― pul va banklar


 Kredit kooperativ va uyushmalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   266
pul va banklar (2)

14.2. Kredit kooperativ va uyushmalari 
lk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontsepsiyasi 1850-yilda 
Germaniyada, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida paydo bo‗lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki 
kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari 
faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‗lib bayon etgan hamda keyinroq kredit 
uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‗mak bergan 
Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu 
inson birinchi bo‗lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va 
keyinchalik Kredit Uyushmalari Assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani 
tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta‘minlash 
bilan shug‗ullangan. 
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo‗lib, u uyushma 
a‘zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko‗rsatadi. 
Kredit uyushmasining maqsadi jamg‗armalarni jalb qilish, umumiy mablag‗lardan 
a‘zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a‘zolarining moliyaviy 
ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko‗rsatishdan iborat. 
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o‗z 
ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya‘ni, u siyosat 
yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo‗ljallangan. Kredit uyushmasining 
faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog‗liq emas. Kreditlash ushun mo‗ljallangan 
mablag‗larning asosiy manbai jamg‗arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu 
mablag‗larning o‗sishi jamg‗armalarni safarbar qilishning o‗sishiga, kredit 
uyushmasining ishida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali 
o‗sishga bog‗liqdir. 
Kredit uyushmalari bilan banklar o‗rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, 
kredit uyushmasi kishilarning biror-bir guruhiga ularga tegishli bo‗lgan 
mablag‗larni saqlash va bir-birlariga kredit berish imkonini beradigan moliyaviy 
kooperativ hisoblanadi, unga aksiyadorlar emas, balki ishtirokchilarning o‗zlari 
demokratik tamoyillar asosida egalik va rahbarlik qiladilar. Bundan tashqari, kredit 
uyushmalarining banklardan farqi shundaki, kredit uyushmasi asosiy maqsadi 
jamg‗armalarni safarbar qilish bo‗lgan institut hisoblanadi, bunda foyda olish 
asosiy maqsad hisoblanmaydi. Aksariyat hollarda banklar bir aholi punktida 



36 
joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabo‗l qiladi, va ushbu 
mablag‗larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi. Bundan farqli ularoq, kredit 
uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi, 
kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib, 
kapitallashtirish bo‗yisha talablar bajarilib, kreditlar bo‗yisha zararlarni qoplashga 
zaxiralar barpo etilganidan so‗ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar 
shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash 
ushun zarur bo‗lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi. Bankda 
nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan 
kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga 
oshirishiga yo‗l qo‗yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay 
badali miqdoridan qat‘iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir. 
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo‗lib, unga a‘zo bo‗lgan har bir kishi 
uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag‗ingiz sizning 
―ulushingiz‖ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi i yoki tushib ketishi 
mumkinbo‗lgan aksiyalardan farq qiladi.
Pay badallari hisobvaraqlari bo‗yisha dividendlar to‗lanadi. Kredit uyushmasi 
kooperativ bo‗lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina 
taqsimlay oladi. Faqat ishtirokchilar tomonidan saylanadigan KU direktorlar 
kengashi dividendlar miqdorini KU daromadlaridan kelib chiqib belgilaydi. Foizlar 
(dividendlar) miqdori kredit uyushmasining moliyaviy holati qanchalik maqbo‗l 
ekanligiga bog‗liq. 
Kredit uyushmasidan uning a‘zosi chiqqanda yoki chiqarilganda pay badali 
kredit uyushmasining a‘zosiga, uning kredit uyushmasi oldidagi barcha qarzi 
uzilganidan keyin, qaytariladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin