Sinishning asoratlari.
1. Suyak bo‘laklarining nerv tolalarini zararlanishi natijasida shok va falajlanish rivojlanadi.
2. Suyak bo‘laklari qon tomirlarini zararlab, tashqi qon ketish,to‘qima ichi qon quyilishi,anemiya rivojlanishi mumkin.
3. Singan sohada infeksiya qo‘shilib, shu sohada flegmona, osteomielit, sepsis rivojlanishi mumkin.
4. Xayot uchun zarur organlarni zararlanishi (miya, o‘pka, jigar).
5. Yog‘li emboliya.
Sinishlarda birinchi tibbiy yordam.
Sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan maqsad:
- shikastlanish natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan og‘ir holatlarning oldini olish (shikastlanish shoki, yirik qon tomirlari va nervlarni, yumshok to‘qimalarni zararlanishi);
- ochiq sinishlarda jarohatga ikkilamchi infeksiya tushishini oldini olish, qon ketishini oldini olish;
- suyakning singan bo‘laklarini biri-biriga nisbatan me’yorida turishi va tinch turishini ta’minlash;
Yopiq sinishlarda hayot uchun xavfli qon ketish va jarohat infeksiyasi kabi holatlar kam bo‘ladi, shuning uchun birinchi tibbiy yordam taxtakach (shina) yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida immobilizatsiya qilinadi. Agar yopiq sinish shikastlanish shoki bilan asoratlangan bo‘lsa, oddiy shokka qarshi choralar qilinadi: isitib o‘rab qo‘yish, shpris-tyubik yordamida narkotik moddalardan in’eksiya qilish, issiq choy ichirish va x.k.
Taxtakach qo‘yishdagi asosiy qoidalar:
1. Taxtakach qo‘yilayotgan joyga mos qilib, 2 ta bo‘g‘imni qamrab olishi kerak – shikastlangan joyning yuqorisidan va pastidan; yelka va son suyaklari singanda 3tak bo‘g‘imni qamrab olishi kerak.
2. Taxtakachlar yetarli darajada mustahkam, iloji boricha yumshoq va ularni qo‘yishda qulay bo‘lishi kerak.
3. Taxtakachni o‘lchami sog‘ tomondan yoki yordam ko‘rsatuvchining o‘lchami bo‘yicha yoki singan sohani santimetrli lenta yordamida o‘lchab olinadi.
4. Taxtakachlar kiyim ustidan oyok–kiyim ustidan kuyiladi, suyaklar turtib chikkan joylarga, botmasligi uchun paxta kuyiladi.
5. Taxtakachni mahkamlash yumshoq bintlar yordamida chekkadan markazga qarab, ehtiyotlik bilan qilinadi.
6. Taxtakach qo‘yib bo‘lingach, shikastlanganni o‘rab qo‘yish kerak.
7. Taxtakachlar funksional jihatdan qulay holatda qo‘yiladi (qo‘llar uchun – yelka bo‘g‘imidan yoyilgan va tirsak bo‘g‘imidan 90 * bukilgan holatda; oyoqlar uchun chanoq – son bo‘g‘imida yoyilgan va tizza bo‘g‘imidan bir oz bukilgan, tovon boldirga perpendikulyar holatda).
Vaktinchalik immobilizatsiya qilish uchun qo‘l ostida bo‘lgan materiallardan foydalanish mumkin (yog‘ochlar, taxtalar, tunuka, cho‘plar).
Ba’zan hech narsa topmaganda, qo‘llarni tanaga, oyoqlarni bir – biriga bog‘lab qo‘yish mumkin.
Ochiq sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qon oqishni to‘xtatishdan boshlanadi, jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yiladi va taxtakachni jgutni bo‘shatish yoki boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lishi uchun.
Dostları ilə paylaş: |