222
O‘tishlarni ketma-ketligini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
Agar o‘tishlarni bajarish ketma-ketligi ishlash aniqligiga ta’sir qilsa, birinchi galda
barcha qora o‘tishlar bajarilishi lozim. Shu bilan birga yordamchi yuzalar
(mahkamlovchi teshiklar) uzil-kesil ishlanadi. So‘ngra barcha toza o‘tishlar,
keskichni chiqishi uchun kanavkalar ishlanadi. Yakunida: barcha toza o‘tishlar,
qirindi tekkanda shikastlanadigan yuzalar ishlanadi.
Qolgan holatlarda boshqaruvchi dasturni tayyorlash va uni kiritish, mehnat
sig‘imini kamligi, hamda operatsiyani bajarishni yuqori mehnat unumini hisobga
olinadi.
Tokarlik ishlashda (16.5-rasm, a) o‘tishlarni bajarish ketma-ketligi quyidagi
variantlarda
bo‘lishi
mumkin:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10;
va
(1,6,9)
(2,7,10)
(3,8)
4
5. Mehnat unumi nuqtai nazaridan ikkala variant
ham bir xil qiymatga ega. Lekin, ikkinchi variant afzalroq, chunki o‘tishlar soni
kamroq. Demak, boshqaruv dasturidagi o‘tishlar soni ham kam. Shuning uchun
boshqaruv dasturini tayyorlash va uni ishlab chiqarish uchun mehnat sig‘imi kam
sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: