1-Mavzu: Kasbiy kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 256,27 Kb.
səhifə6/9
tarix12.05.2023
ölçüsü256,27 Kb.
#112208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu.

Kompetentlik
aniq vaziyatda kompetentni namoyon qilish hisoblanadi. Kompetentlik tarkibiga mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish xususiyatlari ham kiradi. Demak, kompetensiyaviy yondashuv bilim, ko‘nikma va malakani inkor etmagan holda, egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi.

Kasbiy kompetensiya
– kasbiy faoliyatga oid masalalarni amaliy
tajriba, bilim va ko‘nikmaga tayanib muvaffaqiyatli hal eta olishga
qaratilgan faoliyat.


kompetensiya
Boshqacha qilib aytganda,
erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat.
– zarur (ko‘zlangan) natijaga

Tushuncha va tasavvurlar shaklidagi insonning bilish faoliyatining tuzilmasidan farqli o‘laroq, kompetensiya faoliyat jarayonida namoyan bo‘ladi va aniqlanadi Yana bir bor ta’kidlash joizki, “kompetentlik” va “kompetensiya” o‘zgaruvchan vaziyat va holatlarda barqaror natijaga erishishdir. Shuningdek, kompetensiya, bilimdan farqli, vaziyatga bog‘liq emas.
Ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarida amalga oshirilayotgan o‘zgartirishlar va yangiliklar asosida trener-o‘qituvchilarga belgilanayotgan


qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunib yotadigan hamda targ‘ibot qiladigan;

  • o‘z sport turini chuqur biladigan, pedagogik jarayonlarda o‘quvchilarning subyektivligini va faolligini oshirishga alohida ahamiyat qaratadigan;

  • o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan; pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, o‘quvchilar va o‘qituvchilar hamkorligini shakllantirish va muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlarda motivlashtirish, refleksiv faoliyat jarayonlarini tashkil etish asosida refleksiv ta’limiy muhitni shakllantirish yo‘nalishlarida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi shaxsini shakllantirishni taqozo etadi.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini barqaror rivojlantirishda o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligi, asosan, ularning pedagogik jarayonlari va ularni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi tushunchalari, bilimi, ko‘nikma va malakalari darajasiga hamda ularning shaxsiy xususiyatlari va kasbiy amaliyotga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlari, shuningdek, qobiliyatlari, mahorati va kasbiy tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki o‘qituvchi shaxsi pedagogik jarayonlarini tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini muvofiqlashtirishga boshqaruvchi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, pedagog-o‘qituvchi pedagogik jarayonlarni ham boshqaruvchisi, ham ishtirokchisi sifatida tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish zaruriyati bejiz belgilanmagan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari pedagogik jarayonlarini tashkil etish va uni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanish, kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish, ixtiyoriy vaziyatlarda o‘z-o‘zini nazorat qila olish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasida hukm suruvchi tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga olgan holda faoliyat olib borish, turli xil masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga asoslanish zarur bo‘lib, bular pedagog-o‘qituvchining kasbiy kompetentligini ifodalaydi. Kompetensiyani 4 turga bo‘lishi mumkin: kasbiy, shaxsiy, umummadaniy, maxsus (1-rasm).




    • insonparvarvarlik; bolalarni sevishi va mehribonlik; adolatli bo‘lish;

talabchanlik; bag‘rikenglik; mas’uliyatlilik va hokazo.



Yüklə 256,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin