QONUNLAR IKKITA FUNKSIYANI BAJARADI VA ULAR QAYSILAR?
Qonunlar ikkita funksiyani bajaradi:
1. Tushuntirish;
2. Bashorat qilish.
Tushuntirish - ma’lumki fan biror bir hodisaning shunchaki mavjudligini, ro’y berishini e’tirof etmasdan, u qanday mavjud bo’lishi va ro’y berishini tushuntiradi, uning mohiyatini ham ochib beradi.
Bashorat qilish - bu funksiya emperik qonunlarning mavjudligini keltirib chiqarishda, bashorat qilishda namoyon bo’ladi. Masalan elektr nazariyasi asosida Maksvel elektromagnit to’lqin nazariyasini yaratishga muvaffaq bo’ldi.
INTUITSIYANING TURLARI.
Tadqiqotchilarning fikricha, intuitsiyaning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy intuitsiya deb, aqliy mushohada va boshqa sezgi obrazlariga bog‘liq bo‘lmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilg‘ab olish aqliy (intellektual) intuitsiya deyiladi (E. Gusseri). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik intuitsiya hisoblanadi (J. Mariten). Intuitsiya - subyektning obyekt bilan bevosita qo‘shilishib ketishi okibatidir (A.Bergson). Psixoanalizda intuitsiya ijodning ongsizlikdagi iîk tamoyili deb talqin etiladi (3.Freyd). SHarq falsafasida intuitsiyani “ilohiy ilhom” yoki “ilohiy zeh” deb atashgan (Ibn Sino). Intuitsiyani o ‘rganib, boshqarib ham bo‘lmaydi. U to‘satdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir.
NAMUNA VA MISOLNING FARQLARI.
N am una misoldan prinsipal ravishda farq qiladi. Misol borliqda o ‘z o ‘rniga ega ekanligini so‘zlasa, namuna esa kelgusida boMishi kerak b o ig a n jihat haqida gapiradi. Misol tasviriy tasdiqlanii qo‘llash uchun ishlatilsa, namunaga yo‘llanma bahoni qo‘llashga chaqirilgan.
HAQIQIY DALIL NIMA?
Dalil turlari voqeilikdagi narsa va xodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalami o'zida aks ettiradi. Umumiy dalilning bo‘lishi mumkin emas, dalil - konkret va aniqdir. Masalan, haqiqiy dalilda obyekt to‘g‘risida to‘la tavsif mujassamlangandir va tavsif haqiqatga zid kelmaydi, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan bo‘ladi. Yolg‘on dalil esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos.