1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   206
M.A.

Nazorat uchun savollar 
1.
Biznes-reja haqida tushuncha bering. 
2.
Biznes reja qanday tarkibiy bo‘limlardan iborat ? 
3.
Korxonaning marketing dasturi tarkibi nimalardan iborat ? 
4.
Marketing dasturi nima? 
5.
Biznes-rejaning marketing bo‘limi haqida tushuncha bering. 
VI bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, 
MARKETING NAZORATI 
6.1.Umumiy strategiya va marketing strategiyasi 
O‘tgan mavzulardan bizga ma’lum bo‘ldiki, «marketing» jamiyatda va korxona faoliyatida juda 
muhim. Endi esa korxona faoliyatiga marketingning ta’sirini o‘rganamiz. Buning uchun Dell 
kompyuterlarini misol qilib olamiz. 


Michel Dell – kollej yotoq xonasida kompyuter olib sotar edi. Dillerlarning ustamasi baland bo‘lib, 
mijoz xohlagan konfiguratsiyada kompyuter tayyor bo‘lmasdi. Dell esa gazeta orqali e’lon berib 
mijozlardan buyurtma qabul qilib olar va uni tezlik bilan UPS orqali yuborardi. Michel Dell 
kompyuterlari arzon edi. Mijoz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vositachisiz ishlardi. Buyurtmaga asosan 
ishlab chiqarish ham narxni pasaytirardi. Mijoz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash esa doimo u bilan 
aloqada bo‘lishni ta’minlardi. Agar muammo paydo bo‘lsa, darhol uni tuzatardi. Dell mijozining 
ishonchiga kirish uchun o‘z hisobidan mijozga kafolat berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi hamda 
ishchilarini, mijozlarni ruhtlantirish uchun doimo mashg‘ulot darslari o‘tkazardi. Albatta hammani 
birdek qanoatlantirish juda qiyin!!! 
Masalan, Dell “notebook”larining dizayni unchalik chiroyli bo‘lmagani uchun kompaniya foydasi 
keskin tushib ketdi. Lekin zukko marketologlar xatolarni o‘rganib, kamchiliklarni to‘g‘rilashdi, yana 
hammasi joyida edi. Sotish hajmi oshgach, Dell reklamaga ko‘proq pul tikdi. Uning marketing 
xizmati – Dell kompyuterlarini mijozlar uchun aynan ishlab chiqarilganligini targ‘ib qildi. 
Shuningdek, Dell hukumat va yirik kompaniyalar bilan uchrashib, o‘z kompyuterlarini taklif qildi. 
Super kompyuterlar (high power computers)ga talab tushdi. Darhol Dell ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstuktiv ishlari (ITTKI) uchun katta pul ajratdi, chunki mijozlar istagini bajarish kerak edi. Dell 
tashqi bozorga chiqishning kelajagi borligini ko‘rdi. Ko‘pchilik o‘z mahsulotini chetga eksport qilsa
Dell esa boshqa davlatlarda o‘z zavodlarini qurdi. Yiliga marketing uchun 80 mln. $ sarflab Dell 
kompyuterlarining samaraliligini targ‘ib qildi. Boshqa raqobatchilar Dellning mijozlar bilan to‘g‘ri 
ishlash mexanizmini ko‘chirishdi. Masalan, IBM o‘zining chakana sotuv bo‘limini ochdi. Lekin 
IBM dillerlari bundan xafa bo‘lishdi va IBM narx raqobatiga mag‘lub bo‘ldi. Chunki mijozga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish IBM marketing dasturiga juda teskari edi. Keyinchalik Dell mijozga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishning boshqa yo‘lini topdi, ya’ni internet orqali (www.dell.com) sotuvni 
yo‘lga qo‘ydi va oyiga 1,5 mln. $ foyda olardi. Online sotuv xarajatlarini keskin tushirdi. Sotish 
xarajatlarini kamaytirib, tannarxni arzonlashtirdi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Dell 
kompanyasining biznesi ayni damda juda muvaffaqiyatli. Lekin kompaniya kelajakda mijozlarni 
qanoatlantirish uchun izlanish olib bormasa, o‘z marketing strategiyasini o‘zgartirib bormasa 
bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Yuqorida biz Dell marketing menejerlarining kompaniya 
marketing strategiyasini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ba’zi bir qarorlarni ko‘rdik. 
Marketing qarorlarini qabul qilish oson emas va ba’zida marketing strategiyasini o‘zgartirishga 
to‘g‘ri keladi. Dell misolidan ko‘rinadiki, marketing qarorlari kompaniya muvaffaqiyati uchun juda 
muhim. Bugun tashkilotning yutuqlari uning faoliyati bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
iste’molchilarning talablari darajasi bilan belgilanadi. Shu bois firmaning uzoq istiqbolgacha 
bozordagi muvaffaqiyatini belgilovchi strategiyalari orasida marketing strategiyasi asosiy rol 
o‘ynaydi. Marketing strategiyasini shakllantira borib, yuqori rahbariyat bir qator o‘ta muhim 
omillarni hisobga oladi: 

tashkilotni boshqarishda marketingning o‘rnini; 

tashkilot rivojlanishining umumiy strategiyasini; 

bozordagi ahvoli va raqobat kurashlarining o‘ziga xos xu- 


susiyatlarini; 

talabning holati, uni rivojlantirish tendensiyalari va tashqi marketing muhitining boshqa 
omillarini; 

boshqaruv resurslari va firmaning o‘z imkoniyatlarini. 
Bu va boshqa omillar marketing strategiyasining turlari va mazmunini belgilaydi. 
O‘sishning dinamik (stabilligi)ligi va tashqi muhitning tashkilotga ta’sir darajasi boshqaruv 
konsepsiyalarini iste’molchilar talablariga yo‘naltirib, uning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bugun 
marketing firma faoliyatining hamma sohalariga yorib kirgan. Strategik boshqaruvda marketing 
biznesning falsafasi, firma strategiyalarini ishlab chiqish uchun axborotlar yig‘ish va ularga ishlov 
berish, shuningdek, firma strategiyalarini amalga oshirish vositalaridir. Marketing xizmati 
tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyasi firmaning umumiy strategiyasini realizatsiya 
qilish jarayoniga uning elementlaridan biri sifatida qo‘shiladi. 
Umumiy strategiya – bu uzoq muddatli istiqbolda tashkilot belgilangan asosiy maqsadlarga olib 
kelishi kerak bo‘lgan bosh yo‘nalishlarining oqibatlari va uning harakat tarzidir. Umumiy strategiya 
tashkilotning asosiy rivojlanish konsepsiyasida, strategik hududlardagi tadbirkorlik faoliyatining 
global maqsadlari va vazifalarida ifodalanadi. Bu alohida biznes yoki mahsulotni nima qilish 
kerakligi, tashkilot qanday qilib va qaysi yo‘nalishda rivojlanishi kerakligi, bozorda qanday o‘rin 
egallashi borasidagi qarorlardir. Umumiy strategiya tashkilotning yuqori darajasiga taalluqli, yuqori 
rahbarlar tomonidan ishlab chiqiladi va uning vazifalari hamda maqsadlarini amalga oshirish 
vositasi 
hisoblanadi. 
Marketing faoliyati – bu ancha past darajadagi faoliyat, shu bois firmaning marketing xizmatiga 
nisbatan umumiy strategiyasi uning yutuqlarga erishish vositasi hisoblanadi. Aytish mumkinki, 
marketing strategiyasini ishlab chiqish firmaning umumiy strategiyasidan boshlanadi. 
Umumiy strategiya – bu bozordagi shunday muomala tabiatiki, u tashkilotni uzoq muddatli 
istiqbolda turib, faoliyat yuritishini ta’minlashi kerak. Bu bozorning raqobatli muhitida xaridorlari 
barqaror bo‘ladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni bildiradi. Bu mahsulotlar 
birinchidan, xaridorlar uchun shunchalik qiziqarliki, unga pulini berishga tayyor, ikkinchidan, 
xaridorlarga boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan o‘xshash mahsulotlarga nisbatan 
qiziqarli. Umumiy strategiya ana shunday mahsulot ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi. Aynan u 
firmaga raqobat ustuvorligini ta’minlaydi. 
Strategik boshqaruv sohasidagi yetakchi nazariyachi va mutaxassislardan biri M.Porter tashkilotning 
raqobat ustuvorligini ta’minlovchi tabiati bozordagi strategiyasining uch turini ajaratadi: xarajatlarni 
minimallashtirishda yetakchilik, differensiatsiya va jamlanish. 
Xarajatlarda yetakchilik strategiyasi shu bilan bog‘liqki, bunda kompaniya ishlab chiqishda va o‘z 
mahsulotlarini realizatsiya qilishda eng kam xarajat qilishga erishadi. Natijada u mahsulotiga eng 
kam narx qo‘yib, bozorning katta qismi (ulushi)ni egallab olishi mumkin. Strategiyaning bunday 


turini realizatsiya qiladigan firmalar ishlab chiqarish, ta’minot va savdosini yaxshi tashkil qila olish 
texnologiyasi va injenerlik-konstruktorlik bazasi yaxshi bo‘lmog‘i zarur. Ushbu strategiyadagi 
marketing yuqori rivojlangan bo‘lishi shart emas. 
Defferensiatsiyalash (ixtisoslash) strategiyasi firmaning noyob xossaga ega mahsulot yaratishini, bu 
mahsulotlar xaridorlarga yoqishini va ular pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ushbu strategiya 
raqobatchilarnikiga o‘xshamagan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Strategiyaning bu 
turini realizatsiya qiluvchi firmalar ITTKI o‘tkazish uchun mahsulotni yaxshi dizayni, yuqori 
sifatini, marketingning rivojlangan tizimini ta’minlashlari lozim. 
Jamlanish strategiyasi diqqatni aniq iste’molchilar qiziqishiga qaratishni ko‘zda tutadi. Diqqatni bir 
joyga jamlab mahsulot yaratish yoki ma’lum guruh odamlarning noodatiy talablarini qondirish bilan 
bog‘liq yoki mahsulotga erishish imkonining o‘ziga xos tizimi yaratiladi. Ushbu turdagi strategiyani 
qo‘llab, firma bozorning ma’lum segmentini mahsulotning ma’lum turiga talabini sinchiklab 
ayniqlaydi, buning uchun esa jiddiy marketing kuchini taklif etadi. 
Biznesni rivojlantirish strategiyasi umumiy strategiya hisoblanadi (ba’zisli yoki etalonli). Ular 
bevosita obyekt sifatida tashkilotning potensialiga (ishlab chiqarish turlari, faoliyat tarmog‘i, 
biznesning yo‘nalishiga) ega. Qulaylik uchun ularning turli-tumanligini uchta asosiy turga 
birlashtirish mumkin: 

o‘sish strategiyalari; 

qisqartirish strategiyalari; 

aralash (kombinatsiyalangan) strategiya. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin