Zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat
Kompetensiya berilmoqda. – xodimning kompaniya kutayotgan
darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi. Bugungi kunda Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
“Kompetensiya” tushunchasi, kompetensiya nuqtayi nazaridanyondoshuv, kompetensiya egasi, bu atamalarning mazmuni haqida to‘xtalish uchun, eng avvalo, asrlar davomida shakllangan bu boradagi milliy an’ana va qadriyatlarga e’tibor qaratamiz.
“Kompetensiya” tushunchasini izohlar ekanmiz, bu atamaning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratamiz.
Kompetensiya lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “munosib”, “to‘g‘ri keladi” yoki “mos keladi” ma’nolarini anglatadi. O‘z bilim, mahorat va amaliy tajribalarni qo‘llagan holda oddiy va murakkab masalalarni yecha olishga munosib inson deb tushunsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda “kasbiy kompetenlik” atamasi qo‘llaniladi. Bu so‘zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o‘z amaliy tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati deb tushunsa bo‘ladi.