Tabiiy yoritish va unga asosiy talablar. Xonalarni tabiiy yoritish ularga quyosh yorugligining to’g’ridan-to’g’ri tushishi, osmonga tarqalgan yorug’lik va yerdagi har xil manbalardan yorug’likni qaytishi orqali amalga oshishi mumkin. Qayd qilingan yoritish ko’rinishlari birgalikda tabiiy yoritishning o’rtacha darajasini hosil qiladi va bu joydagi yorug’lik iqlimini xaraktyerlaydi va u yorug’lik iqlimi koeffisienti m bilan baholanadi.
Tabiiy yoritish odamlar doimiy bo’ladigan xonalar uchun mo’ljallanadi. Agar ko’rish ishlari sharti bo’yicha tabiiy yoritish etarli bo’lmasa uning kamchiligini to’ldirish uchun sun’iy yoritishdan foydalaniladi.
Xonalarni tabiiy yoritish yon tomon yoritish tuynuklari, yon tomondagi yoritish dyerazalari, yuqorida yoritish tuynuklari, yuqorida yoritish fonarlari, yon va yuqori tuynuklar, kombinasiyalashgan yoritishlar orqali amalga oshiriladi (9.9.-rasm.).
a b v
rasm. Xonaning qirqimi bo’yicha tabiiy yoritilganlik koeffisientini taqsimlanish sxemasi.a-bir tomonlama yondan yoritish; b-ikki tomonlama yondan yoritish; v-yuqoridan yoritish, 1- tekis ishchi sathi.
Tabiiy yoritish darajasi qisqa vaqt davomida o’zgarishi mumkinligi sababli u ish joyini yoritilganligi bilan emas balki, tabiiy yoritilganlik koeffisienti bilan normallashtiriladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffisienti e quyidagicha aniqlanadi.
e = , (9.21.)
bu yerda Eich-xonaning biror ichki no’qtasidagi tabiiy yoritilganlik, lk; Etash- ichki tabiiy yoritilganlik bir vaqtda, tashqi gorizontal yoritilganlik, lk.
YOn tomondan yoritishda eur 80% en va yuqori tomondan yoritishda eo’r 60% en bo’lsa tabiiy yoritilganlik yaxshi sanaladi. Notekislik I va II razryadli ishlarda 0,5 dan va III va IV razryadli ishlarda esa 0,33 dan kam bo’lmasligikerak.
SHaxsiy himoya vositalari
HFXning aspektlariga loyik juda ko’p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga xalq ommasining ma’rifatli, kasbni tanlash va urgatish, odamlarda intizom madaniyatini tarbiyalash, boshqaruvchi shaxslarga (sub’ektlarga) ruhiy ta’sir, shaxsiy va jamoa himoya (SHHV va JHV) hamda texnik vositalari kabilar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari bilan taminlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfeksiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishikerak.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash bilan taminlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, yergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori, ishlatishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bo’lishikerak. SHu ish uchun mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
SHaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi:
- ihotolovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotolovchi kostyumlar, skafandrlar);
- nafas olish a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo nikoblari);
- korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostyum, xalat, plash, pustin, fartuk, nimchalar);
- maxsus poyafzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli botinka, tufli, kalish, botilar);
- qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);
- boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, shlyapalar);
- yuzni himoya qilish vositalari (himoya nikoblari);
- ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari);
- eshitish a’zolarini himoya qilish vositalar;
- ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va elkani ehtiyot qilish moslamalari);
- himoyalovchi dyermotologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).
SHaxsiy himoya vositalari bilan taminlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat hamda hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to’g’ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlashni nazorat qilish.
2. SHaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o’tkazish, uning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan, oyna va boshqa qismlarni o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati to’g’risida tamg’a qo’yish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazasiyalash, dezaktivasiyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o’z vaqtida taminlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo’mitasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqishda insonda mavjud bo’lgan tabiiy himoya sistemalarini hisobga olishkerak. Insondagi bu tabiiy himoya sistemalari ishlab chiqarishdagi darajasi uncha yuqori bo’lmagan xavfli va zararli omillardan ishchilarni ma’lum sharoitlarda etarlicha himoya qilaoladi. Ammo bu tabiiy himoya sistemalari har bir odamlarda har xil rivojlangan bo’ladi. SHu sababli, ma’lum ishlab chiqarish uchastkasiga ishchilarni yo’llayotganda ham, himoya tadbirlarini ishlab chiqishda ham ana shu holatni hisobga olish lozim bo’ladi.
Evolyusiya jarayonida insonda tashqi muhitning unga ta’sir qiluvchi har xil omillariga nisbatan mukammal himoya sistemalari rivojlangan. Ular organizmga zararli mikroblarni kirishidan, saqlaydi, har xil xavfsizliklar va zararliliklar mavjudligi haqida o’z vaqtida ogohlantiradi. Bu himoya sistemalari ichida sezgi organlari boshqalarga nisbatan muhim rol o’ynaydi.
Ko’rish esa mavjud xavfni o’lchami, shakli, rangi, fazodagi joylashishi, harakat yo’nalishi va xavfliligi darajasi haqida qisqa daqiqada ma’lumot beruvchi muhim tahlil organi hisoblanadi.
Ko’zning tabiiy himoyasi qovoq va yosh suyuqligi hisoblanadi. Kiprikka tegish shu daqiqada qovoqni yopilishiga sabab bo’ladi va u ko’zni kuchli yorug’likdan va mexanik jarohatlanishdan himoya qiladi.
YUqorida qayd qilinganlarga qaramasdan ko’zning tabiiy himoyasiga har doim ishonish mumkin emas. Ko’zning shox pardasiga changli havo, har xil zarra va kimyoviy moddalarning o’tirishi shox pardani xiralashishiga, sezgirligini yo’qotishga va hatto ko’zda oq dog’lar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ko’zning tabiiy himoya qobiliyatini himoyalash uchun qo’shimcha muhandislik-texnik vositalardan foydalanishkerak.
Ko’rish qobiliyati ham hamma odamlarda bir xil bo’lmaydi. Ba’zi odamlar yorug’likda yaxshi ko’rsa, ba’zilar qorong’ulik tushishi bilan hech narsani ko’rmaydi. Xuddi shuningdek ayrim kishilar ko’rgan narsalarini rangini, o’lchamini va shaklini aynan tasavvur eta olmaydi yoki aylanma harakatdagi detallarni aylanish chastotasini noto’g’ri baholashadi.
Eshitish ham xavfdan xabar beruvchi muhim va foydali himoya sistemasi hisoblanadi. Insonni har xil tovushlarni eshitish qobiliyati uni har xil muqarrar xavflardan himoya qiladi.
Xavfdan xabardor etish bo’yicha, insonni navbatdagi himoya sistemasi hid bilish hisoblanadi. Uning natijasida inson har xil zararli va xavfli hidlardan o’z vaqtida himoyalanadi. Natijada ular har xil zararli gazlarning hidini sezmay qoladi. YA’ni neft bazada ishlovchilar neft mahsulotlari bug’ini sezmaydi.
Tam bilish ham xavf haqida xabar beruvchi himoya sistemasi hisoblanadi. Inson tam bilishi orqali suvdagi va ovqatdagi achchik va sho’rlikni o’z vaqtida aniqlaydi.
Sezish orqali ham inson turli xil xavfli va zararli omillardan o’z vaqtida himoyalanadi. Sezish xavfli jism yuzasi, haroratsi, gadir-bo’dirligi va elektr zaryadidan insonni xabardor etadi. Sezish insonni teri qoplamasi orqali amalga oshadi.
Teri qonga har xil kimyoviy moddalarni kirishini oldini olib organizm zaharlanishini oldini oladi. Teri qisman organizmni issiqlikdan va mexanik jarohatlanishdan himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |