B bank Aktivlar Majburiyatlar Zaxiralar + $ 90
mln
Chekli depozitlar + $
100 mln
Bank tizimidagi chekli depozitlar boshqa 90 mln dollarga oshdi, jami o‘sish
190 mln dollar ya‘ni A bankdagi 100 mln dollar qo‘shilgan B bankdagi 90 mln
dollar. Haqiqatda, A va B bank o‘rtasidagi farq jami deposit hajmini oshirishda bir
xil natijaga erishish uchun muhim hisoblanmaydi. Agar A bankdan qarz oluvchilar
A bankda jamg‘argan biror bir shaxsga chek yozsa, depozitlarda bir xil o‘zgarish
sodir bo‘lar edi. B bank uchun T-schot A bankka ariza berganda va uning chekli
depoziti 190 mln dollar miqdorga oshgan bo‘lar edi.
B bank keyinchalik balansini o‘zgartirishni xohlaydi. 90 mln dollarni 10 % ini
saqlashi kerak(9mln dollar) majburiy zaxira sifatida va ortiqcha zaxirada 90 mln
dollarni 90 % i (81 mln dollar) bo‘ladi. Shu summani kreditga berishni amalga
oshiradi. B bank qarz oluvchilarga 81 mln dollar kreditni taqdim etadi. B bankning
T-schoti quyidagicha bo‘ladi:
B bank Zaxiralar +$9 m
Chekli depozitlar +$90
m
Kreditlar
+$81 m
B bankdan qarzdorlar sarflagan 81 mln dollar boshqa bir C bankda
jamg‘arilsin. Natijada, bank tizimidagi oshgan zaxiralar dastlabki 100 mln
dollardan, tizimdagi chekli depozitlar umumiy o‘sish summasi 271 mln
dollargacha yetdi($100+$90+$81mln).
Quyidagilar ham xuddi shu sabab, agar barcha banklar ularning ortiqcha
zaxiralarining to‘liq hajmda kreditga berilsa, chekli depozitlardagi yangi o‘sib
borish davom etaveradi(A,B, C… banklarda) birinchi jadvalda ko‘rsatilganidek.
Shuning uchun, zaxiralardagi dastlabki 100 mln dollar o‘sishidan depozitlardagi
umumiy o‘sish 1000 mln dollarga yetadi.
Agar bank ortiqcha zaxiralarni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishni
tanlasa, natija bir xil bo‘ladi. Agar A bank uning ortiqcha zaxirasi va kredit
berishdan ko‘ra sotib olgan qimmatli qog‘ozlari olinganda edi, uning T-
hisobvarag‘i quyidagicha ko‘rinishda bo‘lar edi: