RIVOYAT VA UNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Rivoyatlar xalq og`zaki ijodidagi mustaqil, keng ommalashgan epik janrlardan biri. Ular, asosan, informativ vazifani ado etadi. Yani, u yoki bu voqea haqida xabar beradi va uni tasdiqlaydi. Kichik hajmli epik nasr namunasi bo`lgan rivoyatlarda voqelikni bayon qilish usuli retrospektivlikka asoslanadi. Retrospektivlik rivoyat janrining yetakchi xossalaridan biridir. Chunki rivoyatlarda tasvirlanayotgan voqelikning zamonaviy yo`nalishi o`tmishga qaratiladi.
Shu sababli rivoyatlar syujetida ko`pincha voqelikning o`tgan zamonda bo`lib o`tganligiga ishora qiluvchi «Qachonlardir», «Qadim zamonda», rivoyat qilishlaricha», «bobolarimizning aytishicha», «Qadimgi rivoyatlarga ko`ra» kabi ananaviy formulalar uchraydi. Folklorshunos K.Imomov bu haqda «Rivoyatlarda vaqt nisbatan konkretdir» deb yozsa, M.Jo`rayev «Rivoyat janri syujetining vaqt belgisi tarixiy etnografik aniq muddat ko`rsatkichi bilan ifodalanadi» deya qayd etadi. Xullas, rivoyatlarda tasvirlangan voqealar tarixan aniq vaqt doirasida kechadi.
Rivoyat syujeti tinglovchilar tomonidan chindan bo`lib o`tgan voqeaning talqini deb qaraladi. Rivoyatlar keng xalq ommasi tomonidan ijro etiladi. Professional aytuvchiga ega bo`lmaslik rivoyat janrining o`ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chunki rivoyatning asosiy vazifasi axborot berishdan iborat bo`lgani bois, rivoyat aytuvchidan muayyan epik bilim, tajriba, ijrochilik mahorati talab etmaydi.
Rivoyatlarning syujeti sodda, qurilishi oddiydir. Ular ko`pincha bir necha motiv yoki dialog asosiga qurilgan bo`ladi. Ularda badiiy tasvir vositalari juda kam uchraydi. Rivoyatlarda tasvirlangan personajlar hayotiyligi bilan xalq nasrining boshqa janrlaridagi obrazlar tizimidan ajralib turadi. Ularda g`ayrioddiy xususiyatlarga ega mifologik obrazlar uchramaydi.
Rivoyatlarda voqelik talqini tashqi epik pozisiyadan turib bayon qilinadi. Chunki uni aytuvchi rivoyatda bayon qilinayotgan voqelikning bevosita ishtirokchisi, guvohi yoki kuzatuvchisi emasdir.
Rivoyatlar badiiy shakli hamda vazifasiga ko`ra afsonalarga juda yaqin turadi. Lekin ularning har biri folklorning ikki mustaqil janri sifatida bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jumladan, ular voqelikni bayon etish shakliga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Afsonada voqelik xayoliy uydirma, fantastika, mifologik talqin asosida bayon etilsa, rivoyatda hayotiy uydirma, tarixiyetnografik aniqlik, reallik asosida hikoya qilinadi.
Rivoyatlar g`oyaviy-mavzuiy jihatdan rang-barang bo`lib, quyidagi guruhlarga bo`linadi:
a) toponimik rivoyatlar,
b) tarixiy rivoyatlar,