10-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Reja


Oyoqqa qo‘yiladigan bog‘lamlar



Yüklə 88,88 Kb.
səhifə9/10
tarix22.12.2023
ölçüsü88,88 Kb.
#189815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.

Oyoqqa qo‘yiladigan bog‘lamlar.
Tovonga qaytalama bog‘lam”- mahkamlovchi tur to‘piqqa qo‘yiladi, so‘ngra bint tovonning yon tomonidan aylantirilib, barmoqlarning uchidan boshlab spiralsimon tur bilan berkitiladi va to‘piq sohasida tugatiladi.
Bosh barmoqqa spiralsimon bog‘oam”- mahkamlovchi tur to‘piqqa aylantiriladi. Tovonning ustki yuzasi orqali bint bosh barmoqni aylantirib o‘tkaziladi, uning uchidan boshlab spiralsimontur barmoqning asosigacha o‘rab boriladi va to‘piq atrofida mahkamlab qo‘yiladi.
Boldir-tovon bo‘g‘imiga krestsimon bog‘lam”- To‘piqdan yuqoriroqdan mahkamlovchi tur bog‘lanadi, so‘ngra tovon ustidan qiyshiq yo‘nalishda tushiriladi, tovondan aylantiriladi, tovon ustidan boldirga qarab ko‘tariladi, krest hosil qilinadi. Shunday turlar bilan tovonni yopiladi, to‘piq atrofida aylanma tur bilan tugatiladi.
Tizza bo‘g‘imiga toshbaqasimon bog‘lam”- tizza bo‘g‘imi yarim bukilgan holatda qo‘yiladi. Tizza qopqog‘i ustida mahkamlovchi tur bog‘lanib, proksimal va distal yo‘nalishda tarqab boradi. Tizza bo‘g‘imi ochilgan holatda sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. Bo‘g‘im ustida va ostida aylanmaturtizza qopqog‘i ustida kesishtiriladi.
Uzoq vaqt ezilish sindromi yoki shikastlanish toksikozi,uning simptomlari. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xususiyatlari va davolash.
Uzoq vakt ezilish sindromi – shikastlanish toksikozi - o‘ziga xos bo‘lgan klinik holat bo‘lib, yumshoq to‘qimalarni tuproq, imoratlarning buzilgan qismlari bilan uzoq ezilishi (4-6 soatdan yuqori) natijasida vujudga keladi. Shikastlanish og‘irligi ko‘p sabablarga bog‘liq: ezilgan joyga, ezilishning kengligiga, davomiyligiga va boshqa sabablarga. Klinik kechishiga ko‘ra shikastlanish toksikozi M.I.Kuzin bo‘yicha 3ta davrga bo‘linadi: dastlabki, oraliq, kechikkan.
1. Dastlabki davri yumshoq to‘qimalarni ezilishi bilanoq boshlanadi. Bunda og‘riq impulslari reflektor ravishda buyrakdagi qon aylanishini buzadi. Bu davr 2-3 kun davom etadi va ezilishdan ozod qilingan to‘qimalarda shish va qon aylanishini buzilishi bilan xarakterlanadi. Odatda ezilishdan keyin 4-6 soat o‘tgach, umumiy ahvolning keskin yomonlashuvi kuzatiladi: tashnalik, qayt qilish, bo‘shashish va qo‘zg‘aluvchanlik, apatiya, tana harorati 39 gacha ko‘tariladi, puls tezlashadi, qon bosimi tushadi. Teri qavatlari ko‘kimtir, muzday, sarg‘imtir yoki qon aralashgan suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar bilan qoplangan. To‘qimalarning kuchli shishi tufayli tomirlar pulsatsiyasi judu sust yoki umuman aniqlanmaydi. Kuchli og‘riq vujudga keladi. Og‘ir hollarda intoksikatsiya va o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan o‘lish mumkin. Yengil hollarda esa vaqtinchalik umumiy ahvolni yaxshilanishi kuzatiladi(yolg‘on yaxshilanish davri).

Yüklə 88,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin