1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

F
- yillik vaqt fondi, 
F=2070
soat bir smenali ishda yillik vaqt fondi; 
N
- ishlab chiqariladigan buyum soni; 
t
- yig‘ish tezligi (temp). 
“Temp”ning qiymati yigish operatsiyalarining davom etish vaqtini yarmidan 
ko‘p bo‘lsa, u holda yig‘ish ni seriyali ishlab chiqarish usulini prinsiplarida olib 
boriladi. Bu holatda bitta ish o‘rnida turli xildagi buyumlar yig‘iladi. Buyumlarni 
ishlab chiqarish soni kam bo‘lsa, oqimsiz yig‘ish, ko‘p bo‘lsa oqimli bo‘lishi 
mumkin. Agar tempning qiymati yig‘ish operatsiyalarining davom etish vaqtini 
yarmidan kam yoki unga yaqin bo‘lsa, u holda yig‘ishni ommaviy ishlab chiqarish 
(har bir ish o‘rnida, bitta ish biriktirilgan) usulini prinsiplarida olib boriladi, bunda 
har bir ish o‘rniga yagona aniq yig‘ish operatsiyasi biriktirilgan bo‘ladi. Bunday 
holatda yig‘ish oqimli olib boriladi. Tempning kichkina qiymatida, yig‘ishni 
differensiyatsiyasi usulidan (kichik operatsiyalarni - bo‘laklarga bo‘lib, 
oddiylashtirib) yig‘ishdan foydalaniladi. Agarda bu texnologik nuqtai nazardan 
qiyinchilik tug‘dirsa dubler ishchi o‘rinlari hosil qilinib, u yerda parallel holatda 
yig‘ish ishlari bajariladi. 
Oqimli yig‘ish usulida, donabay yig‘ish vaqti operatsiya uchun “Temp”ning 
qiymatiga teng yoki kichik qilib olinadi. Ishchi o‘rnini yuklash 0.95 ni tashkil etish 
kerak. Uning qiymatini boshlang‘ich 1-operatsiyalar uchun qiymatini kamaytirib 
olamiz, keyingi operatsiyalarga qaraganda, bu esa yig‘ishni ishonchli olib borishga 
erishiladi. 
Yig‘ish operatsiyalarini loyihalashda, quyidagilar aniqlashtiriladi:
1)
O‘tishlarni bazalar bo‘yicha ustma-ust tushirish; 
2)
Yig‘ish moslamalarini tanlaydi; 
3)
O‘rnatish sxemasini aniqlaydi; 
4)
Buyumni bazaviy detalini mahkamlashni aniqlaydi; 
5)
Jihozlarni, kesuvchi asboblarni va o‘lchovchi asboblarni tanlaydi, 
imkoniyati bo‘lganida moslama konsrtuksiyasini yaratish bo‘yicha topshiriq 
beradi; 
6)
Yig‘ish jihozlarini ish rejimini aniqlaydi; 


(
5
.
3
)
362 
7)
Texnologik norma vaqtini aniqlaydi; 
8)
Ishchining razryadini aniqlaydi. 
Yig‘ish operatsiyalarini loyihalaganda ular buyumni tayyorlanish aniqligini 
va sifatini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarishni unumdorligini oshirishning asosiy 
yo‘nalishlarida – rostlash operatsiyalaridan to‘liq yoki qisman qutilish, yig‘ish 
texnologik jarayonini aniq qurish unga mexanizatsiya va avtomatizatsiya kiritish. 
Rostlash ishlaridan qutilish uchun qirqib ishlash aniqligini oshirib, mehnat 
sig‘imini kamaytirib, mexanizatsiyani qo‘llash va dastlabki o‘lchashlardan bir-
biriga to‘g‘ri keladiganlarini (selektorli yig‘ish) tanlab yig‘ish aniq birikma hosil 
qilishiga olib keladi. 
Ommaviy ishlab chiqarishda, ko‘p asboblardan, ko‘p moslamalardan bir 
nechta buyumlarni yig‘ish uchun (ko‘p ish o‘rinlaridan) foydalanish. Asboblaridan 
foydalanishga qarab, ketma-ket, parallel va parallel - ketma-ket yig‘ish 
sxemalaridan foydalaniladi. Yuqoridagi yig‘ish usullaridan parallel, ko‘p o‘rinli va 
ko‘p asbobli yig‘ish usullarining ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘ladi. 
Yig‘ish jarayonida mexanizatsiya qilingan yig‘ish asboblardan, yig‘ish 
avtomatlaridan, yarim avtomatlardan, avtomat tizimlardan foydalanilsa, ishlab 
chiqarish unumdorligi besh martagacha ortadi, 2-3 barobar ishlab chiqarish 
maydonlari qisqaradi. Yig‘uv sexlarini avtomatlashtirish sharti: birikmalarni 
unifikatsiyalash, normallashtirish tadbiri o‘tkazib amalga oshiriladi. Bu sexlarda 
qo‘llaniladigan (tipovoy) o‘xshash texnologik jarayonlarni loyihalash kerak 
bo‘ladi. 
Yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ishlash usuli belgilanadi. Asosiy yig‘ish 
ishlarini oqimli (potochniy) va statsionar shakllarda olib boriladi. Oqimli yig‘ish 
usulida ishlab chiqarishni sikli kamayadi va operatsiyalar oralig‘idagi detallarni 
yig‘ish ishlarini bajarish vaqti kamayadi, yig‘uvchilarni malaka darajasi ortadi, 
xuddi shuningdek mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati ko‘payadi, 
mehnat hajmi kamayadi va ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. 
Yig‘ilayotgan buyum bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga oqimli yig‘ishda 
quyidagicha uzatiladi. 


(
5
.
3
)
363 
1)
Qo‘l bilan (slesarlik stoli, og‘ma latok – rolgang yoki aravachalar orqali); 
2)
Mexanik transporter qurilmasi (operatsiyalar oralig‘ida buyumlarni 
konveyer yordamida ko‘chirish); 
3)
Davriy ko‘chiruvchi konveyer (plastinkaliy konveyer, qadamli konveyer, 
aravachalar, aylanma relsli yo‘lak), bunday holatda yig‘ish konveyer to‘xtagan 
paytda olib boriladi. 
4)
Yig‘iladigan buyum bilan harakatlanadigan uzluksiz konveyer; 
konveyerni tezligi yig‘ish operatsiyalarini bajarish vaqtiga to‘g‘ri keladi. 
Bir qatorda joylashgan stendlarda qo‘zg‘almas buyumni oqimli yig‘ish 
quyidagicha olib boriladi. Har bir ishchi yoki brigada, o‘zining operatsiyasini 
bajaradi, keyin u bir stenddan ikkinchi stendga ishchi ketma-ket o‘tib o‘z ishini 
bajaradi. Oqimli yig‘ishni buyum qo‘zgalmas bo‘lganda seriyali ishlab chiqarishda 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, og‘ir mashinalarni (ko‘chirish) yig‘ib uzatish 
qiyin bo‘lgan hollarda, operativ vaqt katta bo‘lganda oqimli yig‘ish ijobiy bo‘ladi.
Ko‘chish yoki uzatish tezligi: V=10÷15 m/min qo‘l bilan ko‘chirilganda, 
V=20 m/min rolgangda, V=30÷40 m/min mexanik transporter qurilmasida, 
V=15÷20 m/min davriy harakatlanuvchi yig‘ish konveyerida. 
Davriy harakatlanuvchi konveyerning tezligi 
(14.9) 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin