10-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Reja


Bolalarda suyaklarning sinishi va ularni davolash xususiyatlari



Yüklə 88,88 Kb.
səhifə5/10
tarix22.12.2023
ölçüsü88,88 Kb.
#189815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.

Bolalarda suyaklarning sinishi va ularni davolash xususiyatlari
Bolalar suyagi elastik bo‘lganligi suyak usti pardasining mustaxkamligi va o‘sish zonasini bo‘lishligi sababli sinishlar o‘ziga xos bulgan xususiyatlarga ega. Ko‘pincha bolalarda suyak usti pardasi ostida sinish (suyak usti pardasi butun qoladi), ya’ni «yashil novda» tipidagi sinish, chala sinish, epifizioliz uchraydi.
Chala sinish – qiyshiqroq suyaklarning diafiz sohasida uchraydi (bilak va tirsak suyaklari). Bunda suyakning qavarib chiqqan tomoni sinib, botiq tomoni normal holatda qoladi.
Epifizioliz – sinish chizig‘i o‘sish zonasidan o‘tgan bo‘lsa, epifizioliz deyiladi.
Davolash. Bolalarda suyaklarning sinishi konservativ usulda davolanadi. Mahkamlovchi bog‘lamlar qo‘yiladi. Gips longetlari yordamida immobilizatsiya qilinadi. Bolalarning yoshi, singan joyi va sinish xarakteriga ko‘ra uni davolashda cho‘zish usuli qo‘llanishi mumkin (leykoplastirli yoki suyakni tortish).
Suyakni tortish 5-7 yoshdan oshgan bolalarga, leykoplastirli cho‘zish 3 yoshgacha bulgan bolalarga qo‘llaniladi.Operativ davolash bir necha marta yopik repozitsiya yordam bermaganda qo‘llaniladi.
Bo‘g‘imlarning chiqishi, turlari va belgilari.
Birinchi tibbiy yordam.
Bo‘g‘im yuzalarini bir-biriga nisbatan notg‘gri turishi va ulardan birining kapsulani yorib chiqishiga aytiladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi ularni tez joyiga qo‘yib, davolashni talab qiladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi to‘liq va to‘liqmas bo‘lishi mumkin. Agar bo‘g‘im yuzalari bir-biriga tegib turmasa, to‘liq chiqish deyiladi, agar qisman tegib tursa, to‘liqmas chiqish deyiladi. Ko‘pincha bo‘g‘imlarning chiqishi shikastlanish natijasida (90%), ba’zan patologik chiqishlar ko‘rinishida uchraydi (bo‘g‘imlarning o‘rab turgan to‘qimalarning patologik o‘zgarishlari tufayli). Ba’zan tug‘ma chiqishlar uchraydi, u yoki bu bo‘g‘imning yaxshi rivojlanmaganligi tufayli bo‘lishi mumkin. Masalan: son suyakning tug‘ma chiqishi. Bo‘g‘imlarning chiqishida 2ta omil ishtirok etadi: tashqi kuchning ta’siri va muskullarning qisqarishi. Bo‘g‘imlarning chiqishida bo‘g‘im kapsulasi yirtiladi, bo‘g‘imni o‘rab va mustahkamlab turgan boylamlar, muskullar va paylar uziladi. Ko‘pincha yelka bo‘g‘imi (55%), so‘ng tirsak bo‘g‘imlari (25%) chiqishi mumkin. Bo‘g‘imlar chiqishining belgilari:bo‘g‘im funksiyasining buzilishi;u yoki bu bo‘g‘imning shikastlanishga xos bo‘lgan oyoq yoki qo‘lning majburiy holati. M: yelka bo‘g‘imining chiqishida shikastlangan qo‘lini tirsak bo‘g‘imida bukib, tanadan uzoqlashgan holatda;og‘riq oyoq yoki qo‘lni holatini o‘zgartirganda kuchayadi.bo‘g‘imning shaklini o‘zgarishi; yordamchi simptomlar (oyoq yoki qo‘lni shishishi, sezuvchanlik va harakatni buzilishi);
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Shikastlangan oyoq yoki qo‘lni immobilizatsiya qilish (standart shinalar, qo‘l ostidagi vositalar yoki mahkam qilib bog‘lash bilan) bu vaqtda bo‘g‘imlarni to‘g‘rilab qo‘yish mumkin emas, chunki:bo‘g‘imlar chiqqanligini hamma vaqt ham aniqlab bo‘lmaydi.og‘riqsizlantirmasdan turib, bo‘g‘imlarni to‘g‘irlash shokka olib keladi.bo‘g‘imlarni to‘g‘irlash vrachning muolajasi.
Immobilizatsiyadan tashqari og‘riqsizlantiruvchi vositalar berila-di, bo‘g‘imga muz xaltasi qo‘yiladi. Agar ochiq chiqishlar bo‘lsa, avval jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yib, keyin immobilizatsiya qilinadi .Bo‘g‘imlarni to‘g‘rilash tibbiy muassasalarda vrachlar tomonidan amalga oshiriladi. To‘g‘irlashdan oldin og‘riqsizlantiriladi – 40-50mm 1%li novokain eritmasi bo‘him bo‘shlig‘iga yuboriladi, 1-2ml 2%li promedol 30 minut oldin m/o yoki t/o yuboriladi. Bo‘g‘imlarni to‘g‘irlashni Koxer, Djanelidze, Gippokrat usullari mavjud. Bo‘g‘imlar to‘g‘irlangandan keyin tinch holat yaratish va qaytatdan chiqishni oldini olish maqsadida immobilizatsiya qilinadi. Qo‘l kosinka bilan mahkam osib qo‘yiladi, shina yoki gipsli longet qo‘yiladi. (7-10 kunga).
Oyoqdagi bo‘g‘imlar to‘g‘irlangach, shina yoki gipsli longeta yordamida immobilizatsiya qilinib, 15-30 kunga yotgan holat tavsiya qilinadi. Immobilizatsiyaning qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, massaj (uqalash), davolash gimnastikasi, fizioterapiya muolajalari qilinadi.

Yüklə 88,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin