Xlor kaliyli-elektrolit
(chiqindili KC1) sarg'ish jiloli kuchli changga
aylanuvchi mayda kristall kukun hisoblanadi K 20 miqdori 31,6—45,5%
bo'ladi, yopishmaydi (namligi 4% dan ortm aydi), tashishda q o g 'o z
xaltachalarga solinadi yoki shundayicha tashiladi.
Kaliy magneziya
( K
2S 0 4 M g S 0 4). Kulrang va qizg'ish jiloli kuchli
changlanadigan kukun yoki aniq shaklga ega bo'Imagan kulrang-qizg'ish
granulalar tarzida ishlab chiqariladi.
Tarkibida 29% K , 0 va 9% MgO bo'ladi; namligi 5% dan ziyod
ernas, yopishmaydi, shundayligicha tra n sp o rt vositasiga solib yoki
qog'oz xaltalarga solib tashiladi. Kaliy sulfat kabi xlorga nisbatan
o ‘ta sezgir bo'lgan ekinlar uchun qo ilanilad i.
Kaliyli magnezial konsentrat
kulrang rangli granulalar tarzida ishlab
chiqariladi, namligi 1,5—7%. Tarkibida 18,5% K 20 va 9% MgO bo'ladi.
Tashilganda shundayligicha trasport vositasiga solib tashiladi, chu n ki
yopishmaydi. Xlorga nisbatan sezgirlikni n a m o y o n qiladigan ekinlar
uchun ishlatiladi.
40% li kaliyli tuz
(KCl+NaCl) — qizg'ish jiloli kristall aralash
kulrang kristall kukun hisoblanadi, u kaliy xloridning yanchilgan silvinit
(35% gacha N aC l) bilan aralashmasidir, namligi 2% dan oshmaydi.
Tarkibida 40% K , 0 bo'ladi, yopishqoq, idishsiz tashiladi. Natriyga
nisbatan talabchan bo'lgan ekinlar (qand lavlagisi va iidiz mevalilar)
uchun ishlatiladi.
KC1 va kainit aralashmasi 30% li kaliyli tuz hosil qiladi.
Tabiiy kainit
( N a C l c h iq iu d il i KC1 M g S 0 4' 3 H , 0 ) — q i z g ' i s h —
q o 'n g 'ir rangli yirik g r a n u la la r b o ‘lib, n am ligi
5%
dan o s h m a y d i.
K20
n ing m iq d ori— 10%, y o p is h m a y d i, transport vositasid a to 'g 'r id a n -to 'g 'ri
tashiladi.
Sem ent changi
— sement sanoatining chiqindisi xlorsiz kaliyli
o'g'it hisoblanadi. K,C) ning miqdori 10— 15%, granullangan shaklda
ishlab chiqariladi, q o g 'o z xaltachalarga solinadi. Kaliy karbonat,
bikarbonat, sulfat tuzlari tarzida, kam m iqdorda silikatlar tarzida
ham bo'ladi.
Sem en t c h a n g id a gips, kalsiy oksidi, bir yarim oksidlar va
mikroelementlar aralashmasi ham bo'ladi. Asosiy o'g'it sifatida ishlatila
di, ayniqsa nordon tuproqlarda xlorofob ekinlar uchun yaxshi samara
beradi.
Potash
(kaliy karbonat K
2C 0 3) — ishqoriy kaliyli o 'g 'it, nordon
tu p ro q la r u c h u n j u d a q im m a tli h iso b la n a d i. Kalsiylashtirilgan
potashda K ,0 ning miqdori 63—66,7% bo'lishi kerak. Kalsiylashtirish
gigroskopiklikni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Potash
va kaliy b ik o rb a n a t ( K H C 0 3) o 'tin va so m o n y on g a n d a hosil
bo'ladigan o 'c h o q kulida ham bo'ladi. Kulda biroz fosfatlar ham
uchraydi.
Kaliy bikarbonat 47% K20 ga ega bo'ladi.
Silvinit
(KCl NaCI) — maydalangan silvinitli jins, kristallarning
kattaligi 1—4 m m va namligi
20% dan oshiq bo'lmagan holatda
havorang kristallar mavjudligida rangi qizg'ish-qo'ng'ir bo'lib, tarkibida
12— 15% K ,0 va 75—80% NaCl bo'ladi. Kam miqdorda ishlatiladi,
idishsiz tashiladi, yopishqoq, natriyni sevuvchi ekinlar (qand lavlagisi,
ildizmevalilar) uchun ishlatiladi. Silvinitdagi kaliyning miqdori kam
bo'lganligi uch un uni konidan uzoq masofalarga tashib ishlatish
samarali bo'lmaydi.
Karnailit
(NaCl chiqindili KCl-MgCI
2-6H ,0) — maydalangan ruda
tarkibida 12—13 % K , 0 bo'ladi, gigroskopik, kuchli yopishqoq, hozirgi
kunda tashish qivin bo'lganligi uchun o'g'it sifatida deyarli ishlatil-
maydi.
Leagnit ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida xizmat qiladi.
Uning chiqindisi—elektrolit (KC1)—qimmatli o'g'it hisoblanadi.
Kaliyli o ‘g ‘itlar tarkibidagi xlor q a to r qishloq xo‘jalik ekinlariga
salbiy ta ’sir ko'rsatganligi sababli u n in g qaysi kaliyli o 'g ‘itlar tarkibida
qancha borligini bilisli lozim:
AICI
3 + 3H20 = A l(O H )3 + 3HC1
Bu reaksiyadan ko‘rinib turibdiki, tup roq ni nordonlashuvida faqat
H
gina qatnashib qolmay balki Al
+3 ham qatnashadi.
Kaliy kationlari tuproq tom onidan almashinuvli yutilib, q a tla m d a n
bir yoMa TSK dagi ionlarning o 'rn ini oluvchi (kompensatsiyalovchi)
miqdorga ekvivalent boshqa katio n lar (vodorod, aluminiy, kalsiy,
magniy, marganes va boshqalar) ni siqib chiqaradi, bu narsa tu p ro q
eritmasi reaksiyasida o ‘z aksini topadi va demak o'simlikning o ‘sish
sharoitiga t a ’sir etadi.
0 ‘z ta ’siriga k o ‘ra hamm a kaliyli o ‘g ‘itlar
fiziologik nordon hisoblanib: ularning suvli eritmalaridan o ‘sim liklar
kaliy kationlarini boshqa u bilan birga uchraydigan CI yoki S O
4"
anionlariga nisbatan jadal ravishda so 'rib oladi. Tuproqning singdirish
kompieksi bilan t a ’sirlanish kaliyli o ‘g ‘itlarning tuproq eritm a siga
nordonlashtiruvchi ta ’sirini ham n a m o y o n qiladi, bu narsa ayniqsa
(ohaklanmagan) nordon tuproqlarda jadal ravishda bo'ladi. M asalan,
rudalardagi 1 kg K20 ga to‘g‘ri keladigan xlorning miqdori (kg hisobida)
silvinitda 4,0—5,2, karnallitda 3,0—3,3, kaliyli tuzda 1,4— 1,9, kaliy
xloridda 0 ,9 — 1,0, kaliy sulfatda va kaliyli magnezial o ‘g 'i t l a r d a
0,02—0,1 ni tashkil qiladi.
K aliyli o ‘g ‘i t l a r n i t u p r o q b ila n
o ‘z a r o t a ’s ir i
Kaliyli o'g'itlar suvda yaxshi eriydi. Lekin ularni tuproqqa solingan-
da kaliy ioni tuproqning kolloid zarrachalari bilan fizik-kimyoviy
(almashinuvli) va almashinuvsiz yutilishida uchraydi. Kaliyning t u p ro q
bilan a lm a s h in u v s iz t a ’sirlanish i (fik satsiy a si) t u p r o q q a o ‘g ‘ it
solingandan keyin bir kecha-kunduzda nihoyasiga yetadi va d e m a k
uning samarasi vaqtga ya’ni, o'simlikni ekishdan oldinmi yoki keyinm i
ekanligiga bog'liq boMmaydi.
Tuproq tomonidan kaliy ionlarini almashinuvli yutilishi u m u m iy
yutilishning ancha (1/4 dan kam bo'lrnagan) qismini tashkil qiladi.
K f kationining tuproq to m o n id an fizik-kim yoviy (alm a s h in u v li)
yutilishi qaytar jarayon hisoblanadi:
T S K
/ / +
K +
H +
H +
Ca+1
K + K +
Mg
f2
M g+1
Al + 3
+9K C 1 <-> T S K
Mg
+2
K + K + K +
K + K +
/ / +
H +
Ca+2
c , +2
H y
H +
H +
K +
+ 2 H C I + C a C I 2 + M g C I 2 +A1C13
Tuproq eritmasidagi almashinuvli reaksiyalar natijasida qoMlanila-
digan o ‘g‘itlarning xiliga qarab (xlorid yoki sulfat) xlorid yoki sulfat
kislota hosil bo'ladi.
Bundan tashqari, tuproq eritmasining qo‘shimcha tarzda nordon-
lashuvi aluminiy xloridi tufayli hosil bo'ladigan xlorid kislota evaziga
sodir bo ‘ladi. Shuning u c h u n nordon chim—podzol tuproqlarda kaliyli
o ‘g‘itlarning samaradorligi pasayadi. Lekin tuproq eritmasiga kaliyli
o ‘g‘itlarning ko'rsatadigan nordonlashtiruvchi ta’siri ammoniy — nitratli
va ammoniyli o ‘g ‘itlarning shu xildagi ta’siridan ancha past bo ‘ladi.
Yengil tuproqlarda kaliyli o ‘g‘itlarning nordonlashtiruvchi ta ’siri
ancha kuchli namoyon b o ‘ladi.
Har xil tuproqlarda o ‘g ‘itdagi kaliyning almashinuvsiz yutilishi
(fiksatsiya) solingan m iqdordan ancha yirik k o ‘rsatkichlarga (80%
gacha) yetishi mumkin. V.U. Pchyolkin m a ’lumotlariga ko‘ra mineral
tarkibiga va kaliyli o ‘g ‘itlarning solinishi m e ’yoriga qarab tuproqlarda
kaliyning fiksatsiyasi 14% dan 82% gacha ko‘rsatgichga ega b o ‘lishi
mumkin. 40K izotopini q o ‘llash yo‘li bilan qum oq va og'ir qumoq
chim -podzol tuproqlarda olib borilgan tajribalardan m a ’lum bo ‘ldiki,
o ‘simliklar tom onidan vegetatsiyasining oxirida o 'g 'it sifatida solingan
kaliyning o ‘zaro mos holda 63 va 70% o ‘zlashtirilmay qolar ekan,
ulardan
1/6 va 1/8 qismi harakatchan shakldagi miqdorni tashkil qiladi.
Fiksatsiyalangan kaliy kationlari o ‘simliklar tom onidan k a m r o q
o'zlashtiriladi, b a ’zi hollarda fiksatsiya o'simliklar oziqlanishida salbiy
aham iyatga ega bo'ladi. Kaliyning alm ashinm ovchi yutilishi u c h
qatlamli shishuvchan panjarali m ontm orillonit guruhi va gidrosludalar
guruhi jinslariga xos bo'ladi. Ayniqsa kaliy kationlarini v e rm u k u lit
kuchli ravishda yutadi. Ikki qatlamli panjarali koalinit guruhi m in e r a l-
lari, odatda, fiksatsiyalash qobiliyatiga ega bo'lmaydi. Shuning u c h u n
kaliyning tuproqlar tomonidan k o 'lam i ularning mineral tark ibig a
bog'liq. Tuproqda montmorillonit va gidrosludalar guruhi m inerallari
qancha ko‘p b o ‘lsa, ularda kaliyning fiksatsiyalanishi shuncha kuchli
namoyon bo'ladi.
Yengil tuproqlarda (qum va q u m o q ) o ‘rta va ayniqsa og‘ir q u n i o q
tuproqlarga nisbatan, odatda, kaliy kam fiksatsiyalanadi. Fiksatsiy a-
lanish mexanizmini quyidagicha tushintirish mumkin: kationlar p a k e t
oraliq makoniga o 'tib oladi, b u n d a ular eng yirik kattalikda (sh ish gan
liolatda) bo'ladi va tetraedrik qatlam larn ing kislorod atomlari t o ‘rida
g e k s o g a n a l b o 's h l i q l a r n i e g a lla y d i h a m d a h a r ik kala m a n f i y
zaryadlangan kislorod qatlamini o ‘ziga tortadi, natijada berk m a k o n g a
kirib qoladi.
Shu yo‘sinda radiusi 0,130—0,165 n m ( N H 4+, Rb+2, Cs+2) b o 'lg a n
kationlar so'riladi. Kaliy shular jumlasiga kiradi ( K + radiusi 0,133
nm ). T u p r o q n in g qurishi va a y n iq s a na m ligining qurishi ( d a l a
s h a ro itla rid a tez uchraydigan h o l a t ) , kaliyning fik s a tsiy a la n ish
jarayonini ancha kuchaytirishi m u m k in , vaholangki, bu jarayon n a m
tuproqda sodir bo'ladi. Shuning u ch u n kaliyli o'g'itlarni yuqori qurib
ketadigan qatlamga emas, balki haydaladigan qatlamning tubiga solish
zamr.
Yirik kristall yoki granullashgan kaliyli o'g'itlarni solganda kaliyning
| tuproq to m o n id a n almashinmovchi yutilishi kamayadi ( ta x m in a n
! 20—30% ga), chunki mayda kristall xiliga qaraganda ularning t u p r o q
bilan kontakti kamroq bo'ladi. Shu narsa isbotlanganki, kaliyli o 'g 'itn in g
shakllari tuproq tomonidan ulardagi kaliyning fiksatsiyalanishiga t a ’sir
ko'rsatmas ekan.
1
Kaliyli o 'g 'itla rn i osliib b o ru v ch i m e ’yorda solinishi t u p r o q
tomonidan fiksatsiyalanadigan kaliy absolut miqdorini oshiradi, nisbiy-
solingan miqdorga nisbatan foiz m iqdorini esa kamaytiradi. Y u q o rid a
qayd q ilin g a n id e k b a ’zi tu p r o q l a r kaliyga n isbatan j u d a k a t t a
flksatsiyalovchi qobiliyatga ega bo'ladi. V.U. Pchyolkin m a’lumotlariga
ko'ra, kuchsiz ishqorlangan qoratuproq (Sumsk tajriba stansiyasi)da
15 - Agrokim yo
225
liar gektarga 30 t K 20 solganda har 100 gramm tuproq 144 mg K 20 ni
fíksatsiyalagan.
Kaliyli o'g'itlarning tuproqning yutilish kompleksi bilan ta ’sirlanishi
tuproq qatlami bo‘ylab kaliyning migratsiyasi ancha sustligidan dalolat
beradi, bu qoidadan q um va qumoq tuproqlar mustasno. Odatda,
o ‘rta va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda o ‘g‘it tarkibidagi kaliy—
4 0 —60 sm qatlamdan pastki qismga ishqorlanmaydi, ya’ni amaliy
jihatdan o ‘simlik ildizi joylashgan qatlamda va almashinuvli tuproq
!
qatlamida qoladi hamda o'simlik tomonidan o'zlashtiriladi. Lizimetrik
ta jrib a la r m a ’lu m o tla rig a k o 'ra n o q o ratu p ro q z o n a n in g qum oq
tuproqlardagi bir yilda K , 0 ning yuvilishi har gektar yerga 0,4—7 kg
ni tashkil qilsa, qum tuproqlarda bu miqdor 12 kg gacha ko'payishi
m umkin. Kaliyning a n cha miqdorda yo‘qolishi (bir yilda 1 gektar
yerga nisbatan 40 kg gacha) qizil tuproqlarda kuzatiladi.
Kaliyning migratsiyasi ni sustligini inobatga olib, kaliy o'g'itini
tuproqning eng yuqori qatlamiga solish kerak enias, chunki ildiz tizirni
namlikka intilib chuqurroq qatlamga qarab cho'zila boradi. Demak,
shu xil tuproqning 1 gektari 4320 kg K20 yutishi mumkin. Tuproqning
shu tarzda kaliyga t o ‘yinishini hisoblamoqchi bo'lsak, agar o'simlik
tomonidan o'zlashtiradigan kaliyning o'g'itdagi miqdorini faqat 50%
1
bo'lishini e’tiborga olinsa, yuz yillar kerak bo'ladi. Shunday ma’lumotlar
;
borki, tuproq pH ni kamaytirilishi tuproq tomonidan o ‘g‘it tarkibidagi
kaliyning fiksatsiyalanishini kamaytiradi, ohaklanganda esa oshiradi.
Bunda agar tuproqning kalsiyga to'yinishi ohaklantirilganda 80%
dan oshmasa, unda kaliyning ohaklantirish tufayli yuzaga chiqadigan
\
harakati kuchayadi, agar 80% dan oshiq bo'lsa unda kamayadi.
I
Chirindiga boy tuproqlarda tuproq tom on idan fiksatsiyalangan j
kaliyning ajralishi natijasida kolloidning yuza qismida chirindi mod-
daning qalin po'sti hosil bo'ladi, u minerallarning mineral panjarasidan
siqib chiqarilishiga t o ‘sqinlik qilishi natijasida qiyinlashadi.
Uzoq vaqt surunkasiga kaliyli o‘g‘itlar solinganda va uning ijobiy
muvozanati (ya’ni tuproqqa o ‘g‘it tarzida solingan kaliyning miqdori hosil
bilan tuproqdan chiqadigan miqdordan ko'p bo'lishi) da tuproqda kaliyning ,
harakatchan shakldagi, shuningdek uning almashinmovchi kislotada eruvchi
shaklidagi miqdorlari oshadi. Bunda almashinuvchi kaliyning miqdorini
suvda eruvchi kaliyga nisbatan oshishi ancha jadallashadi.
Kaliyning almashinadigan holatga o'tishi yuqorida qayd qilingani-
dek, ko'p sabablarga bog'liq va ancha kattaliklarga ega bo'ladi. T u p
roqda yuz beradigan kaliyning har xil birikmalari o'rtasidagi o'zaro
ta ’sirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin: kristall panjara kaliyi;
almashinmovchi kaliy; almashinuvchi kaliy;tuproq eritmasining kaliyisi.
Xulosa qilib aytganda o‘simlikIar tuproqning h am m a shakldagi
kaliydan foydalanishi mumkin, lekin ularning miqdorlari h arxil bo'ladi.
Angliyaning qumoq tuprog‘ida 101 yil davomida o'tkazilgan tajriba
natijasida m a ’lum b o idiki, o‘simliklar hosilli bilan kaliyning a lm a sh i-
nuvli shaklidagi miqdoriga nisbatan 3—4 m arta ko'proq m iq d o rin i
oigan. Bu m a 'lu m o tla r , sh u n in g d e k b o s h q a tajribalar n a ti ja l a r i
o'simliklar to m onidan yutilgan kaliyning almashinmovchi shakldagi
xillaridan foydalinishini isbotladi. Q ator tadqiqotchilar fikricha qishloq
xo‘jalik ekinlarini ekish jadalligi kaliyning tuproq tomonidan fiksatsiyasi
ko'rsatkichiga o ‘z ta ’sirini ko'rsatadi. Buni ustiga qurib q o lad iga n
qatlamda kaliyning yuqori miqdorda fiksatsiyasi sodir bo'ladi. H a m m a
yopishqoq tuproqlarda kaliyli o ‘g ‘itlarni shudgorlab oldidan solish kerak
va faqat yengil (qum va qumoq) tuproqlarda yetarli namlanadigan va
namligi oshiqcha bo'lgan hududlarda kaliyni bahorda solinadi.
Kaliyli o ‘g ‘itlarni uncha chuqurga solinmagani uchun ekin o ‘sib
turgan vaqtda solish mumkin. Oziqlantirish uchun solinishi ekishgacha
bir marta butun m e ’yorni solishdan k am roq bo'ladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga kaliyli o ‘g ‘itlarni
qo'llash
Kaliyli o 'g 'itlarn i tuproqlarning m exanik tarkibiga va ulard ag i
kaliyning harakatchan shakldagi miqdoriga, namligini e ’tiborga olib
hamda rejalashtiriladigan hosil va uning sifatini hisobga oigan h old a
solinadi. Kaliyli o'g'itlarni qum, qum oq chim li-podzol, torf-botqoqlik
va qayir tuproqlarda qo'llash yaxshi sam ara beradi.
Kaliyning ahamiyati O'rta Osiyoning eskidan haydalib kelayotgan
yerlarida, jadal ravishda ekib kelinayotgan m aydonlarda oshadi.
Kaliyli o'g'itlarning kuchsiz t a ’siri yoki uning yo'qligini t a ’siri
ko'p hollarda tipik, oddiy, jan ub iy q o ra tuproqlarda, ta q ir s im o n
kulrang-qo'ng'ir tuproqlarda va qoratuproqlarda uchraydi. S h o 'r x o k
tuproqlarda kaliyli o'g'itlar tuproqning sho'rligini oshiradi va b u n in g
natijasida hatto hosildorlikni kamaytirishi m umkin.
K20 miqdori 100 g tuproq evaziga 20 mg dan oshgandan keyin
g 'a lla s im o n la r n in g q o 's h im c h a hosili u n c h a o shm aydi ( q u m o q
tuproqlar) yoki keskin pasayadi (yengil mexanik tarkibli tu proq lar).
T.N. Kulakovskaya hisoblariga ko'ra almashinuvchi kaliyning 100 g
tuproqqa nisbatan 18—20 mg, b o ‘lisliini yengil mexanik tarkibli chim-
podzol tuproqlar uchun va 100 g tuproqqa 23—25 mg bo'lishini qumoq
tuproqlar uchun g'alla ekinlaridan kafolatli yuqori sifatli hosil olishda
optim al deb qabul qilsa b o i a d i . Kaliyli o 'g 'itla rning eng yuqori
samarasi, uni azotli va fosforli o'g'itlar bilan optimal nisbatdaligida
t a ’minlanadi.
Kaliyli o ‘g‘itlarning o ‘zinigina qo'llash faqat boshqa elementlar
bilan ta ’minlangan quritilgan torfli, torfli-botqoq tuproqlarda bo'ladi.
Loylanadigan tuproqlarda kaliyli o'g'itlarni (ba’zi ekinlarning qator
oralariga qisman solishdan tashqari) kuzda shudgor oldidan solish
maqsadga muvofiq b o ‘ladi. Tarkibida xlor bo'lgan kaliyli o'g'itlarni
kuzda solinganda xlor kuzgi-bahorgi namgarchilik natijasida tuproqning
ildiz atrofi qatlamidan yuvilib ketadi va xlorofob ekinlarga salbiy
t a ’sir ko'rsatmaydi. Agar kaliyli o'g'itlarni kuzda solib ulgirilmasa,
ularni bahordagi yerning qayta haydalishida solish lozim, lekin bu
holatda tarkibida xlor bo 'lgan o'g'itlar xlorga nisbatan sezgirlikni
namoyon qiluvchi ekinlarga nisbatan salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin.
Faqat qum va qum oq ham d a torfli-botqoqlik va qayir tuproqlariga
kaliyli o'g'itlarni bahorda solish kerak. Yengil tuproqlarda, ayniqsa
sug'oriladigan maydonlarda kaliyli o'g'itlarning bir qismini oziqlantirish
uchun solishga ajratib qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Kaliyga nisbatan kungaboqar, tamaki, sabzavotlar, qand lavlagisi,
kartoshka, mevali va silos ekinlari ancha yuqori darajadagi sezgirlikni
namoyon qiladi. Bu ekinlarga birinchi navbatda kaliyli o'g'it solish
lozim. Lekin tamaki, tok, mevalilar, sitrus ekinlar, qator sabzavotlar
(ayniqsa issiqxonada o'stirilganda), grechixa, kartoshka, zig'ir, dorivor
va efir moy ekinlar xlorsiz kaliyli o'g'itlardan foydalanishni talab qiladi,
chunki xloridlarning ta ’sirida hosilning sifati keskin pasayib ketadi (tamaki
bargida yonuvchanlik qobiliyati, zig'irda tola sifati susayadi, kartoshkada
kraxmalning miqdori kamayadi). Kaliyli o'g'itlarni kuzda solganda ko'p
ekinlar uchun xlorning salbiy ta ’siri yo'qoladi.
G'alla ekinlari, qand lavlagisi, ildizmevalari, oshxona qand lavlagisi
va ko'p yem-xashak ekinlari tarkibida xlor tutuvchi kaliyli o'g'itlarga
nisbatan salbiy reaksiyani namoyon qilmaydi, hatto hosildorlikni xlorsiz
kaliyli o'g'itlardan foydalanilgandagidan ancha oshiradi.
Qand lavlagisi va ozuqa ildizmevalilari uch un tarkibida natriy
bo'lgan kaliyli o 'g 'itlar m uhim ahamiyatga ega bo'ladi, ya’ni bu holda
hatto xomashyo tuzlarini yoki ularning KC1 bilan aralashmalaridan
ham foydalanish m um kin.
Xlorga nisbatan sezgir ekinlar u c h u n iloji boricha xlori kam b o i g a n
kaliyli o'g'itlarni tanlab olish maqsadga muvofiq. Masalan, kartosh k a
ekiniga kaliy xlorga nisbatan kaliy sulfat, kalimagneziya (shenit) yoki
kaliyli magneziyal konsentratni qo'llash maqsadga muvofiq. Kaliyli
tuz va hatto kainitni kartoshka ekiniga qo'llab bo'lmaydi, c h u n k i
ularning tarkibida xlorning miqdori k o 'p bo'ladi.
Ohaklangan (karbonat) tuproqlarda, ayniqsa zig'ir va karto sh k a
uchun o'simlik tomonidan o'zlashtirilish jarayonida kaliy h am da kalsiy
o 'rtasid a an to g o n iz m bo'lganligi tufayli kaliyli o 'g'itlarni y u q o r i
m e ’yorda solish talab qilinadi.
O'simliklar tomonidan kaliyning o'zlashtirilish koetfitsienti ek inning
turiga va tuproq-iqlim sharoitlariga bog'liq bo'lgan holda ancha k a tta
chegaradagi (12 dan 50% gacha) o'zgarishlarga duch keladi. O d a td a ,
birinchi yil kaliyli o'g'itlar tarkibidagi kaliyning o'zlashtirilishi 40%
gacha bo'lgan miqdorni tashkil qiladi.
Kaliyli o'g'itlardan foydalanishda ularning samaradorligini oshirishda:
— ulardan tabiiy zonalarga mos holda foydalanish;
— kaliynijadal ravishda o'zlashtiradigan ekinlar uchun foydalanish;
— azotli-fosforli o'g'itlar bilan birgalikda foydalanish;
— kerak bo'lganda ohaklash va keyin kaliyli o'g'itdan foydalanish;
— kaliyli o'g'itlarning xiliga qarab foydalanishga alohida e ’t ib o r
berish lozim.
M D H mamlakatlarida faoliyat ko'rsatayotgan tajriba o 't k a z i s h
muassasalaridan olingan ma'lumotlarga k o 'ra 1 s K 20 bo'lgan kaliyli
o'g'itlarni solish har gektar yerdan q o 's h im c h a ravishda g 'a ll a d a n
2—3 s, kartoshkadan 20—33 s, qand lavlagidan 35—40 s, p a x ta d a n
1—2 s, zig'ir tolasidan 1—1,5 s, yem -xashak uchun ekilgan o 't la r d a n
20—33 s, yaylov o'tlaridan 8—18 s hosil olish mumkinligini isbotlagan.
Sinov savollari
1. Turli tu proqlardagi yalpi k a liy m iq d o rin i bilasizm i?
2. Kaliyning o'sim liklar hayotidagi a ha m ¡ya ti q a n d a y ?
3. Tuproqda k a liy qanday shakUarda u ch ra yd i?
4. R espu blikam izda kaliyli o ‘g ‘it m u a m m o la rin i ha! etishning q a n d a y
y o 'lla rin i b ila siz?
5. Kaliy x lo rid qan day usullarda o lin a d i?
6. Tabiiy k a liy li tuzlar to'g'risida n im a la r b ila siz?
Dostları ilə paylaş: |