Zaxiralar
-100
mln
dollar
Qarz
(FR
dan
olingan)
-100
mln
dollar
Qarz
(FR
dan
olingan)
-100
mln
dollar
Zaxiralar
-100
mln
dollar
FZT monetar majburiyatlari bo‘yicha sof ta‘siri va shundan kelib chiqib pul
bazasi ham 100 million dollarga qisqardi. Pul bazasidagi o‘zgarish FZTdan olingan
qarzlar bilan bir xil miqdorda o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin.
Bankning zaxiralari tekshiruv bayon etilishiga bog‘liqdir. Bank tizimidagi
zaxiralarning umumiy miqdori bo‘yicha joriy sof natija(shuningdek, pul bazasi)
Federal Zaxira Tizimi(Fed)ning tekshiruv-kliring jarayonidagi holatidan kelib
chiqadi va suzuvchanlik deb ataladi. AQSh Ga‘znachiligi tijorat banklardan
depozitlarni Fed da mavjud hisobraqamga jo‘natganda, Fedda G‘aznachilik
depozitlarining oshishiga olib keladi, bu esa 11 Bobda ko‘rsatib o‘tilgan
banklardan depozitlar chiqib ketishini yuzaga keltiradi, shuning uchun bank
tizimidagi zaxiralarning va pul bazasining kamayishiga sabab bo‘ladi. Shunday
qilib, suzuvchanlik(ba‘zi bir tasodifiy holatlar ta‘sir qilishi mumkin, masalan
cheklar qancha tezlikda to‘lovga qabul qilinishi mumkin) hamda Fed dagi G‘azna
depozitlari(AQSh G‘aznasining harakatlaridan kelib chiqib belgilanadi) har ikkisi
ham pul bazasiga ta‘sir ko‘rsatadi, lekin ular Fed tomonidan boshqarilmaydi. Fed
ning ishlariga aralashish bo‘yicha AQSh G‘aznachiligi qarorlari xorijiy valyuta
orqali pul bazasiga ta‘sir qiladi.
Bizning yuqoridagi mulohazamiz pul bazasining ikkita asosiy xususiyatlarini
ifodalaydi: ochiq bozor operatsiyalari va moliyaviy institutlarga qarz berish. Bunda
ochiq bozor operatsiyalaridagi xarajatlar yoki sotish hajmi Fed tomonidan
qimmatli qog‘ozlardagi dilerlarga buyruqlar berish bilan to‘liq boshqariladi,
markaziy bank buni mustaqil belgilay olmaydi, shuning uchun Fed dan olish
mumkin bo‘lgan qarzning miqdorini oldindan aytib bera olmaydi. Federal Zaxira
diskont stavkani qo‘llaydi(banklarga beriladigan kreditlarning foiz stavkalari),
keyin banklar qarz berish haqida o‘z qarorlarini qabul qilishadi. Fed ning diskont
stavkasi ta‘sir qiladigan qarz berish miqdori to‘liqligicha Fed tomonidan
boshqarilmaydi; banklarning qarorlari ham ahamiyatga ega.
Shuning uchun, biz pul bazasini ikkita tarkibiy qismga bo‘lishimiz darkor:
biri Fed tomonidan to‘liq nazorat qila olinadi hamda boshqasi biroz kamroq
boshqariladi. Biroz kamroq boshqariladigan tarkibiy qism bu Fed tomonidan
bazaning kreditlar orqali boshqarilishidir. Bazaning qoldiq qismi(qarz berilmagan
pul bazasi) Fed ning nazorati ostidadir, chunki uning natijalari asosan ochiq bozor
operatsiyalaridan kelib chiqadi
59
. Qarz olinmagan pul bazasidan Feddan olingan
qarzlarni ayirish orqali kelib chiqadi, u qarzga olingan zaxiralar deb
ataladi:
Dostları ilə paylaş: