Psixologiya fanlari doktori, professor E.G‘oziev esa, mazkur íushunchaning mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Tafakkur inson aqliy faoliyatining, aqliy zakovotining, ongli harakatining yuksak shakíi hisoblanadi. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi”. E.Z.Usmonovaning fikricha, tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon b o iib , dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida namoyon bo‘ladi, keyinchalik u “aqliy” xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi. Q.Shonazarov “tafakkur” tushunchasining quyidagi ta’riflar majmuini taklif etgan: tafakkur voqelikni inson tomonidan bevosita hissiy idrok qilib bo‘lmaydigan obyektiv xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari bilan ongli ravishda aks ettirilishini bildiradi; tafakkur biror tayyor yechimi yo‘q muammo paydo boMganda boshlanadi. Inson biror narsani bilish ehtiyoji paydo bo‘lganda fikrlay boshlaydi; tafakkur ongning voqelikni aniq, chuqur, to liq va bevosita umumlashtirib va bevosita aks ettirish (bilish)ga qaratilgan faoliyatidir; tafakkur bu inson miyasida predmet va hodisalaming o ‘z qonuniy aloqalari va munosabatlari bilan umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur yangilikni qidirish va ochishga sotsial jihatdan bog'liq, aloqador, analiz, sintez jarayonida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur individni bilvosita va umumlashgan holda aks ettirishga qaratilgan bilish jarayoni; tafakkur obyektiv voqelikning faol in’ikosi;
YOLG’ON DALIL NIMA?
Yolg‘on dalil esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali bo‘lib, ulami bir necha bor tekshirish, aniqlash talab etiladi. Yolg‘on dalillar inson tomonidan nojo‘ya ish va faoüyatlar jarayonida qo‘llaniladi. Ammo, yolg‘on dalillardan voz kechib bo‘lmaydi, ulam ing foydali tomonlarini olib, hayotga tatbiq etish lozim. Masalan, shunday voqea va narsalar bo‘ladiki, ular to‘g ‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to 'g ‘ri keladi, va'ni ikkala qarama-qarshi tomonlami moslashtirish, uyg‘unlashtirish uchun vaqtinchayolg‘on dalildan foydalanish mumkin.Bu bilan, albatta, yolg‘on dalillar ilmiy ijodning asosi ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak
4-bilet