1-bilet pedagogik ijodkorlik va uning o’ziga xos xususiyatlari


ZIDDIYAT VA UNING TURLARI



Yüklə 46,87 Kb.
səhifə6/14
tarix05.12.2023
ölçüsü46,87 Kb.
#174143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ILMIY TADQIQOT BILET SAVOLLARI

ZIDDIYAT VA UNING TURLARI.

Ziddiyat (arabchada “qarama-qarshilik”) degan ma’nolarni anglatadi. Ziddiyatlarning turlari:
1. Namoyon bo’lish shakliga ko’ra-ichki va tashqi ziddiyatlar;
2. Rivojlanishidagi roliga ko’ra-asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3. Vujudga kelish xususiyatiga ko’ra-zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar.

  1. DIALEKTIKANING ASOSIY QONUNLARI.

Dialektikaning asosiy qonunlari:
• Qarama-qarshilik qonuni;
Miqdor va sifat qonuni;
• Inkorni inkor qonuni.
Qarama-qarshilik deb narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga, bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarning o’zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o’rtadagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Odamlar ziddiyatlar kamroq bo’lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g’oyalari uyg’unlashgan, barqarorlik ustuvor bo’lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Miqdor - predmetning hajmi, o’lchovi, og’irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Sifat - narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo’lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlar birligini ifodalaydi.
Me’yor esa miqdor va sifatning birligi, o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Gegelning fikricha, ”Hamma narsa o’z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir”
Inkorni inkor qonuni - bu qonunning ikki muhim jihati mavjud: Eskining o’rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi (yangi eski bilan shunchaki almashinmaydi, balki eskining bag’rida vujudga kelib, undan foydalanib qaror topadi). Yangining eski bilan vorisiy bog’liqdir (yangiga o’tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi). Bu qonun dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan.

  1. DALIL NIMA?

D alil deb haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasiga aytiladi. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor: hayotiy bo‘lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar.bog‘lanishlar, o ‘zgarishlar, jarayonlarni o'zida ifoda etadi; haqiqatni isbotlovchi fikrlami to‘laqonligini, inkor etib bo‘lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi,barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil va mushohada qilinadi, Aslida esa dalil b o lish i yoki bo‘lmasligi mumkin. Sababi, shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi, ularni tasvirlash uchun dalilga murojat qilish shart emas. Ammo, ilmiy ijodda dalil zaruriy talab hisoblanadi, u fanning ajralmas qismidir, zero fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga suyanadi. Har bir ijod namunasi falsafaning kategoriyalari bo‘lmish - sabab va oqibat, imkoniyat va voqeilik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa bir butun xolda hamda qismlar orqali ulaming metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o ‘z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshiriiganda ijodda mustahkam o‘rinni egallaydi, ijod natijasi haqiqatga aylanadi.


  1. Yüklə 46,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin