2. Oraliq davri – o‘tkir buyrak yetishmovchigi bilan xarakterlanadi. Og‘riq qaytalanadi, bel og‘riydi, siydik ajralishi kamayib, siydikda oqsil, mochevina, azot chiqindilari ko‘payadi(azotemiya). Takror qayt qidish kuzatiladi. Es-hush buzila boshlaydi, tana shishadi.
3. Kechikkan davr – (10-12 kun) ezilishdan keyin buyrak yetishmovchiligi belgilari yo‘qola boshlaydi, shishlar butunlay yo‘qoladi, lekin ezilgan joydagi og‘riq zo‘rayadi. Teri osti qavati va boshqa to‘qimalarda yiringli o‘choqlar va trofik yaralar, chandiqlar, kontratura va boshqalar vujudga keladi.
Uzoq vaqt ezilish sindromida ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordami Shikastlangan kishi ezilishdan ozod qilinadi.
Ezilgan joyni markazdan periferiyaga qarab siqib bog‘lash yoki ezilgan joydan yuqoriga jgut qo‘yish kerak.
Jarohatli joyga aseptik bog‘lam qo‘yiladi.
Standart shinalar yordamida immobilizatsiya qilinadi.
Tez tibbiy muassasaga evakuatsiya qilinadi.