24
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‗liq operatsiyalardan
iborat.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan
mulkiy shaklidan qat‘iy nazar barcha xo‗jalik sub‘ektlariga tegishli kerditlarni
beradi. Ma‘lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan
ko‗p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‗linadi.
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan
turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‗tkazadi, shuningdek,
ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‗ini
debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va
davlatning qimmatli qog‗ozlariga moliyaviy mablag‗larni joylashtiradi. Albatta
ushbu operatsiyalar banklar uchun ma‘lum darajadagi riskli operatsiyalar
hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar bajarish
bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‗ozlar va
veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar
Dostları ilə paylaş: