― pul va banklar


 Tijorat banklarining noa‘nanaviy operatsiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   266
pul va banklar (2)

13.5 Tijorat banklarining noa‘nanaviy operatsiyalari 
 
ozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning 
moliyaviy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish va 
foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa‘nanaviy 
operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga 
faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft), 
forfeyting, trast 
kabi operatsiyalarni kiritish mumkin. 
Faktoring operatsiyalari 
Faktoring operatsiyalari
da
banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini 
sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, 
faktor – vositachi, 
bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi 
bo‗limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini 
amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti 
ham mavjud.
Ikkinchisi, 
mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi), 
faktor – vositachi 
bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. 
Uchinchisi, 
tovar sotib oluvchi

Mijoz sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‗lgan 
pul mablag‗ini talab qiluvchi hujjatlar asosida ―faktor – vositachi‖ bilan faktoring 
operatsiyasi bo‗yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring 
shartnomasi asosida, ma‘lum komission to‗lov hisobiga mijozga sotilgan tovar 
yoki ko‗rsatilgan xizmatlarga to‗lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, 
faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‗larni to‗lash bilan bog‗liq 
to‗lov hujjatlarni komission to‗lov asosida ―sotib oladi‖.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar 
sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. 
Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi 



27 
bo‗yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‗lagan summani to‗lay olmasa, 
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari 
sifatida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin: 
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‗rsatilgan 
xizmatlarga to‗lashi lozim bo‗lgan mablag‗larni o‗z vaqtida to‗lash 
imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli 
vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish 
jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‗larga 
bo‗lgan ehtiyojini ta‘minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‗lardan samarali foydalanish hisobiga 
qo‗shimcha foydani shakllantirishga bo‗lgan ehtiyojining mavjudligi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin