Kontokorrent operatsiyalari Banklarning noa‘anaviy operatsiyalaridan biri
kontokorrent operatsiya lar hisoblanadi. Kontokorrent (overdarft) operatsiyalarda mijozlarning banklardagi
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bo‗yicha ma‘lum
miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishiga ruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy
jarayon bank va mijoz o‗rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi,
kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozit hisobvaraqlarida mablag‗lar mavjud bo‗lmagan holda, unga to‗lovlarni
amalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig‗i hisobidan o‗tkazilishiga
yo‗l qo‗yiladi.
Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarida mijozning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvarag‗ining aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank
hisobiga tegishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlar va
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‗lar uning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvarag‗i tushishi orqali debet qoldiq (overdraft) summasi
yopiladi.
SHu tariqa, bank va mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan muddat
davomida kontokorrent (overdraft) operatsiyasi amalga oshiriladi. Uning
ishtirokchilari bank va bankning mijozi hisoblanib, bank kontokorrent (overdraft)
shartnomasini tuzayotganda mijozning moliyaviy holati, balansining likvidligi va
boshqa mezonlariga alohida e‘tibor qaratadi. Bunda asosan bank bilan uzoq
yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan va asosli to‗lov qobiliyatiga ega
bo‗lgan hamda ishonchli mijozlari yuqori mavqiega ega bo‗ladi.
Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarining qator afzalliklari mavjud bo‗lib,
ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
– mijozning qisqa muddatli moliyaviy resurslarga bo‗lgan ehtiyojini
ta‘minlaydi va qo‗shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va
moliyaviy mablag‗larni tejash imkoniyatini beradi;
– banklarga moliyaviy mablag‗larni ishonchli va samarali maqsadlarga
joylashtirish imkoniyatini berish bilan birga, qo‗shimcha foyda olishga sharoit
yaratadi.