ta’lim berish va o‘rganish uchun sharoit yaratish;
tegishli sport turi uslubiyotini takomillashtirish;
axborot texnologiyalarini qo‘llay olish;
ta’lim jarayonini boshqarish;
o‘quvchilar bilimi va yutuqlarini obyektiv baholash;
o‘quvchilarda motivatsiya uyg‘otish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
o‘quvchini shaxs sifatida hurmat qilish va uning yutuqlarini tan olish;
pedagogika va psixologiyani bilish;
o‘z bilimini doimiy takomillashtirish va hokazo.
kasbiy etika va estetikaga rioya qilish;
madaniyatli bo‘lish;
umuminsoniy qadriyatlarga egalik;
mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish va hokazo.
Pedagog-o‘qituvchi, quyidagi umumiy qobiliyatlarni o‘z ichiga
qamrob olgan umumiy kerak, jumladan:ega bo‘lishlari
kelajakdagi kasbining mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga qiziqish ko‘rsatish;
o‘z faoliyatini tashkil etish, kasbiy vazifalarni yechish usullarini aniqlash, ularning samaradorligini va sifatini baholash;
noan’anaviy holatlarda tavakkalchilik (xavf-xatar)ni baholash va qarorlar qabul qilish;
kasbiy va shaxsiy rivojlanish hamda kasbga oid vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni izlash, tahlil qilish va baholashni amalga oshirish;
kasbga oid faoliyatni takomillashtirish uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
hamkasblar va ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlik qilish, kollektivda va jamoada ishlash;
o‘quvchilar faoliyatini qo‘llab, shaxsiy va kasbiy malakasini rivojlantirish vazifalarini mustaqil ravishda belgilash, mustaqil ta’lim olish bilan shug‘ullanish, ongli ravishda malaka oshirishishni rejalashtirish.