Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#126329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
алижанов захидов мустакил иш курсатма




 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI



OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
Zaxidov I.O., Alijanov D.A., Soyipov J.J. 
 
 
 
 
TALABALARNING MUSTAQIL 
ISHLARINI TASHKIL ETISH 
(FIZIKA OʻQITISH METODIKASI FANI BOʻYICHA)
 
 
 
USLUBIY KOʻRSATMA 
 
 
Namangan – 2022 
 



ANNOTATSIYA 
Koʻrsatmada talabalarning mustaqil ta’lim haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish? uni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma, maruza va 
seminar mashgʻulotlarida oʻrganiladigan mavzular, mustaqil ishlarning mazmuni, 
tavsiya etilayotgan mavzular, kontsultatsiyalar tashkil etish, baholash mezoni va 
adabiyotlar roʻyxati berilan boʻlib, uni qachon va qanday bajarilishi kerakligi 
yoritib berilgan. 
Ushbu uslubiy koʻrsatma fizika oʻqitish metodikasi fanidan oliy oʻquv 
yurtlarining fizika yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan. 
Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti,
fizika-matematika fanlari nomzodi M.Ergasheva, 
Namangan muhandislik texnologiya instituti Fizika kafedrasi 
dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi M.Nuriddinova. 
Namangan davlat universiteti oʻquv-uslubiy kengashida muhokama qilingan 
va chop etishga ruxsat berilgan 

Bayonnoma №8 16.03.2022 yil.  


© Namangan davlat universiteti 2022 yil 
 
 
 
KIRISH



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-
son “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim 
standartlarini 
tasdiqlash 
toʻgʻrisida”gi 
qarori, 
Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus 
va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 
apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-sonli farmoni, 
Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan yangi tahrirdagi 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni, 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son “Fizika 
sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, va shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va amalga 
oshirishda mazkur koʻrsatma muayyan darajada xizmat qiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” va “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunning maqsadi, oliy oʻquv yurtlarida fizika 
fanini oʻqitish metodikasi, uning predmeti va metodlari, ta’limning barcha 
bosqichlarida fizika fanini oʻqitishning mazmuni va vazifalari, oʻquv fizika 
exsperimentining vazifalari, fizikadan masalalar yechish metodikasi, fizika oʻquv 
mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllash metodlari, fizikadan 
bilimlarni chuqurlashtirish, oʻquvchilarning har tomonlama qiziqishini va 
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning mutaxassislik boʻyicha yoʻnaltirishni 
koʻzda tutadi. 
Fanni oʻqitishdan maqsad-yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun 
fizika fanini oʻqitish metodikasi, fanni oʻqitishda innovatsion texnologiyalarni 
qoʻllash ya’ni pedagogik va axborot texnologiyalaridan, koʻrgazmali vositalardan 
foydalana olish malaka, koʻnikmalarini shakllantirish maqsadini oʻz ichiga oladi. 
Shuningdek, oʻqitishning maqsadlari fizika kursining tuzilishiga hamda 
oʻzaro fanlar integratsiyasiga va shu bilan birga talabalarda shakllantiradigan faol



fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari qaraladi. Zamonaviy innovatsion 
texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish, fizika faniga pedagogik va 
axborot texnologiyalarni qoʻllash usullari, fizika oʻqitish uslublarining nazariy 
asoslari, fizikadan oʻquv eksperimentlari turlari va uning vazifalari, fizikadan 
masalalar yechish uslublari kabi masalalardan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi ta’lim tizimiga oid qarorlar, farmoyishlar, Milliy 
dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyob chiqarish bosqichlarining mazmun va 
mohiyatini ochib berish, hozirgi davrda fizika oʻqituvchisining kasbi va uning 
jamiyatda tutgan oʻrnini asoslab berish; fizikaviy masalalarni turli usullarda 
yechish metodikasini oʻrgatish; namoyish tajribalarini tayyorlash va koʻrsatish 
metodikasi va texnikasini oʻrgatish; ta’limda innovatsaion va axborot 
texnologiyalarini qoʻllash hamda fizika oʻqitish metoodikasi boʻyicha nazariy-
amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda oʻrgatishdan iborat. 
Fan boʻyicha talabalartning bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi talablar 
qoʻyiladi. Talaba: 
asosiy fizika qonunlari va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarining 
ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik 
kattaliklarning ma’nosini, birliklarini vaularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va 
jarayonlarni mexanik hodisalarga qoʻllay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va 
hodisalarni fizik qonunlar, ideallashtirilgan modellar, dars oʻtish texnikasi, ochiq 
darslarni tashkil etish metodikasi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi; 
umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy 
masala va tajriba natijalarini har xil oʻlchov sistemalarida hisoblashda matematik 
hisoblash usullarini qoʻllay bilish oʻquviga, fizik qonun va formulalarni nostandart 
masalalarga tadbiq etish, fizik qonunlar asosida tavsiflash, umumiy oʻrta ta’lim va 
oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida dars oʻtish, ochiq darslarni tashkil etish, fizika oʻquv 
mavzularida pedogogik va axborot texnologiyalarini qoʻllashni bilishi va ulardan 
foydalana olish; 
oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, oʻlchashni bajarishni va 
natijalarni hisoblashni, ekspriment xatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini 



xulosalashni bilishlari kerak. Oliy oʻquv yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy 
va seminar mashgʻulotlarni tashkil qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni 
oʻtkazish jarayonida fan boʻyicha olgan bilimlarini qoʻllay olish koʻnikmalariga 
ega boʻlishi kerak. 
“Fizika oʻqitish metodikasi” oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 
fizika fanini oʻqitish metodikasinnng paydo boʻlishi va rivojlanishi; fizika 
fanini oʻqitish texnologiyalari va vositalari; fizika oʻqiish metodikasinnig asosiy 
masapalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari; hozirgi davrda oʻqituvchilik 
kasbi va uning jamiyatda tutgan oʻrni; oʻrta umumiy ta’lim maktablari va 
mutaxassislashtirilgan maxtablarda fizika oʻqituvchisining asosiy maqsadlari; oliy 
ta’lim tizimida fizika fanini oʻqitishiing mazmuni va vazifalari; fizika fanini 
oʻqitishda ma’ruzaning roli; fizika kursining tabiiy oʻquv fanlari bilan bogʻliqligi; 
fizika masalalarinii klassnfikatsiyalash; turli xildagi masalalarni yechish 
metodikasi; namoyish tajribaparini tayyorlash va kursatish metodikasi va texnikasi; 
fizika oʻquv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllash usullari; 
dars turlari va tuzilishlari; turli darslarga oʻqituvchining tayyorgarligi, reja 
konspekt tuzish. seminar va konferensiya darslarnini rejalashtirish; oliy oʻquv 
yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashgʻulotlarini tashkil qilish 
usullarini bilishi; fizik tajribalarni oʻtkazish jarayonida fan boʻyicha olgan 
bilimlarini qollay olish koʻnikmalarini shakllantirishi kerak. 
"Fizika oʻqitish metodikasi" ixtisoslik fani hisoblanadi. Mazkur dasturni 
amalga oshirish uchun talaba oʻquv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy fanlar 
ya’ni "Mexanika", "Molekulyar fizika", "Elektr va magnetizm", Optika", "Atom 
yadrosi va elementar zarralar fnzikasi" fanlaridan bilim va koʻnikmalarga ega 
boʻlishi talab etiladi. 
Talabalar fandan olgan bilimi oʻrta maktablar, akademik litseylar, kasb - 
hunar kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida dars berish jarayonida yordam 
beradi. 



Talaba: “Fizika oʻqitish metodikasi” fanini oʻzlashtirishda ta’limning 
innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik. axborot va internet 
texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni oʻzlashtirishda 
oʻquv uslubiy ta’minot (daslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar modul 
topshiriqlari)dan foydalanilish tavsiya etiladi. Ma’ruza va amaliy mashgʻulotdarda 
turli metod va vositalardan xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik 
oʻyinlar, portfolio, keys-stadi, loyihalash, grafik organeyzerlar, kompyuter 
dasturlaridan, internet tarmogʻidan, koʻrgazmali materiallardan, ilgor pedagogik va 
axborot texnologiyalaridan shuningdek, oʻqitishda namoyish tajribalari, video 
lavhalar, virtual laboratoriyalar, multimediali elektron qoʻllanmalardan foydalanish 
mumkin. 
Semestrlar boʻyicha mashgʻulotlarga ajratilgan soatlar taqsimotiga fan 
boʻyicha jami 150 soat ajratilgan boʻlib, undan 30 soati ma’ruza, 30 soati seminar 
mashgʻulotidir. E’tibor bergan boʻlsangiz qolgan 90 soati mustaqil ta’limga 
berilgandir. Talabalarga mustaqil ta’lim haqidagi tushunchalarini rivojlantirish va 
ajratilgan soatni qachon va qanday bajarilishi kerakligini talabaga oʻrgatish 
maqsadida ushbu uslubiy koʻrsatma yaratildi.



TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA NAZORAT 
QILISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan 
bir qatorda tanlagan sohasi boʻyicha mustaqil faoliyat koʻrsata oladigan, oʻz bilimi 
va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan 
holda muammoli vaziyatlarni toʻgʻri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha 
oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashgʻulotlari 
paytida talabalarga yetkazish qiyin. 
Tajribalar shuni koʻrsatadiki, talaba mustaqil ravishda shugʻullansa va oʻz 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur oʻzlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, koʻnikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat koʻrsatish qobiliyati rivojlanadi va ularga ijodiy ishlashga 
qiziqish paydo boʻladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil 
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars 
mashgʻulotlarida talabalarni oʻqitish bilan bir qatorda ularni kuproq oʻqishga 
oʻrgatish, bilim olish yoʻllarini koʻrsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yoʻllanma 
berish oliy ta’lim muassasaning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin