2-rasm. Autopsixologik kompetensiya mezonlari
Pedagogning kompetentligi pedagogik qobiliyatning shakllanganiga bog‘liq bo‘ladi va qobiliyat, malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik asos bo‘lishi ham zarur.
Demak, kompetentlik o‘qituvchilarining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy texnologik salohiyati, ya’ni uning kasbiy imkoniyatlari salohiyatini ifodalaydi. Mazkur salohiyatni ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular tomonidan tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning holati va samaradorligi orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. O‘qituvchilar pedagogik jarayonlar tashkil etish va uni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanish, kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish, ixtiyoriy vaziyatlarda o‘z-o‘zini nazorat qila olish, Shuningdek, ta’lim muassasasida hukm suruvchi tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga olgan holda faoliyat olib borish, turli xil masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga asoslanish zarur
bo‘lib, bular pedagoglarning kasbiy kompetentligini ifodalaydi.
bosqichlarda
Pedagog-o‘qituvchilar kasbiy kompetentlikka quyidagi erishishi mumkin:
pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish;
maxsus fanlar, ularni o‘qitish metodikasini chuqur bilish;
o‘z kasbiga qiziqish, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish;
o‘z ustida mustaqil ishlash, shaxsiy malakasini muntazam oshirib borish;
o‘z-o‘ziga talabchanlik, mas’uliyatni teran his etish;
pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilar jamoasini faolligini oshirish, jamoani birlashtirish, yosh sportchilar orasida shaxslararo munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olish;
murakkab va muammoli vaziyatlarda talabalarni ruhlantirib borishi;
Pedagog-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi qaytar aloqani to‘g‘ri ta’minlay olish;
ta’limning sermahsul, interfaol va innovatsion metod va usullarini bilishi, mashg‘ulot jarayonida qo‘llay olishi.
Pedagog-o‘qituvchi o‘zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jarayonni muvoffaqiyatli tashkil etishi mumkin, degan xulosaga keldik. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, kamtarligi, ma’naviyati va madaniyati, ma’rifatliligi o‘quvchilari, bo‘lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi.
Shu yerda sharq mutafakkiri
Dostları ilə paylaş: |