1-Mavzu: Kasbiy kompetentlik fanining maqsadi va vazifalari


Kompetensiya – huquqshunoslik atamasi



Yüklə 256,27 Kb.
səhifə2/9
tarix12.05.2023
ölçüsü256,27 Kb.
#112208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu.

Kompetensiya – huquqshunoslik atamasi. Aniq organ yoki shaxsning vakolatiga kiradigan huquq va burchlari bo‘lib, davlat va jamoat tizimida mazkur insonning o‘rnini belgilaydi. Huquqshunoslik mazmuniga ko‘ra, kompetensiya quyidagi unsurlarni o‘z ichiga oladi: targ‘ib etiluvchi predmetlar (hududlar, hodisalar, harakatlar, ma’lum bir doirada yuritiladi), ma’lum organ va shaxsning o‘z faoliyati uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan huquq va burchlari, vakolatlari yig‘indisidir. Kompetensiya (ijtimoiy huquq). Bu aniq bir subyektning boshqaruv jarayonlari uchun qonun bilan belgilab qo‘yilgan vakolati bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy vazifa ana shu vakolat zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi.
Kompetensiya boshqaruv vakolati. Bu ma’lum bir kasbiy vazifalarni hal etishda mutaxassis (xodim)ning shaxsiy vokolati sanaladi.
Madaniyatlararo kompetensiya. Boshqa madaniyat namoyan- dalari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish qobiliyati.
Tashkilotning asosiy kompetensiyasi. Tashkilotning raqobatbar- doshligini ta’minlovchi omil bo‘lib, raqobat kurashida asosiy tayanch vositasi sanaladi.
Kompetensiya hududi. Shaxs yoki jamoaning bilim va mahorati yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini oliy va raqobatbardoshli doirasida amalga oshiradilar.
1983-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan ruscha-o‘zbekcha lug‘atda “компетентность” – “chuqur bilimga egalik”, “chuqur bilimga asoslanganlik”, “xabardorlik”, “omilkorlik” deb o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Компетентный” yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo‘lgan, vakolatli, masalani ko‘rib chiqishga haqli, ma’nolarida tarjima qilingan. “Kompetensiya” – biron-bir kishi xabardor bo‘lgan soha yoki masala, huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan 1981-yilda chop etilgan ikki tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kompetensiya” tushunchasi butunlay kiritilmagan. Umuman, mamlakatimizda har qanday sohaga, xususan, pedagogik faoliyatga kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshuv keyingi besh yil davomida qo‘llanila boshlandi.
O‘zbek tilining o‘ziga xos morfologik va semantik xususiyatlari nuqtayi nazaridan yondoshgan holda “kompetensiya” atama va tushunchalari 52+ o‘qituvchilari kompetensiyasi, ularning amaliyotdagi intilishi va qobiliyati hamda o‘z imkoniyatlarini muvaffaqiyatli, ijodiy faoliyat ko‘rsatishga, kasbiy va ijtimoiy sohada qo‘llashga hamda bu faoliyatni ijtimoiy ahamiyatini, uning natijalariga nisbatan shaxsiy mas’uliyatni his etishi, doimo uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi kabi fazilatlarni ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Kasbiy kompetentlik” fanining vazifalari:

  • kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik

shart-sharoitlarini tahlil qilish va aniqlashtirish;

    • talabalarda kasbiy kompetentlikni namoyon qilish kabi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

    • talabalarda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarini loyihalash va rejalashtirishga doir proyektiv, prognostik va kreativ kompetentlikni rivojlantirishdan iborat.


XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malaka talablarini qo‘yuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetensiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter kasb etadi.
“Ijtimoiy psixologiya” va “ijtimoiy pedagogika” fanlariga daxldor
so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha,
kompetentlik nazariyasi”, asosan, jarayonni, ya’ni
anglanmagan kompetentsizlikdan anglanmagan kompetentlikka o‘tish jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi. Biz buni batafsilroq tarzda psixologik nuqtayi nazardan bayon etadigan bo‘lsak quyidagicha tahlilning guvohi bo‘lamiz:

Anglanmagan kompetentsizlik bosqichi: Sohaning yetakchi mutaxassislari (S.Torp, J.Klifford, 2004)ni fikricha, anglanmagan kompetentsizlikda, shaxs hech narsani bilmaydi (yoki hech narsa qila olmaydi). Misol qilib aytganda, shaxs “Men hech narsa

Yüklə 256,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin