― pul va banklar


Forfeyting operatsiyalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266
pul va banklar (2)

Forfeyting operatsiyalari 


29 
Forfeyting operatsiya
lari
asosan yirik banklar va kompaniyalar o‗rtasida 
uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‗larni to‗lashda 
qo‗llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.
Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok 
etadi. Birinchisi, mol etkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi
vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa. 
Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida 
ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga 
tuzilishini ta‘kidlash mumkin.
Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotib olish ma‘nosida 
qo‗llaniladi, uni so‗ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida 
yuz beradi. ―a forfait‖ so‗zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‗lib, ―huquqdan voz 
kechish‖ ma‘nosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‗ini olishga talabgor 
bo‗lgan sotuvchi o‗tkaziladigan veksel inodassamentiga
143
―to‗lovni qaytarish 
shartisiz‖ so‗zini qayd etish orqali to‗lov regressidan
144
o‗zini himoya qiladi. 
Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni 
to‗lov hujjati sifatida akseptlab sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlarning 
summasini diskont asosida zudlik bilan to‗lash hisobiga barcha risk va 
majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (ya‘ni vekseldagi summani to‗lab 
beruvchi va o‗zida qayd etib boruvchi bankka) o‗tkazadi.
Agar importer birinchi darajali to‗lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy 
mavqiega ega bo‗lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval
145
shaklida 
kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‗lishi lozim. 
Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‗liq 
muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. 
Eksporter forfet krediti bo‗yicha hech qanday majburiyatni o‗ziga olmaydi, 
faqatgina u jo‗natayotgan tovarlar va ko‗rsatilayotgan xizmatlarning sifati va 
tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini ta‘minlashga mas‘ul 
hisoblanadi. 
Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQSHning Boing samolyotini 
ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‗rtasidagi o‗zaro oldi 
– sotdilarni keltirish mumkin. CHunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori 
bo‗lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‗larni birdan to‗lash imkoniyatini 
bermaydi, biroq o‗z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‗lovni 
ololmagan 
samolyotsozlik 
kompaniyasida 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining 
uzluksizligini ta‘minlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo 
banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank 
samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng kompaniyasi oldidagi 
majburiyatlarini sotib oladi (savdo trattasi, o‗tkazma yoki oddiy veksel shaklida) 
va to‗lovni bir yo‗la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya 
o‗rtasida tuzilgan shartnomaga bo‗yicha asosiy summa tegishli jadval asosida, 
qo‗shimcha foiz to‗lovlari bilan birgalikda undirib boriladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin