variant savol



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə1/29
tarix23.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#159996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
arxivshunoslik 2 kurs arxiv ishi yakuniy new


1-variant 1 savol.
Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy.O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadiArxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan.Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi.

1variant 2 savol
Tuproqqal’a arxivi hujjatlari tasnifi. Tuproqqal’ada shoh saroyida joylashgan markaziy massivning janubi-sharqiy tomonidagi pastgi qavatning 4 ta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89(232), 90(231), 93(239), 91(YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar Afrig‘iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yog‘ochga-taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta bo‘lib, shulardan 122 tasi charmga, qolganlari yog‘och taxtacha va cho‘plarga yozilgan. Yozuvlar tush (qorasiyoh) bilan oromiy xat asosida shakllangan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. Mazkur arxiv hujjatlarini tahlil qilish jarayonida yog‘ochga yozilgan hujjatlarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga katta oilalar tarkibiga kirgan ozod va qul erkaklar (VDn) ro‘yxati kiradi. Bu hujjatlar “uylar ro‘yhati” nomi bilan yuritiladi. Bunday to‘liq ro‘yhatlar 5 ta bo‘lib, shartli ravishda I-Vhujjatlar va bular Tuproqqal’a hujjatlari orasida butun holatda saqlanib qolgan .yagona hujjatlardir. Bundan tashqari uy ro‘yxatlarining 10 ta bo‘lagi ham topilgan va shartli VI-XV-hujjatlarni tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga yog‘ochga yozilgan xo‘jalik hujjatlari kiradi. Bu guruh 4 dona (XI-XIX hujjatlar) siniq yog‘och bo‘laklaridan iborat. Bu hujjatlar g‘ildirak (XVI, XVII hujjatlar), chorva (XVIII hujjatlar) va boshqa narsalarni kirim va chiqim ro‘yhatlaridan iborat. Uchinchi guruhdan 7 ta tayoqchadagi hujjatlar o‘rin olib, ular yupqa cheklardan iborat. Hujjatlar P-1, P-7 raqamlari bilan belgilangan. “P” belgisi ruscha “palochka” so‘zining bosh harfidan olingan. Birinchi guruhga kirgan “uylar ro‘yhati” hujjatlarini birinchilardan bo‘lib, S.P.Tolstov o‘qigan hamda I va II hujjatlar fotonusxalarini va matnlarning transliteratsiyalarini e’lon qilgan. Keyinchalik B.V.Xenning bir nechta ismlarining o‘qilishini aniqlashtirgan.1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qorakalpog‘istonning Elliqqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy nomi bilan “Tuproqqal’a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv xujjatlarining topilishi Xorazm davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotganligini bildiradi. Eramizning boshlari va milodiy II–III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda, ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Qadimgi Xorazm davlati poytaxti – Tuproqqal’a arki-a’losidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan. Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122 tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan 18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan. Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII – XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va 232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir. Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlarni o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologiketnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin