olish) olib borish uchun javobgar savdo bo`limi kiradi. Bu operatsiyalarni
miqyosini bank tizimining zaxiralarining miqdori belgilab beradi. Xazina qimmatli
qog`ozlari bozoridagi aktiv faoliyatiga binoan va Nyu-York va Amerika fond
bozorlariga teritorial yaqinligi bo‘lgan, Nyu-York Federal Zaxira Banki
boshliqlari, doimiy ravishda AQSHning asosiy moliya bozorlari bilan
aloqadorlikni olib borishadi. Bundan tashqari bank valyuta bozoridagi
operatsiyalar bo`yicha bo`linmalarini, valyuta intervensiyalarini FZT va AQSH
g`aznachiligi nomidan olib borilishini o`z ichiga oladi. Bu moliya bozorlaridagi
faoliyat Nyu-York Federal Zaxira Bankini mamlakatdagi va chet eldagi moliya
bozorlaridagi
tadbirlari
haqida,
ayniqsa
inqiroz
vaqtida
va
FZTning
boshqaruvchilari va boshqa bozor ishtirokchilarini aloqalari haqida ma‘lumot bilan
ta‘minlab turadi.
Nyu-York Federal Zaxira Bankining 3 asosiy o`rin egalashining sababi, bu
xalqaro xisoblar Bankining(Bank for InternationalSettlements, BIS) ishtirokchisi
bo‘lib hisoblanuvchi yagona FZbankidir. Shuning uchun FZB prezidenti,
boshqarma kengashi ishtirokchilari bilan bir katorda chet davlatlari asosiy banklari
bilan birgalikda har oylik majlislarda FZTni taqdim etadi. Chet davlatlari markaziy
banklarining boshqaruvlari bilan yaqin aloqasi va valyuta bozorlaridagi faoliyati,
Nyu-York Federal Zaxira Banki xalqaro aloqalarda markaziy banklararo va boshqa
ishtirokchilari o`rtasida asosiy o`rin egallashini ko`rsatadi. Undan tashqari Nyu-
York Federal Zaxira Bankida 100mlrd.dollariga yaqin oltin zaxira mavjud – Fort
Noksdan ko`proq.
Nixoyat, Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti- federal rezerv
prezidentlari o`rtasida yagona FOMC ning doimiy ishtirokchisi va shu
kengashning vitse-prezidenti bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Nyu-York Federal
Zaxira Bankining prezidenti, boshqarma kegashining prezidenti va vitse prezidenti
– bu FZTdagi 3ta muxim shaxslar bo‘lib xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: