1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo`lgan



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə12/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
Folklor mavzular

Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo`lgan:
1. Xalqning hayotiy tajribasi va dono falsafasi.
2. Mashhur hind xalq kitobi “Panchatantra” va uning tarjimalari, “Kalila va Dimna”, shuningdek, arablarning mashhur “Ming bir kecha” ertaklari.
3. O`zbek xalq ertak va maqollari.
Maishiy hayotdagi o`rnak bo`larli voqea-hodisalar, ibratli axloqiy tushunchalar naqllar uchun mavzu qilib belgilangan.
Naqllarda voqelik hayotiy va xayoliy uydirma vositasida tasvirlanadi. Ulardagi obrazlar umumlashma xarakter kasb etadi va yaxshilik hamda yomonlik timsoli sifatida o`zaro zidlikda keltiriladi. Shuning uchun naqllarda ramz va zid qo`yish san’ati yetakchi rol o`ynaydi.
Naqlning yechimi kutilmaganda, favqulodda sodir bo`ladi. Bunga sabab bo`ladigan voqea esa oldindan sezilmaydi. Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi:

  1. Sinkretik naqllar.

  2. Sof naqllar.

Sinkretik naqllar ertak, afsona, rivoyat, maqol, matal kabi folklor janrlarining bir-biriga ta’siri natijasida kelib chiqqan bo`lib, ularga xos an’anaviy xususiyatlarni o`ziga singdirib olgandir. Ularning hajmi yirik, syujet tuzilishi murakkab bo`ladi. Ularda an’anaviy obrazlar ko`pchilikni tashkil etadi. Syujet voqealari hayotiy uydirmaga asoslanadi.
Sinkretik naqllarda yaxshilik timsoli yomonlik timsoliga, ezgulik ramzi yovuzlik ramziga zid qo`-yilishi orqali ma’lum didaktik mohiyat ochib beriladi. “Egrivoy bilan To`g`rivoy”, “Ayyor bilan sodda” kabi naqllar bunga yorqin misol bo`la oladi. Bu naqllarning syujeti dialog (suhbat) asosiga qurilgan bo`lib, shu suhbat jarayonida qahramonlarning ma’naviy dunyosi ochila boradi va naql yakunida qissadan hissa chiqarilib, ideal g`oya lo`nda ifodalanadi.
Naqllarning ko`pchiligi ertak syujeti asosida yaratilganligi kuzatiladi. Biroq rivoyatlarning shakliy o`zgarishi tufayli yuzaga kelgan naqllar ham bor. Masalan, muchal yil nomlarining kelib chiqishi bilan bog`lab aytiluvchi naql aslida rivoyatdan o`sib chiqqan. Bu naqlda savlati va bo`yiga ishonib yil nomlanishidan quruq qolgan tuya obrazi, kichkina bo`lsa-da, dono sichqon obraziga zid qo`yilishi orqali syujet voqealariga ramziy ma’no, nasihatomuz fikr singdirilganligi kuzatiladi.
Ayrim naqllar ba’zi maqollar mazmunidan yuzaga kelgandir. Masalan, «Har kim qilsa – o`ziga” naqli aslida “Birovga choh qazisang, unga o`zing yiqilasan” yoki “Yoqma – pisharsan, qazima – tusharsan” kabi maqollarning mazmuni asosida yaratilganligini sezish qiyin emas. Bu maqollarda ham, naqlda ham yomonlik yaxshilik keltirmaydi, degan o`git ilgari suriladi.
Sof naqllar hayotiy voqealar, axloqiy tushunchalar asosida yaratiladi. “Ikki qarg`a”, “Kiyik bilan tulki”, “Odam bilan odam tirik” kabi naqllar sof naqllar sirasiga kiradi. Ularda naql ikkita bir-biriga qarshi tushunchalar- majoziy obrazlar xatti-harakati misolida aks ettiriladi. O`git yashirin holda ifodalanadi. Uni qissa oxirida chiqarilgan hissadan bilib olish mumkin bo`ladi. Sof naqllar syujeti qisqa, sodda bo`ladi. Ular mazmunan lo`ndaligi, majozga asoslanishi, ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Naqllarning ayrimlarida aniq tarixiy voqealar, shaxslar o`ziga xos syujetlarda aks ettiriladi. Masalan, “Olim bilan podsho”, “Jasur yigit va Ahmad Donish” kabi naqllar bunga misol bo`ladi.
Naqllarning ko`pchiligi sof badiiy to`qima asosidagi syujetga egadir. «Hunardan unar”, “Gavhari noyob”, “Usta bilan sher”, “qasd qilgan past bo`lur” kabi naqllarning syujeti sof badiiy to`qima asosiga qurilgan.
O`zbek folklorshunosligida naql janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari haqida to`liq tasavvur uyg`otuvchi monografik tadqiqot haligacha yaratilmagan. Shu bois ko`pincha naql janriga mansub asarlar yo ertak, yo masal deb yuritiladi. hatto janr atamasi ham aniqlashtirilmagan. Naqllarni to`plab, nashr etish ishi ham ko`ngildagiday emas.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin