― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   266
pul va banklar (2)

17.1-jadval 
Davlat fondlari, nodavlat mikromoliyalashtirish tashkilotlari va kredit 
kooperativlarining asosiy xarakteristikasi 
 
NMMT 
Kooperativl
ar 
Davlat fondlari 
Yuridik 
shakli,
maxsus 
qonunchilik 
Notijorat 
tashkiloti
sifatida 
ro‗yxatdan 
o‗tadi 
Kooperativlar 
to‗grisidagi 
qonunchilik 
bo‗yicha faolityat 
ko‗rsatadi. 
Budjet 
qonunchiligi 
bo‗yicha ishlaydi. Davlat 
ta‘sis etgan yoki sezilarli 
bo‗lmagan 
nodavlat 
tashkilotlari 
ishtirokidagi 
fondlar 


33 
Asosiy 
xizmatlari 
Asosiy 
maxsuloti-
mikrokredit. 
sug‗urta. 
jamg‗arma 
xizmatlari 
ko‗rsatadigan 
shakllari 
mavjud 
A‘zolaridan
jamg‗armalar 
qabo‗l 
qilish, 
ularga
mikrokreditlar 
berish, 
mikrolizing 
va 
mikrosug‗urta 
xizmatlari 
ko‗rsatish. 
Asosiy 
maxsuloti 
mikrokredit 
Qarzdorlarga 
munosabat 
Mijozlarga 
qarz 
Kreditlar 
kooperativ 
a‘zolariga 
beriladi. 
Mijozlarga qarz 
Moliyalashti
-rish 
manbasi 
O‗z 
mablaglari, 
donorlar 
mablag‗lari, 
depozitlar, 
tijorat banklari 
qarzlari 
yoki 
qimmatbaho 
qog‗ozlar 
chiqarish 
orqali qarzlari 
A‘zolari 
mablag‗larini 
mobilizatsiya 
qilish, 
donorlar 
mablag‗lari 
Asosan davlat budjeti va 
budjetdan tashqari davlat 
fondlari mablag‗lari 
Xizmat 
oluvchilar 
qamrovi 
Kapitali hajmi, 
amaliyot 
xarajatlari 
va 
texnologik 
imkoniyatlari 
bilan 
chegaralangan 
Kooperativga a‘zo 
bo‗lganlar doirasi 
Mablag‗lari 
hajmi, 
texnologik imkoniyatlari va 
maqsadli yo‗nalishlari bilan 
chegaralangan 
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi. 
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat 
banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi 
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil 
topadi: 
a)Ustav kapitali 
b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam 
c)O‗zining a‘zolaridan jalb qilingan pul mablag‗lari 
d)Tijorat banklarining kreditlari 
e)Sof foyda 
f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar 
g)O‗tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi 
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati 
yo‗nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o‗zlariga 


34 
a‘zo bo‗lgaan subyektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit 
uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega.U ham bo‗lsa kredit operatsiyasidir. 
Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag‗al qatlamlariga 
kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik 
summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir. 
Faktoring kompaniyasi jo‗natilgan tovarlar va ko‗rsatilgan xizmatlar
bo‗yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug‗ullanadi. Ular Tovar 
hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib 
oladi.
Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to‗lovchi to‗lovga noqobil
bo‗lib qolganda faktoring kompaniyasiga to‗lovni mol etkazib beruvchiga 
undirish huquqi saqlanib qoladi. 
Agar tovar hujjatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to‗lov riski to‗liq ya‘ni 
100 % faktoring kompaniyasining zimmasida qoladi. Chunki to‗lovchi to‗lovga 
noqobil bo‗lib qolganda faktoring kompaniyasi to‗lovni undirish bo‗yicha mol 
etkazib beruvchiga murojaat qila olmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud emas. 
Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini 
regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari, O‗zbekiston 
banklari faktoring operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning 
buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan mamlakatlarda faktoring 
kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham yuritadi. 
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari 
bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o‗rtacha muddati 
3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bor, ya‘ni lizing 
kompaniyalarida resurslar etishmaydi. Ular faoliyatini asosan o‗z mablag‗lari 
hisobidan moliyalashtirishga majbur. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq 
muddatli kreditlarini keng ko‗lamda jalb qiladilar.
O‗zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va 
lizing kompaniyalari shug‗ullanadi. Asosiy muammo shundaki, to lizing obyekti
lizing-oluvchi tomonidan qabo‗l qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing 
kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek 
va hosilaviy qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schotlar ochadi. Bu schotlar
mazmuniga ko‗ra aktiv-passiv schotlar hisoblanadi, ya‘ni bu schotlar debitli 
qoldiqqa ham ega bo‗lishi mumkin, kreditli qoldiqqa ham ega bo‗lishi mumkin. 
Kliring palatasi bir ish kuni mobaynida barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va 
ish kuni so‗nggida har bir bankka uning hisob raqamidan ko‗chirma beradi. Agar 
bank ko‗chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo‗lsa , demak unga to‗la berishadi. 
Ko‗pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy 
bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya, 
Luksemburg kabi mamlakatlarda nazorat funksiyasiga ega emas. Shu sababli 
ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining 


35 
regulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit 
tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo‗yiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 
baravarining miqdorida pul mablag‗lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 
ming evro ekvivalenti miqdorida pul mablag‗lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda 
olimlarnig bir guruhi ―Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi 
kerak‖ degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan 
mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan 
kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o‗z a‘zolaridan depozitlar qabo‗l qilish 
huquqiga ega. Shu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq 
nazorat qilinadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin