Kompetensiyalar – (1) tashkilot miqyosida qabul qilingan standart xulq-atvor; (2) menejerning tashkilot miqyosida qabul qilingan standartlarga muvofiq ish ko‘ra olish qobiliyati.
Kompetentlik (bilimdonlik) – (1) u yoki bu savolning javobidan xabardorlik; (2) ishda kerakli natijalarni qo‘lga kiritish yuzasidan zarur qarorlarni qabul qila olish qobiliyati.
Kompetensiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmuyi bo‘lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo‘lida xodimning o‘z faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi
muvaffaqiyatlarga erishayotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetensiyalarning mavjudligi odatda, shaxs xulq-atvorini o‘lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi (yaxshi shakllangan xulqiy malakalar).
muayyan shaxs Ko‘pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko‘proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o‘zgalar bilan til topisha bilish, o‘z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog‘lanadi. Umuman olganda, kompetensiya doirasida
tashkilot o‘rganilganda, insonning rivojlantirishi zarur bo‘lgan kuchli tomonlarini, sifatlarini yuzaga chiqarishda va ishni eng yaxshi, samarali bajarish mumkin bo‘lgan usullarini aniqlashda yordam bersa, miqyosida esa hamkasblarni o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojlarni
va berilgan maslahatlar natijasida to‘lmay qolgan “bo‘shliq”larni to‘ldirishda foydalaniladi.
Mehnat bozorining o‘zgarib borishi, taraqqiyot jadallashuvi, axborot muhiti glabollashishi ta’sirida maktab bitiruvchisiga qo‘yilayotgan talablar murakkablashib boraveradi. Shu nuqtayi nazardan, zamonaviy maktab o‘z faoliyatini tashkil etishda nafaqat bugungi davr talablarini inobatga olishi, balki ta’lim oluvchilarni ertangi kun talablariga ham tayyorlashi zarur.
Albatta, XXI asrning ikkinchi yarmida hayot qanday kechishi, qanday bilimlar kerak bo‘lishini shiddat bilan rivojlanib, o‘zgarib borayotgan zamonda aniq prognoz qilish qiyin. Shu bois maktab ta’lim oluvchilariga bilim berish bilan birga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish, tez kirishuvchanlik xususiyatlarini shakllantirib, har qanday o‘zgarishlarga konstruktiv moslasha olish qobiliyatini rivojlantirib borish lozim.
Oldimizda turgan bu dolzarb vazifa mustaqil hayotiy pozitsiya, ijtimoiy faollik, yuksak aqliy va ma’naviy salohiyatni shakllantirishga qaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni hayotga yanada kengroq tatbiq etishni taqazo etadi.
Buning uchun oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan har bir pedagog-o‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi o‘ta muhim jarayondir.
“Kompetensiya” tushunchasi lotincha competere degan so‘zdan olingan bo‘lib, moskelmoqma’nosini beradi.
Kompetensiya – olingan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo‘llay olish layoqati.
Kompetentlik (lotincha “competens” – “layoqatli”, “qobiliyatli”) deganda shaxs bilim, ko‘nikma va tajribalarining ijtimoiy-professional mavqeyi va o‘ziga tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi hamda haqiqiy moslik darajasi tuShuniladi.