1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


XIV BOB.  MASHINASOZLIKDA YIG‘ISH TEXNOLOGIK JARAYONLARI



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

XIV BOB. 
MASHINASOZLIKDA YIG‘ISH TEXNOLOGIK JARAYONLARI 
 
14.1. Asosiy tushunchalar 
 
Yig‘ish texnologik jarayoni deb, detallarning maqsadli ketma-ketlikda, 
mashinalarning vazifasiga ko‘ra mos ravishda birlashtirish operatsiyalarining 
yig‘indisiga aytiladi. 
Yig‘ish operatsiyasi deb, buyum ustidan bir yoki bir nechta ishchilar 
yordamida alohida ishchi joyda bajaruvchi yig‘uv texnologik jarayonining 
tugallangan qismidir. 
Yig‘ish aniqligi deb, mahsulotning tomonidan yig‘uv chizmada berilgan, 
o‘lchamlarining ko‘pchiligini mos ravishda tushishini ta’minlaydigan holatga 
tushuniladi. 
Mashinalarning yig‘ish jarayonlari buyumni yaratishda muhim o‘rinni 
egallaydi. Respublikamizda yig‘ish ishlari ham detallarga mexanik ishlov 
beriladigan zavodlarning o‘zida bajarib kelinmoqda. Bunday zavodlarga misol 
qilib Toshkent traktor, agregat va boshqa zavodlarni keltirish mumkin. 
Respublikada alohida yig‘uv zavodlari O‘zDeu, Asaka avtomobil zavodi, 
Samarqand Mashinasozlik va sovutkichlar zavodlari ham mavjud. Bu zavodlarda 
zamonaviy yig‘ish usullari bo‘lgan, mashinalarning oqimlar yordamida avtomat 
liniyalarda yig‘ish ishlari jarayonlari amalga oshirilmoqda. Alohida yig‘uv 
zavodlari uchun boshqa mexanik zavodlari buyumlarining alohida qismlarini 
o‘zaro hamkorlikda tayyorlab beradilar. Bunday yig‘uv jarayonining tashkil 
etishlar chet-el amaliyotida keng qo‘llaniladi. Masalan: “General-motors” firmasi 
ellikga yaqin yig‘uv zavodlariga ega. “Kraysler” esa 30 dan ortiq shunday 
zavodlarga ega. 
Yig‘ish jarayoni ishlab chiqarish jarayonini oxirgi etapi hisoblanadi. 
Yig‘ishning mehnat hajmi 25-35% foizni tashkil qiladi. Hajmi katta yig‘ish 
ishlarida rostlash ishlari uchun 40-50% foizni tashkil qiladi. Tayyor 


(
5
.
3
)
344 
mashinalarning sifati ularni yig‘ish texnologiyasiga bog‘liq. Yig‘ish texnologik 
jarayonini loyihalash uchun quyidagi dastlabki xujjatlar kerak bo‘ladi: buyum 
konstruksiyasini yig‘ish chizmasi, buyumni qabul qilib olishning texnik shartlari, 
buyumni ishlab chiqarish hajmi. Buyumlarni ishlab chiqarish vaqti, intervalini 
rejasi. Yig‘ish hajmi katta bo‘lsa yig‘ish texnologik jarayonini chuqurroq, to‘laroq 
ishlab chiqiladi. Katta hajmdagi yig‘ish ishlarida texnologik jarayon to‘liq va har 
bir yig‘ish qism uchun to‘liq defferensiotsiyalash usulida qarab chiqiladi. Yig‘ish 
hajmi katta bo‘lmagan hollarda yig‘ish texnologik jarayoni qisqartirilgan holda 
ishlab chiqiladi. 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin