan so‘ng Prezidentimiz o‘z mulohazalarini umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari xususida so‘z yuritib, davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish lozimligini uqtirgan edilar. Milliy dasturni amalga oshirishning birinchi bosqichidayoq o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimda bu vazifa bajarildi. Bu sohadagi islohotlarni amalga oshirish nazariy va huquqiy negizlari yaratildi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining barcha jihatlarini qamrab oluvchi davlat ta’lim standartlari bugungi kunda yosh avlodning Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga
-4-
vijdonan munosabatda bo‘lish hamda o‘zi sevgan kasbini mukammal egallash yo‘lida qunt bilan bilim olishlari uchun kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi uchun yaratilgan Davlat ta’lim standartiga umumta’lim fanlaridan biri sifatida «Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish» predmetining ham kiritilishi ko‘pchilik manfaatini o‘ylab, talabalarning o‘quv yurtlarini bitirgach, o‘zlarining ish faoliyatlarida foydasi tegishi mumkinligini ko‘zda tutib amalga oshirilgan vazifadir.
Ushbu qo‘llanma yordamida talabalar ma’lum darajada o‘z ona tillaridan foydalanish sirlarini o‘rganadilar. O‘zbek tilining boyligi, amalda bo‘lish imkoniyatlari naqadar keng ekanligini anglab yetadilar, muomala madaniyatini egallaydilar. Ayni paytda, ish yuritish jarayonida qo‘llaniladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, ulardan foydalanish yo‘llarini bilib oladilar.
Davlat ta’lim standarti talablari asosida yozilgan mazkur qo‘llanma Samarqand viloyati hududidagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ushbu predmetni o‘tish jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘lidagi urinish bo‘lib, mualliflar uning mukammalligiga da’vo qilishmaydi. Qo‘llanma shu sohada ishlayotgan mutaxassislarning, pedagog va o‘qituvchilarning nazaridan o‘tgach, ularning fikr-mulohazalari bilan to‘ldiriladi va qayta ishlanadi.
O‘z fikr-mulohazalarini bildirgan muhtaram o‘quvchilarimizga minnatdorchiligimizni oldindan izhor etamiz va ularni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Manzilimiz: Samarqand Davlat universiteti, telefonlar: 31-23-22, 22-38-73.
-5-

Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin