Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTET


SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR.






Bajardi: Shoxrux Axralov




Qabul qiluvchi:



TOSHKENT-2022
Mavzu: O’zbekiston Respublikasida soliq ma’muriyatchiligi: muammolar va istiqboldagi vazifalar.
Reja:
Kirish
1.O’zbekiston soliq tizimining huquqiy asoslari va o’ziga xos xususiyatlari
2.Mamlakatimizda soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarida kuzatilayotgan o’zgarishlarning amaldagi holati tahlili
3.Xorijiy davlatlarning soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari borasidagi ilg’or tajribalari va ularni mamlakatimizda qo’llash masalalari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, soliq tizimi va soliq siyosatining asosini soliqlar tashkil etadi. Soliqlarsiz mamlakatda soliq siyosatini yuritishning imkoni yo’q. Soliq siyosati bo’lmasa iqtisodiy siyosatni davlat miqyosida tasavvur qilish qiyin. Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O’z navbatida, bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta’kiddan kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini jamiyat tarixi taraqqiyotida tutgan rolini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, o’ziga xos dastak ekanligini ilg‘ash qiyin emas.
Tarixan olib qaraydigan bo’lsak, soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo‘lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining bozor munosabatlariga asoslangan rivojlanish yo’lini belgilab oldi. Bunga yaqqol misol qilib prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ‘’ Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablag‘lardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda...’’1 fikrlani keltirishimiz mumkin.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin