Toshkent moliya instituti “ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Yüklə 25,87 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü25,87 Kb.
#186431
  1   2   3   4   5   6   7   8
9-мавзу. iqtisodiy islohotlar

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI

O’zbekistonning eng yangi tarixi


9-MAVZU: IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI

Reja:

  • O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
  • Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
  • Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Soliq tizimidagi islohotlar.
    • Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2022, 20-dekabr.
    • Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik. T.,O‘zbekiston, 2017. 488 bet.
    • Sh.Mirziyoev Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston.. 2017.
    • I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Toshkent, 1998
    • I.Karimov O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
    • Q.Usmonov va b.q O’zbekiston tarixi, Darslik.Iqtisod moliya Т.: 2016.
    • N. Oblomurodov “O’zbekistonning eng yangi tarixi” Darslik. Iqtisod-moliya. T.: 2022.
    • N.Oblomurodov. O’zbekiston tarixi. Darslik. Yangi asr avlodi, T.: 2022.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.

O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi

  • Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
  • iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
  • davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
  • bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
  • bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
  • ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarur.

Yüklə 25,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin