1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə13/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Folklor mavzular

SAVOL VA TOPSHRIQLAR:
1. Animizm va totemizm deganda nimani tushunasiz?
2. Qadimgi qahramonlik eposlaridan qaysilarini bilasiz?
3. Feodalizm davri o`zbek folklorida qaysi janrlar paydo bo`ldi va bu davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari nimalarda ko`rinadi?
4. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o`zbek folklori qaysi jihatlariga ko`ra alohida bosqichni tashkil etadi?
5. Sho`ro davri o`zbek folklori qay darajada rivoj topdi?
6. O`zbek folklorining yaxlit tizim sifatidagi mohiyati nimada?
7.Mif xalq og`zaki ijodining qaysi taraqqiyot bosqichida paydo bo`lgan?
8.Mifning afsonadan farqi nimada?
9.Mif tabiati haqida dunyo folklorshunoslari qanday fikr bildirishgan?
10.O`zbek mifologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti haqida nimalar bilasiz?
11.Qanday mifologik obrazlar yaratilgan va ular qanday badiiy talqin etiladi?
12. Afsona ertak va rivoyatdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
13.. Mifologik afsonalarning o`ziga xosligi nimada?
14.Tarixiy afsonaning alohida belgisi nimada ko`rinadi?
15.Rivoyatlarda voqelik qanday bayon etiladi? Retrospektivlik nima?

  1. Rivoyat bilan afsonaning o`xshashligi va farqi nimada?

  2. Naqlning asosiy belgilarini nimalar tashkil etadi?

  3. Naqllar shakl va mazmuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

19. Qaysi mashhur o`zbek naqllarini bilasiz?

3- MAVZU: Marosim folklori. Mavsumiy va oilaviy marosim folklori
va ularning badiiyati.
Reja:
1. Marosim folklori haqida ma’lumot
2. Marosim, bayram, an’ana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari.
3. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari
4. Marosim turlari:
a) Mavsumiy marosim;
b) Oilaviy-maishiy;
s) So`z magiyasiga asoslangan marosimlar
5. Bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiyati.
Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o`ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o`zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo`lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o`tadigan, o`z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo`shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma’naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an’anaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbir marosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar, o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning verbal qismi sanaladi.
O`zbeklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog`liq bo`lgan an’ana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo`lib qolmaydi, balki har bir xalqning o`ziga xosligi, betakrorligini ifodalovchi milliy mentalitetini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va territorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini belgilaydi.

Marosimlar biror sababsiz yoki asossiz yuzaga kelmaydi. Ular maxsus uyushtiriladi. Marosimlar etnografik mohiyat kasb etib, xalqning ijtimoiy-madaniy munosabatlarini o`zida aks ettirib turadi. Shu bilan birga ular xalqning qadimiy animistik, totemistik, fetishistik qarashlari hamda zardushtiylik va islomiy e’tiqodlari izlarini o`zida saqlab qolgan. Bu xususiyat hatto tirikchilikning asosiy vositasiga aylangan mehnatga munosabatni ifodalovchi qator an’analar va ularning verbal qismini tashkil etuvchi aytim-qo`shiqlarda ham o`z zuhurotini topgan. Shu xususiyatlari, qolaversa, o`tkazilish vaqti, o`rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko`ra o`zbek marosim folklorini uchta katta guruhga bo`lib o`rganish mumkin:



  1. Mavsumiy marosimlar folklori.

  2. Oilaviy – maishiy marosimlar folklori.

  3. So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin