217
Turdosh yuzalar yig‘indisini klassifikatsiya qilish uchun alomatlar:
geometrik shakl, ayrim yuzalarni ishlash aniqligi,
ishlanayotgan zagotovka
materiali, ayrim yuzalar o‘lchamlarini hisoboti va ularni o‘zaro joylashish aniqligi;
Detallarni klassifikatsiya qilish uchun alomatlar:
detallarni geometrik
shakli uning o‘lchamlari, ishlash aniqligi, yuza qatlami sifati, zagotovka materiali.
Bular asosiy alomatlar detal (zagotovka) chizmasidan olinadi. Bular TJ harakterini
va mazmunini aniqlaydi. Qo‘shimcha alomatlar: korxona topshirig‘i hajmi,
ishlanayotgan zagotovkaning ayrim guruhlarining o‘lchamlari, mavjud stanok,
moslama, keskichlar, ishlab chiqarishni rejalash va tashkil qilish sistemasi.
Texnologik jarayonlarni turdoshlashtirish ilmini asoschisi prof. A.P.
Sokolovskiy detallarni 14 sinfga bo‘lishni taklif qilgan. Bular qo‘yilgan texnologik
masalalarning umumiyligi bilan
harakterli.
Bu klassifikatsiya umumiy
mashinasozlik harakteriga ega: vallar, vtulkalar, disklar, richaglar, va hokazo.
Sinflarga, guruhlarga, guruhchalarga va turlarga bo‘linadi. Tur –
bu bir sinfdagi
detallarning yig‘indisidir, ular ma’lum ishlab chiqarish sharoitidagi bir xil turdosh
operatsiyalarga ega bo‘ladi. Bular umumiy konstruktiv va texnologik belgili
mahsulotlar guruhiga kirib, texnologik o‘tishlarni mazmuni va ketma-ketligini bir
xilligi bilan harakterlanadi.
Texnologik jarayonlarni turdoshlashtirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1. Juda ko‘p sonli jarayonlarni minimumga olib keladi va bir-biriga o‘xshash
detallarni ishlashni birxillashtiradi.
2. Eng zamonaviy texnologik ishlab chiqarishni qo‘llashni va korxonani
texnologik tayyorlash muddatini qisqartiradi.
3. Mahsus texnologik jihozlar sonini kamaytirish va ularni bazasida
tiplashtirish
sxemalarini
va
agregatlash
prinsipini
qo‘llab,
unifikatsiyalashgan uzellarni yaratish.
Turdoshlashtirilgan texnologik jarayonlarning
hujjatlariga detallarning
klassifikatsiyalari va tiplashgan ishlash jaryonlarining kartalari kiradi. Kartalarda
texnologik jarayon va ayrim operatsiyalar to‘g‘risida to‘la ma’lumot bo‘ladi:
chekka o‘lchamlari, ko‘rsatilgan zagotovka eskizi; materialni ishlash aniqligi, yuza
218
qatlami sifati; o‘tishlarning ketma-ketligi va mazmuni, jihozlari;
moslamalari,
keskichlari, ishlash rejimlari va vaqt normalari.
Turdoshlashtirilgan texnologik jarayonlarni qo‘llash, ko‘proq yirik seriyali
va ko‘plab ommaviy ishlab chiqarishga xos.
Detallarni mayda va o‘rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida stanoklarni bir
guruh detallardan ikkinchi guruh detallarni ishlashga o‘tishdagi sozlash uchun
ketgan vaqt ancha ko‘payib ketadi. Bu sharoitda prof. Mitrafanov S.P. tomonidan
taklif qilingan guruhlab ishlash usuli juda qo‘l keladi. Bu usul asosida
zagotovkalarni ham klassifikatsiya qilish yotadi. Guruhlarni shunday shakllantirish
kerakki, bu guruhdagi detallarni stanokni bir sozlashda (yoki juda kam sozlashda)
ishlash imkoni bo‘lsin.
Guruhlab ishlashda zagotovkalarni
klassifikatsiya qilish belgisi, turlarga
bo‘lish belgisidan jiddiy farq qiladi. Guruhlab ishlashda zagotovkalarni ishlash
turiga qarab sinflarga bo‘linadi: tokarlik stanogida ishlanadigan (bir sozlashda)
zagotovkalar; parmalash stanogida, frezerlash stanogida
va boshqa stanoklarda
ishlanadigan zagotovkalar sinflari. Demak, sinf belgisi bu yerda ishlatilayotgan
stanokni umumiyligidir. Zagotovkalarni guruhlarga birlashtirishni asosiy belgisi bu
- ishlanayotgan yuzalarning umumiyligidir. Guruhga ko‘pincha har xil geometrik
shakldagi zagotovkalar kiradi (11.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: