Gegel g’oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari farqlanadi:
“Ayniyat” tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o’z-o’ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o’xshashlik munosabati.
Tafovut-avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. ”Tafovut”-har xillik, o’z-o’ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati.
NAMUNA VA MISOLNING FARQLARI.
N am una misoldan prinsipal ravishda farq qiladi. Misol borliqda o ‘z o ‘rniga ega ekanligini so‘zlasa, namuna esa kelgusida boMishi kerak b o ig a n jihat haqida gapiradi. Misol tasviriy tasdiqlanii qo‘llash uchun ishlatilsa, namunaga yo‘llanma bahoni qo‘llashga chaqirilgan.
5-bilet
TA’LIM VA TARBIYA TUSHUNCHASI HAQIDA MA’LUMOT BERING.
Ta’lim – o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon.
. Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yolida har tomonlama ostirish, uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir.
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI.
Bugungi kunda maktablarimizda ta‘limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi. Amaliy va tajriba shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ishlash, ekskursiyalar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi