№
Ekinlar
H osildorlik,
s/g a
H o sil bilan tuproqdan
olingan KjO, kg/ga
1.
G 'a lla s im o n la r
58
175
2.
Kartoshka
200
180
3.
Q and lavlagi
200
150
4.
Y e m - o z i q a qan d lavlagisi
4 2 0
28 0
5.
Be da , y o ‘n g ‘ic h q a (p ic h a n )
6 0
120
6.
Oq karam
6 6 0
2 9 0
7.
S a b z i
4 2 0
2 1 0
8.
K un g a b o q a r (urug‘i)
55
9 9 0
Odatda, kartoshka, qand lavlagisi va yem -oziqa lavlagisi, shuning-
dek qator sabzavot ekinlari har gektar yerdan quruq modda hisobida
masalan, g'allasimon ekinlar, o'tlarga nisbatan k o 'p ro q mahsulot olish
imkonini beradi va shuning natijasida kaliyni k o ‘p miqdorda o'zlash-
tiradi. Kungaboqar alohida o 'rin tutadi, u qolgan ham m a ekinlarga
nisbatan kaliyni ko'proq o'zlashtiradi.
Hosilning asosiy mahsuloti birligi hisobiga ozuqa moddalarining
o'zlashtirilishi ko'p jihatdan olinadigan tovar va q o 'sh im cha mahsulot
o'rtasidagi nisbat mutanosibligiga bog'liq.
G ‘allasimonlarda hosilning tovar mahsulotida q o ‘shimcha mahsu-
lotga nisbatan kaliyning miqdori kam, ildizmevalilar, k o ‘p yillik o ‘tlar,
silos va sabzavot ekinlarida kaliyning ko‘p miqdori hosilning xo'jalik
jihatdan qimmatli qismiga t o ‘g ‘ri keladi. Masalan, donda o'simlikning
yer usti qismidagi jam i kaliyni 15% gina b o'ladi, qolgan 85% esa
somonida bo'ladi.
Aksincha kartoshkaning tuganaklarida 95% dan kam boMmagan
miqdorda kaliy b o i s a , poya qismida bor-yo‘g ‘i 5% bo'ladi. Tovar,
ya’ni tashiluvchi mahsulotda qancha kam miqdorda va tovar bo'lm a-
gan dalada qoladigan va yem-xashak bo'ladigan mahsulot qismida
ko‘p miqdorda kaliy uchrasa, kaliy biologik aylanma almashinuvida
kam chiqariladi va natijada xo'jalik tuproqlarida bu elementning yaxshi
balansi yuzaga keladi.
O'simlikda qisman yuz beradigan xazon kuydirish, qari barglardagi
kaliyning y om g‘ir yordamida yuvilib turishi hamda vegetatsiyaning
oxirida uning o'simlik ildizlari orqali tuproqqa chiqib turishi tufayli
K20 ning hosil tarkibidagi miqdori o ‘simlik jadal rivojlanayotgan
paytdagi maksimal miqdordan ancha kamroq bo'ladi.
TUPROQDAGI KALIY
Haydaladigan yerdagi kaliyning umumiy miqdori azotga nisbatan
5—50 marta, fosforga nisbatan 8—40 marta ko'p bo‘ladi. Dem ak,
tu proqla r, o d a td a , azot va fosforga nisbatan kaliyning k o ‘proq
zaxiralariga ega. B o‘z qumoq tuproqlarda kaliyning ( K ,0 ) umumiy
miqdori
1—2%, uning loysimon xillarida 2%, kul rang o'rnio n
tuproqlarda, q o ra tup ro q nin g podzollangan, ishqorlangan oddiy
xillarida va kul rang tu p ro q la rd a 2,5% ga yaqin, ja n u b iy qora
tuproqlar va kashtan tuproqlarda
2%
ga yaqin, qizil tuproqlarda
0,6—0,9
%,
sho'rxok va sho‘r tuproqlarda 1,2—3,0% boMadi. Umumiy
kaliyning m iq d o r i b a ’zan qayir tu p ro q la rd a (0 ,3 —2,2% ) ham
uchraydi.
Kaliy asosan tuproqning mineral qismida uchrab, uning organik
qismida juda kam bo'ladi.
K aliyn ing tu p ro q d a g i m iqdori: 1) birlam chi va ikk ilam chi
minerallarning kristall panjarasi tarkibida (uning asosiy miqdori);
2)
kolloid zarrachalar tarkibida almashinuvchi va almashinmovchi tarzda
yutilgan h o l a t d a ( a n c h a qism i); 3) ildiz-tu ganak q o ld iq la r va
mikroorganiznilar tarkibida; 4) tuproq eritmasining tarkibida erigan
holatda (bu qismi juda kam miqdorni tashkil qiladi) bo‘ladi.
0 ‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi manba kaliyning
eaivchi tuzlaridir.
0 ‘simlik tomonidan tuganak ildiz va mikroorga-
nizmlar tarkibidagi kaliy ham yaxshi o ‘zlashtiriladi. Almashinuvchi
kationlar va kam eriydigan tuzlar bevosita rezerv vazifasini bajaradi.
Oziqlanish uchun eng yaqin rezerv sifatida gidrosludalar, vermi-
kulitlar, ikkilamchi xloritlar, montmorillonit, almashinmaydigan kation
lar kam eriydigan tuzlar xizmat qiladi.
Potensial rezerv dala shpatlari, sludalar, pirokseniar va birlamchi
xloridlardir. Jami yoki umumiy kaliy o ‘z tarkibida kaliyli birikmalarning
liar xil turlarini birlashtiradi, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
1) suvda eruvchi kaliy (o'simlik oson o'zlashtiradi);
2) almashinuvchi kaliy (o'simlik tomonidan yaxshi o ‘zlashtiriladi);
3) harakatchan kaliy (suvda eruvchi va almashinuvchi kaliy), u
tuzli eritma orqali tuproqdan ajratib olinadi;
4) almashinmovchi gidrolizlanuvchi (qiyin almashinuvchi yoki
rezervdagi) tuproqdan qaynab turgan kuchli kislota so'rimida qo'shim-
cha ravishda ajratib olinadi (odatda, HCI ning 0,2 n yoki 10% li
eritmasi bilan) va u o ‘simliklarning oziqlanishida yaqin rezerv hisob-
lanadi;
5) kislotada eruvchi kaliy, yuqoridagi kaliyning ham m a shakllarini
birlashtiradi va qaynab turgan kuchli kislota (HCI ning 0,2 n yoki
10%) eritmasi bilan ajratib olinadigan kaliy hisoblanadi;
6) almashinmaydigan kaliy (umumiy va kislotada eriydigan kaliy
o'rtasidagi farqlanuvchi miqdor).
Aniqlik kiritish maqsadida shuni qayd etish joizki, almashinuvchi
va almashinmovchi gidrolizlanuvchi kaliylar hisoblash orqali aniqlanadi:
almashinuvchi-harakatchan va suvda eruvchi kaliylar orasidagi farq
orqali (chunki tuzli eritmaga almashinuvchi kaliy bilan birga suvda
eruvchi xili ham o ‘tadi), almashinmovchi va gidrolizlanuvchi xili esa
kislotada eruvchi va harakatchan xillari o'rtasida farq orqali aniq
lanadi.
Tuproqdagi o'simlik oziqlanishi uchun asosiy bo'lgan harakatchan
kaliyning miqdori K 20 ning umumiy zaxirasini b o r -y o ‘g‘i 0,5—2% ini
tashkil qiladi.
D e m ak , kaliyning u m u m iy m iqd o rini 99% ga yaqini unin g
a lm ashinm ovchi xili bo'ladi. Lekin u lar h a m m a ’lum m iqdorda
o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasida isbotlandiki, tuproqdagi kaliyning xillari
bo'yicha harakatli (dinamik) muvozanat mavjud, va agar, masalan
o'simlik suvda eruvchi kaliyni o'zlashtirsa, bu holatda uning eritmadagi
miqdori alm ashinuvchi xildagi hisobiga t o 'la d i, so'nggi xildagini
kamayishi esa, m a ’lum vaqtdan keyin a lm a s h in m o v c h i, birikkan
holdagi kaliy evaziga tiklanadi. Shunday qilib, o'simlik tomonidan
harakatchan kaliyning o'zlashtirilishi natijasida uning zaxiralari qiyin
almashinuvchi ham da minerallarning kristall panjaralaridagi kaliy
evaziga to'ladi.
Q ator ta d q iq o tc h ila r qayd etgani kabi dala sharoitlari uchu n
shunday o d d iy b o 'lg a n holat, ya’ni tuproqni navbatma-navbat quritish
va namlab turish bu jarayonni biroz tezlashtiradi; kaliyning o'zlash-
tiriladigan shaklga o ‘tishiga jadal t a ’sirni o'sim likning o ‘zi ham
ko'rsatadi.
Qator tadqiqotchilar m a’lumotiga ko'ra har xil tuproqlarda kaliyning
harxil shakllari o'rtasidagi o'zaro mutanosiblik quyidagicha (48-jadval).
48-jadval
H a r xil tu p ro q la rd a kaliy sh ak llarin in g m iqdori
№
T uproq
Kaliy (100 g tuproqda mg hisobida)
Suvda
eruvchi
Almashinuvchi
Kislotada
eruvchi
Jam i
1.
B o ‘z q u m o q
1,8
6,5
2 6 , 0
11 55
2.
C h i m - p o d z o l o g ‘ir loyli
3,5
12,8
1 61,0
2 8 4 0
3.
Kuchli lo y li qoratuproq
3,1
14,1
3 3 1 , 0
2 3 8 0
Demak, tuproqlarda umumiy kaliyning 10—25% almashinuvchi
kaliyli birikmalar shakli, 5—25% kislotada erib almashinuvchi shakli
va 2— 15% kislotada eruvchi shakllari uchraydi.
Agrokimyoda o'simliklarning oziqlanishi uchun tuproqlarning kaliy
bilan ta ’minlanganlik darajasi uning liarakatchan shakli miqdori bilan
belgilash qabul qilingan. Har xil tuproq tiplari uchun harakatchan
kaliyni aniqlashning nazariy uslublari ishlab chiqilgan: ular jumlasiga
noqoratuproq zonalarning, chimli — podzol va sur tusli o 'r m o n
tuproqlari uchu n — Kirsanov uslubi (0,2 n xlorid kislotada o'tadigan
miqdor), karbonatsiz qora tuproqlar uchun — Chirikov usuli (0,5 n
sirka kislotada o'tadigan miqdor), kashtan, q o ‘ng‘ir va bo ‘z tuproqlar
uchun — M achigin usuli (1% li karbonat amm oniyga o'tad ig a n
miqdor), sernam subtropiklarning qizil va sariq tuproqlari uchun —
Oniani uslubi (0,1 n sulfat kislotaga o'tadigan miqdor, Boltiq bo'yi
mamlakatlari u c h u n —Egner— R im —D am nigo uslub (sut, sirka va
ammoniy sirkali pH — 3,7 bo'lgan bufer eritmaga o'tadigan miqdor)
lari kiradi. llgari keng qo'llanilgan hozir ham qo'llaniladigan Maslova
uslubi (
1,0 n sirka kislotasining ammoniy tuziga o'tadigan miqdor)
dan foydalaniladi, u chimli-podzol, sur tusli o'rm on tuproqlari, karbo
natsiz qora tuproqlari, karbonatsiz tog' tuproqlari uchun ishlatilishi
mumkin. Tuproq tahliliy ma’lumotlariga asoslanib x o‘jalik tuproqla-
rining tarkibidagi harakatchan kaliyning miqdorini ifodalovchi agrokim-
yoviy xaritanoma tuziladi.
Odatda, harakatchan kaliyning yuqoriroq miqdori oddiy, janubiy
qora tuproqlar, kashtan va q o 'ng 'ir tuproqlarda uchraydi. U bilan
tipik, ishqorlangan, podzollangan qora tuproqlar, q o ‘ng‘ir va b o ‘z
tu p ro q la r yaxshi t a ’m inlangan b o 'ladi. K a liy n in g kam miqdorli
t a ’minoti qum, qumoq chimli-podzol tuproqlarda, sariq tuproqlarda,
qizil tuproqlarda, kayir va ayniqsa torf-botqoqli tuproqlarida boMadi.
T uproqning kaliyli rejimini tavsifi uning ha ra k a tc h a n shaklini
miqdoriy ko'rsatkichinigina bildirib q o lm a s d a n , balki yana hara-
katchanlik darajasini va dem ak, o ‘sim liklar t o n io n id a n o'z la sh -
tiruvchanlik darajasini ham ko'rsatishi kerak. Bu xil baholash imkonini
bcradigan uslublar ishlab chiqilgan, u « tu p r o q - tu p r o q eritmasi»
tiz im ida kaliy, kalsiy, magniy ionlari o 'r ta s id a g i fizik-kimyoviy
bogManishi m unosabatiga asoslanadi va k aliyning term o d in a m ik
potensiali yoki kaliy potensiali deb n om la n g a n ko'rsatkich orqali
ifodalanadi, uni tuproqdagi «jadal omil» tarz id a g i kaliy tarzida
tasavvur qilinadi. C a
+2 va M g+2 kationlarini tuproqning yutilish
k o m p le k sid a o ‘xshash a lm ash in u v ch i x o s s a la rg a ega ekanligini
e ’tiborga olib, kalsiy va magniy ionlarining faollik yig‘indisini bir xil
ion turining faolligi tarzida qabul qilinadi.
Kaliyli potensial deganda doimiy h a ro ra td a 25°C va bosimda
(1,01 • 10
5Pa) bir tomondan kaliy kationi, boshqa tom ondan kalsiy va
magniylar o ‘Hasida almashinuv reaksiyalari tufayli «tuproqning qattiq
fazasi-tuproq eritmasi» tizimida erkin energiyaning o ‘zgarishi tushini-
ladi. Kaliyli potensialni Z° = pK — 0,5 p C a f o rm u la orqali
ifodalanadi, bu yerda p —K+ ionlari va C a +2, M g
+2 lar yig'indisining
teskari logarifmi. Kaliyli potensial tu p ro q n a m u n a s in in g nia’lum
miqdorini kalsiy xloridning 0,002 n eritmasida 30 minut davomida
puxta aralashtirilib tayyorlangan tuproq suspenziyasida (tuproq eritma
nisbati
1:2) aniqlanadi.
Qayd qilingan ionlarning faoiligini ai=Ci.fi; formula orqali aniq
lanadi, bu yerda С — ionning faolligi, f. — ionning faollik koeffitsienti,
uni Debay—Gyukkel tenglamasi orqali hisoblab topiladi:
Bu yerda : Z i — ion valentligi
v — eritnianing ion kuchi, uning ifodasini
v = 0 , 5 ^ C , Z i 2 formula orqali aniqlanadi;
Bu yerda C : — aniqlanadigan ionning konsentratsiyasi;
Z i
2 — uning valentligi;
Tuproqning kaliy potensiali deganda tuproq tomonidan eritmaga
yutilgan kaliyning u bilan ikki valentli kationlarning raqobatini hisobga
olgan holdagi m iqdo rin i bildiradi. Kaliy potensialining miqdoriy
ko'rsatkichi qan cha yuqori bo'lsa, K" ning eritmaga o'tish imkoniyati
shuncha past bo'ladi, va demak uning o'simlik tomonidan o'zlash-
tirilishi ham past bo'ladi.
Olingan ko'rsatkich teskari logarifm bilan ifodalanganligi sababli
kaliy potensiali universal qiymat bo'lib, har xil tuproq xili uchu n
doimiy ko'rsatkich hisoblanadi.
Qabul qilingan ko'rsatkich chegarasiga muvofiq kaliy potensialining
2,5—2,9 oralig‘idagi miqdori o'simlikning rivojlanishi uchun yetarli
bo'lmaydi, 1,8—2,2 optimal hisoblanadi, 1,5 dan kam bo'lganda esa
bu elementning nisbatan oshiqchaligidan dalolat beradi.
Kaliy potensialini m a’lum darajada o ‘simlikning kaliyli oziqlanishini
tashxisi (diagnostikasi) uchun va o'g'itlarni solishga oid tavsiya ishlab
chiqishda foydalanish mumkin bo'ladi.
O'simlikning kaliy bilan ta ’minlanishi uning harakatchan shakldagi
birikmalarining miqdorigagina va kaliy potensialiga bog'liq boMmay,
balki tuproqni kaliy potensialini nisbatan bir xil darajada ushlab turish
qobiliyatiga ham bog'liq bo'ladi.
Tuproq nin g bu qobiliyatini Bakett tuproqning potensial bufer
qobiliyati deb nomlagan (PBQ).
T u p ro q n in g potensial bufer qobiliyati kaliy uchun ikki kattalik
o'rtasidagi n is b a t-h a jm omili (Q), y a ’ni bu tushunc ha o 'sim lik
to 'g 'r i d a n - t o 'g 'r i o 'zlashtira oladigan kaliy miqdorini (tu proqdan
CaCl, ning 0 ,0 0 2 IVl eritmasi bilan ajratib olinadi) ifodalasa, jadallik
omili (I0) — K '
ning tuproq eritmasidagi muvozanat faolligini
belgilaydi. Q / l (| nisbat ko'rsatkichi h ar xil tup roqlarda turlich a
bo'ladi.
Tajriba yo'li bilan ko'rsatilganki, sur tusli o 'rm on tuprog'ida kaliy
potensialining kattaligi 1,8—2,35 bo'lsa, o'simliklarni bu kation bilan
yaxshi t a ’m i n l a n g a n l ig i n i , p o te n s ia ln i 2 ,5 —2,8 k o 'r s a t k ic h i d a
t a ’minlanganlik tanqislik darajasida bo'lsa, kaliy potensiali 3,27—3,54
ga yetganda esa, kaliyga bo‘lgan tanqislik kuchayadi.
Tuproqning potensia! buferlik qobiliyati kaliyga nisbatan 0—20
sm qalinlikda 45 ga yetsa, 80— 100 sm qaliniikda esa 200 ga yetadi
ya’ni birinchi holatda harakatchan kaliyning niiqdori juda kam bo'ladi.
Tuproqda harakatchan kaliyning miqdori bilan o'simlik o'zlashtiradigan
kaliy o'rtasida korrelyativ bog'liqlik mavjudligi qayd qilingan.
KALIYLI XOMASHYO KONLAR1
Kaliyli o‘g ‘itlar ishlab chiqarish va
ularning xossalari
M DH davlatlari hududida joylashgan kaliy xomashyosi zaxiralarini
hisobga olinsa, u bu qiymat bo'yicha jah o n d a birinchi o'rinda turadi.
Agar 1978-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan kaliyli o'g'itlar, ularni
K 20 hisobida olinganda 25,7 mln tonnani tashkil qilgan bo'lsa, o 's h a
paytda M DH inamlakatlari hisobiga 8,4 m ln tonna to'g'ri kelgan.
O'sha yili har bir gektar haydalanadigan verga solish bo'yicha ( K , 0
kg hisobida) jah ond a — 15,9 bo'lsa, M D H da — 23,2 kg ga to 'g 'ri
kelgan.
Hozirgi paytda kaliyli tuzlarni sanoatda ishlab chiqarish 50 mln
tonna K20 ni tashkil qilsa, M D H inamlakatlari hisobiga 48% to ’g'ri
keladi.
Kaliyli o'g 'itlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida kaliyli
tuzlar xizmat qiladi, ularning sanoat m iqyosida ishlatish u c h u n
yetadigan zaxiralari Rossiyaning yevropa qismida, Qozog'istonda, O 'rta
Osiyoda joylashgan. Yuqori Kam a konlari anc h a yirik konlardan bo'lib
(12 mlrd tonnadan ziyod), Solikamsk atrofida joylashgan. Ikkinchi
kaliyli tuzlarning eng yirik konlari Belorusiyaning Starobinsk
va
Petrolovsk, U krainaning Karpat tog'lari atrofida Kalush-G alinsk,
Stebnikovsk konlarida joylashgan. Turkm aniston da Tyubogantan va
Karlyuk konlari joylashgan. M D H m amlakatlarida uchraydigan kaliyli
tuzlarning konlari xlorid xiliga jam i zaxiraning 92% va
8% sulfat
xiliga bo'linadi. O 'z navbatida ishlab chiqilgan kaliyli o'g'itlar ham
xlorid (kaliy xlorid va aralash tuzlar) va sulfat (kaliy sulfat, kaliy
magneziy, kaliyli-magniyli konsentrat) xillariga bo'linadi.
Xloridli kaliyli o'g 'itlar ishlab chiqarish uch un asosiy xomashyo
sifatida silvinit xizmat qiladi, u silvin (KCI) va galit (NaCl) aralashtnasi
(aglom erati) h isoblanib tarkibida 12— 15% K , 0 b o ‘ladi. Kaliyli
o ‘g‘itlarning sulfat kislota qoldig‘ili xillari kainit, langbeynit va aralash
langbeynit — kaliyli jinslardan, shuningdek kalunitlardan olinadi.
T a r k i b i d a k a l i y boM gan m i n e r a l l a r q u y i d a g i l a r : K a r n a l l i t
KCI-MgCl-6H
20 , kainit KCl-MgS04-3H20 , shenit K2S 0 4 MgS04 6H20 ,
langbeynit K ,S 0
4-2M gS04, poligalit K2S 0 4- 2M g S 0 4' Ca S 0 4- 2 H ,0 ,
aulinit (K, N a
)2 S 0 4- AI2( S 0 4)3 • 4 A l(O H )3 nefelinli konsentrat
(K ,N a)20 Al
20 3-2Si02. Nefelinli konsentratdan uni kompleks qayta
ishlash asosida alum iniy oksidi, sement, soda va potash olinadi.
Karnalitli rudalardan ularning tarkibidagi magniyni ajratib olgandan
keyin magniy ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi bo‘lgan kaliy
xloridli elektrod — o ‘g‘it olinadi.
Kaliyli o ‘g ‘itlar konsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kaliy —
xloridli — elektrolit, kaliy magneziya, kaliy — magniyli konsentratlar)
va xomashyo tuzlari (silvinit,kainit)ga boMinadi.
Kaliy xlorid
(KCI) umumiy ishlab chiqariladigan kaliyli o ‘g‘it-
larning 80—90% ini tashkil qiladi. Uning tarkibida 53,7—60,0% K20
bo'ladi, namligi 1% dan oshmaydi. U sochiluvchan, qizg‘ish yoki
oqish rangli kulrang mavjli kristall inodda.
Kaliy xlorid ikki xil uslubda: flotatsion va galurgin usuli bilan
ishlab chiqariladi.
Flotatsion uslubda olganda silvinitli rudalardan olinadi. Uning
mohiyati loyqa shlak hosil bo'lib, undan
KCI va NaCl larni bir-
biridan ajratib olishdan iborat. Minerallarni flotatsion ajratish (silvinit
KCI va NaCl) ularning yuzasini suv bilan h o ‘llanish qobiliyatini har
xilligiga asoslangan.
Oldindan m aydalangan rudani solib yoki suvli eritmaga yog‘li
aminlarni qo'shib aralashtiriladi va pulpa orqali mayda pufakchalar
tarzida purkab havo o'tkaziladi. Bunda silvinit mineralining gidrofob
zarrachalari havo pufakchalariga yopishib oladi va pulpaning vuzasiga
ko‘pik tarzida chiqadi. Ko‘pikli mahsulot KCI ning konsentrati hisob-
lanadi, u sentrifugada suvsizlantiriladi va quritish uchun yo‘naltiriladi.
Galit m ineralining gidrofil zarrachalari flotatsion mashinaning
tubida yig‘iladi va chiqarish teshigi orqali chiqariladi.
Kaliy xloridning silvinitdan galurgik uslubda ishlab chiqarilishi
NCI va NaCl ning suvda eruvchanligini farqlanadigan ekanligiga
asoslangan.
Erish 90— 100°C da am alga oshirilib, keyinchalik e ritm a n i
20—25°C gacha sovitiladi. Har ikkala tuzlarning to'yingan eritmalari
h aroratni 20—25°C d a n 90— 100°C g ac h a oshirilganda KC1 n in g
miqdori ikki m arta oshadi, NaCl niki esa kamayadi. Bunday eritmani
sovitilganda KC1 kristall holga keladi, N a C l esa eritmada qoladi.
Tuzlar eritmasining bu xossalari m uayyan uslubda kaliy xlorid
ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini t a ’m inlashda asos sifatida
foydalaniladi.
Mayda kristall kaliy xlorid mayda donali flotatsid va galurgik
uslubda saqlash jarayonida yopishadi, ayniqsa uning zarrachasini
kattaligi 0,15 m in b o ‘lganda shunday bo'ladi. Bu kamchilikning oldini
olish uchun uning zarrachalari (granulalari) ni katta yangi
1 m m dan
3 mm yetkazilib granullanadi. Kaliy xloridning yopishqoqliligi unga
aminlarni q o ‘shganda ancha kamayadi.
Kaliy sulfat
( K
2S 0 4) — oq rangli mayda kristall kukun (sarg'ish
jiloli bo'lishiga ham yo'l qo'yiladi), namligi 1,2% bo'ladi. Tarkibida
4 6 —50% K , 0 b o 'l a d i , yopishish x u s u s iy a ti k u c h siz , z a v o d d a n
xaltalarga solib yoki t o 'g 'r i d a n - t o 'g 'r i tra n s p o rt vositasiga solib
tashiladi. Shenitni langbcynitga konversiyalab bunda KC1 q o 'sh ish
yo'li bilan olinadi, u magniy sulfat bilan t a ’sirlashadi, bu esa M g C l
2
ajralib chiqishiga va o ‘g‘it tarkibida q o 's h im c h a kaliy sulfat hosil
bo'lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |