― pul va banklar


Federal Zaxira Tizimi boshqaruv Kengashi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   266
pul va banklar (2)

Federal Zaxira Tizimi boshqaruv Kengashi. 
FZT mavjud bo‘lgan yillaridagi boshqaruv kengashining barcha 
ishtirokchilarining ro`yxati.
FZTni 7ta ishtirokchidan tashkil topgan, Boshqaruv Kengashi boshqaradi 
Vashingtonda shtab kvartirasi joylashgan. Xar bitta boshqaruvchi AQSH prezidenti 
orqali tayinlanib Senat tomonidan tasdiqlanadi. Prezident nazoratini FZTustidan
cheklash maqsadida va ularni boshqa siyosiy ta‘sirlaridan cheklash uchun, 
boshqaruvilar 14 yillik uzaytirilmaydigan muddat bilanishlaydilar, shunda xar bir 
boshqaruvchining muddati har yanvarda tugaydi. Boshqaruvchilar (ko`pchiligi 
iqtisod mutaxassislari) Federal zaxiraniturli xil viloyatlarini taqdim etishlari kerak. 
Bir viloyat ikkinchisi ustidan nazorat qilolmasligi uchun. Boshqaruv Kengash 
Raisi 7ta boshqaruvchi ichidan saylanib, keyingi 4yil davomida shu lavozimni 
egallaydi. yangi Rais tayinlanishi bilan, eski Rais faoliyati tugash muddati 
kelmagan bo`lsa ham, kengashdan ketishi zarur. 
Boshqaruv Kengashi davlatdagi monetar siyosatni olib borishda faol ishtirok 
etadi. barcha 7ta boshqaruvchi FOMC ishtirokchilari va ovoz berish huquqiga ega. 
FOMCda 12tagina ishtirokini ovozi inobatga olingani uchun, Boshqaruv Kengashi 
ko`proq ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek boshqaruv Kengashi, zaxira 


bo`yicha talablarni belgilaydi(qonun doirasida),diskont stavkani samaradorligini 
boshqaradi, va federal zaxira banklari belgilagan diskont stavkani tekshirib, 
tasdiqlaydi. Boshqarma Kengashini Raisi iqtisodiy siyosat bo`yicha AQSH 
prezidenti kotibi bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida FZTnomidan chiqib, 
Kongressga ma‘lumot beradi. Rais va boshqa boshqaruvchilar xalqaro 
muzokaralarni olib borishda iqtisodiy savollar bo`yicha, AQSHni taqdim qilishlari 
mumkin. Kengash professional iqtisodchilar shtatiga ega bo‘lib, ular Kengash 
qarorlarini to`g`riligini isbotlab, analitik tadqiqotlarni olib borishadi.
FZT boshqaruv Kengashi tadqiqot bo`limini roli. 
FZT nafaqat AQSHda balki butun dunyo bo`yicha eng katta iqtisodchilar 
shtatiga ega. Tadqiqotchi - iqtisodchi shtati 1000ga yaqin odamdan iborat bo‘lib, 
yarmidan ko`pi iqtisodchilar. Ulardan 500tasi iqtisodchi bo‘lib, 250tasi boshqaruv 
Kengashida, 100tasi Nyu-York FZBda, qolganlari boshqa FZBlarida ishlaydilar. 
ularning ilari nimadan iborat? 
FZT iqtisodchilarining asosiy vazifasi-davlat va xususiy tashkilotlarni 
ma‘lumotlarini taxlil qilib, siyosiy arboblarga iqtisodiy siyosatni qanday 
boshqarishi haqida va harakatlarning ehtimoliy oqibatlari nimalarga olib kelishi 
haqida tavsiyalar taqdim etish, FOMCning xar bir kengashi oldidan xar bir FZB 
ekspertlari bank boshqaruvchilarini batafsil milliy iqtisodiyotni rivojlanishini 
bashorati to`g`risida, kengashda qurilishi mumkin bo‘lgan savollarni muhokama 
qilish haqida ma‘lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Shuningdek viloyat bankining tadqiqot markazi FOMC majlisiga bank 
prezidenti uchun o`z viloyati bo`yicha iqtisodiy siyosat va milliy iqtisodiyotni 
bashoratlari haqida ma‘lumot beradilar. Boshqarma Kengashining iqtisodchilari, 
milliy iqtisodni bashorat qilishga yordam beradigan katta ekonometrik modeldan 
foydalanib, uning barcha jixatlari bo`yicha boshqaruvchilarga ko`rsatmalar 
beradilar.
Bundan tashqari FZT ekspertlari bank nazorati guruxiga yordam sifatida 
banklarning rivojlanish tendensiyasini va boshka moliya muassasalari va 
bozorlarni o`rganib chiqishadi. Boshqarma Kengashi banklarning birikmasi haqida 
qaror qabul qilishi kerak bo‘lgani sababli, boshqarma Kengashi kabi tadqiqot 
markazlari va shu viloyat banklari birikish bo`lishi kerak bo‘lgan joyda, raqobatli 
muxitga ta‘sir qiluvchi birikish haqidagi ma‘lumotlarni yigishadi.
AQSH iqtisodiyotiga ta‘sir qiluvchi boshka mamlakatlarning iqtisodiyotini 
nazarga olib, FZT ekspertlari boshka mamlakatlar iqtisodiy rrivojlanishi 
ma‘lumotini, va monetar siyosatga ta‘sir qiluvchi valyuta bozorlarini 
tendensiyalarini urganib chikadilar. Bundan tashqari, ekspertlar zaxira darajasi va 
monetar agregatlarni darajasini bashoratlab, ochiq bozordagi operatsiyalarni olib 
borishda yordam beradilar.
FZT ekspertlari shuningdek asosiy tadkikotlarni ya‘ni monetar siyosatni 
Inflatsiya darajasi va ishlab chikarishga ta‘siri, mexnat bozori rivoji, xalkaro savdo, 
xalkaro fond bozorlari, banklar va boshka moliya muassasalari, viloyat 
iqtisodiyotini tadkikoti bilan shugulanishadi. Bu tadkikotlarning natijalari 
akademik jurnallarda va FZT nashriyotlarida keng kursatiladi. (oxirgisi talabalar 
uchun yaxshi ma‘lumot negizi bo‘lib xizmat qiladi.) 


Ekspertlarning yana bir muxim faoliyat turi bu viloyat banklarining ta‘limi. 
Iqtisodchilar ko`pincha axolii uchun eki bank boshqaruv kengashi uchun 
takdimotlar utkazib berishadi. 
Qonunchilik bo`yicha boshqarma kengashi ko`pincha monetar siyosat bilan 
boglik bo`lmagan masalalarni xal qilishiga to`gri keladi. Masalan, oldin Kengash 
Q kursatmalari bo`yicha kaysidir depozitlar ga foiz stavkani maksimal xajmini 
belgilardi. (1986yildan so`ng muddatli depozitlar bo`yicha maksimum foiz stavka 
bekor qilindi ammo, talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlar foizlar tulanishi
me‘yori koldirildi). Qonun bo`yicha 1982yilgacha faoliyat qilgan, 1969 yil kredit 
berilishi nazorati bo`yicha, Kengash prezident tomonidan sanksiyalangan 
kreditlarni nazorat va boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek Kengash 
qimmatli kogozlarning narxini yarmini belgilab, zaem mablaglardan xisobidan 
emas balkim naqd pul bilan tulanishi lozim. Bundan tashqari prezident va federal 
zaxira banklarining barcha ma‘muriyatlarining okladini belgilaydi va barcha 
banklarning byudjet daromadini nazorat qiladi. Nixoyat Kengash bank boshqaruvi 
bilan shugullanadi: ya‘ni yangi banklarning tuzilmasi va o`zaro qo‘shilishini, bank 
xolding kompaniyalarining majburiyatlarini belgilaydi, AQSHdagi chet el 
banklarini nazorat qiladi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin