181 3NО
2
+ Н
2
О
НNО
3
+ NО + Q (з)
ko‘rinishida bo‘ladi. (d) reaktsiyasida ko‘rsatilgan azot (II) oksidini nitrat kislotasiga aylanish
darajasi nitrat kislotasining kontsentratsiyasiga, haroratga va gaz tarkibidagi azot (II) oksidining
miqdoriga bog‘liq.
Bu ish - laboratoriya model qurilmasida ammiakni katalitik oksidlab, nitrat kislotasi olish
jarayonini, nazorat qilish usullarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
1. Laboratoriya qurilmasi.
2. Temir katolizatori.
3. Ammiak gazi.
4. Natriy ishqori eritmasi, 0,5N.
5. Erlenmeyer kolbasi.
6. Metil qizil indikatori.
Ishni bajarish tartibi: Kontakt (tutashuv) qurilmasi ichiga katalizator to‘ldirilgan kvarts quvurga (9) o‘rnatilgan,
elektr isitkichli, vertikal joylashgan, kvartsdan tayyorlangan pech (8) dan iborat. Qurilmani elektr bilan
isitish, elektr tarmog‘iga ulangan laboratoriya avtotransformatori (13) va ampermetr (14) yordamida
boshqariladi. Tutashuv
qurilmasidagi harorat termopara (11) yordamida o‘lchanadi va ko‘rsatuvchi
millivoltmetr yordamida nazorat qilinadi
. Kvarts qurvurchasiga (9) temir oksididan tayyorlangan katalizator joylashtiriladi va gaz
aralashmasi (NH
3
+O
2
) tutashuv chegarasiga yuqoridan pastga qarab beriladi. Hosil bo‘lgan mahsulot
qurilma ostidagi oksidlovchi - gaz yig‘uvchi idish (12) ga o‘tadi.
Ammiak va havodan iborat bo‘lgan gaz aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi:
Ammiak ballon (4) dan simobli reometr (5) orqali aralashtirgich (6) ga uzatiladi. Havo
aralashtirgich (6) ga gazometr (2) dan reometr (3) orqali uzatiladi.
Gazometrdagi bosim yuqoriga joylashgan bosim baki (1) dan tushayotgan suv yordamida
hosil qilinadi.
Ammiak va havodan iborat gaz aralashmasi aralashtirgich (6) dan va bufer idishi (7) dan
o‘tib, tutashuv qurilmasiga uzatiladi. Azot oksidlarini yuttirish uchun gaz tutashuv qurilmasidan chiqib,
220
~