1-Mavzu: Kasbiy kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 256,27 Kb.
səhifə3/9
tarix12.05.2023
ölçüsü256,27 Kb.
#112208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu.

bilmasligim haqida, hech narsa bilmayman” darajasida turadi.
Balki, bu shaxs amaliyotda bunga ehtiyoj sezmayotgandir yoki bu bilim va malakaga ehtiyoji yo‘qdir. Shuning uchun bunday sharoitlarda u shaxsiy kompetentligiga bo‘lgan zaruriyatni his qilmaydi. Shu o‘rinda yana bir misol: ilk go‘daklik chog‘larida bola yengil mashinada bir yerdan boshqa yerga borishni sayohat omili deb biladi, ammo bu holatda u o‘zining mashina boshqara olmasligini bilmaydi va shu tarzda o‘zining shaxsiy kompetentligini anglay olmaydi.

Anglanilgan kompetentsizlik bosqichi: Anglanilgan


kompetentsizlikda shaxs “bilmasligi” haqidagi bilimni kashf qiladi. Odatda bu jarayon biror-bir harakatni bajarish istagi yoki ehtiyoji tug‘ilishi oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich “Men bilmasligim haqida bilaman” deb nomlanadi. Masalan: mashina boshqarishni bilmaydigan o‘smir, biron-bir kishidan o‘zini biror yoqqa olib borishini iltimos qilishiga to‘g‘ri keladi va bunda o‘zining mashina boshqara olmaslik kompetenti haqida fikr-mulohaza yuritgan holda “o‘z ustida” qayg‘uradi.
Kompetentlikni anglanishi uchun shaxs biron-bir (rasmiy yoki norasmiy) o‘qishda tahsil olishi lozim. Bu bosqichda u, asosan, o‘qituvchining xatti-harakatlarini
o‘zlashtiradi (agar uning xotirasi bunga imkon bersa). Har lahzada
shaxs qilayotgan ishini anglaydi yoki “nima bilishi haqida biladi”. Masalan, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan va haydovchilik guvohnomasi olgan 18 yoshli yigit (haydovchi) yo‘lga chiqishdan oldin mashinani to‘g‘ri boshqarish haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va o‘ziga-o‘zi quyidagilarni pichirlaydi yoki xayolidan o‘tkazadi: “Hozir yon tomonni yoki orqani ko‘rsatuvchi oynalarga qarayman, oldimdan chiqqan jonli to‘siqqa signal beraman, borishim zarur bo‘lgan obyektni joylashishiga ko‘ra yoki harakat trayektoriyasi bo‘yicha o‘ngga-chapga burilaman va hokazo”.
Anglanmagan kompetenlikda shaxs o‘zidagi mavjud bilim va ko‘nikmalarni shu darajada ko‘p qo‘llaydi-ki, natijada bu odatiy holga aylanib qoladi. Endi bu shaxs har bir xatti-harakati davomida keyingi qadamni
o‘ylamasdan bosadigan bo‘ladi yoki harakatlar algoritmi anglanmagan tarzda amalga oshiriladi (yoki bo‘lmasa bu harakat ong ostida bajariladi). Oqibatda shu shaxs: “Men biladigan narsam haqida hech narsa bilmayman”, – degan yakuniy xulosaga kelishi mumkin. Tasavvur qiling, siz farzandingizga mashina boshqarishni o‘rgatayapsiz. Mashinani boshqarish davomida siz ma’lum darajadagi harakatlaringiz mohiyatini tahlil qilmaysiz, sababi, bular sizning “qoningiz va jismingizga” singib ketgan bo‘ladi.
Demak, yuqoridagi to‘rt bosqichli nazariyada ilgari surilgan g‘oyaga asoslanadigan bo‘lsak, kompetentlik – ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun, ya’ni muayyan kishilar
(guruhlar) malakasini oshirish va ish(o‘qish)-faoliyatini yaxshilashda xuddi indikator sifatida xizmat qiladi.
N.A. Muslimov (2014) kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashning samarali zamonaviy o‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish masalasi yuzasidan keng qamrovli tadqiqotlarni olib borar ekan, o‘z navbatida, kompetentlikni yettita turga bo‘lib o‘rganadi. Olimning fikricha:


Yüklə 256,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin