Til paradigmalarining jamiyatning ijtimoiy hayoti va



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix29.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137898
  1   2   3   4   5   6
ZDIFT0781 (1)




437 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
TIL PARADIGMALARINING JAMIYATNING IJTIMOIY HAYOTI VA 
O‘ZBEK TILIGA TA’SIRI 
Abdurazzoqova-Abduraxmonova Yulduz Munis qizi 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universiteti Falsafa va ma’naviyat 
 asoslari kafedrasi II bosqich magistri 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7486218 
Tarixdan ma’lumki, tilning strukturasidagi o‘zgarib o‘tgan davr ichida bir
xilda kechmadi. Ijtimoiy taraqqiyot, dastavval, tilning leksikasiga o‘z ta'sirini 
o‘tkazadi va shunga ko‘ra, tilning boshqa tarkibiy qismiga qaraganda uning 
lug‘at tarkibi juda o‘zgaruvchan qismdir. Haqiqatdan ham, ijtimoiy 
taraqqiyotning yo‘nalishi va xususiyatlariga qarab o‘zbek tilining lug‘at tarkibi 
tez-tez o‘zgarib, yangilanib turdi. Uning tarkibida zamona va taraqqiyot 
talablariga javob berolmaydigan so‘z va iboralar chiqib ketdi. Ularning o‘rnini 
yangi so‘z va iboralar egalladi. Qator so‘zlar esa aktiv lug‘atdan passiv lug‘atga 
aylandi. 
XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan asosiy maqsadi o‘zbek 
adabiy tili me’yorlarini yaratish, ona tili ta’limi uchun lingvistik material va 
tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘lgan o‘zbek formal tilshunosligi ta’siri ostida 
shakllangan an’ana sifatida o‘quv rejasidan o‘quv rejasiga ko‘chib kelayotgan 
edi.Zero, jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta’minlash, adabiy nutq 
me’yorlarini ommalashtirish, xalqning yozma yodgorliklarini nashr etish va 
yoyish ta’limni zamonaviy usullar asosida yo‘lga qo‘yish kabi amaliy vazifalar 
turgan paytda eng samarali va qulay lingvistik tavsif va ta’lim yo‘li formal usul 
bo‘lishi lozim edi.
1
Shuning uchun jahonning barcha ilg‘or mamlakatlari 
tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo‘nalish keng 
ommalashdi. O‘zbek tilshunosligida bunday yo‘nalishga Abdurauf Fitrat, Elbek, 
Qayum Ramazon kabilar tomonidan asos solingan bo‘lsa-da, uning keng va izchil 
ommalashishi tilshunos Ayyub G‘ulomov faoliyati bilan bog‘liq.Bu davr 
tilshunosligi o‘zbek adabiy tili (aniqrog‘i, nutqi) me’yorlarini tadqiq qilish 
davrini bosib o‘tdi va keyinchalik adabiy nutq me’yorlarini ta’lim oluvchilarga 
singdirish o‘rta umumiy va o‘rta maxsus ta’lim zimmasiga yuklatildi. Shu 
boisdan akademik litseylarda bu vazifani ta’lim bosqichlariaro bog‘lanishga 
qo‘yilayotgan takroriylikdan xolilik va uzviy aloqadorlik talabi asosida “Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmeti o‘z zimmasiga oldi.XX asrning oxirgi choragida 
davr maqsad va vazifalar tubdan o‘zgardi, tilshunoslik, ijtimoiy ehtiyoj natijasi 
1
Bobrowski I., 1998, Zaproszenie do językoznawstwa, Kraków: Wydawnictwo Instytutu 
Języka Polskiego PAN. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin