Gippokrat shapkachasi. “Ensa va bo‘yinga krestsimon yoki sakkizsimon bog‘lam”- Aylanma tur bilan bint mahkamlanadi. Keyin chap quloqorqasidan qiyshiq yo‘nalishda pastga tushiriladi, bo‘yinning pastki qismiga bo‘yin oldiga o‘tiladi va bo‘yinning orqa tomonidan bosh ustiga qarab o‘ng quloq ostidan o‘raladi. Bintni boshni olidan aylantirib, chap quloq ostidan o‘tkaziladi va yuqori yo‘nalishda navbatlashib davom qiladi. Bintning oxirgi uchi bosh aylanasida mahkamlanadi.
“Quloqqa bog‘lam qo‘yish”- peshona – ensa orqali aylantirib, sekin-asta pastdan yuqoriga ko‘tarilib boradi. Aylana tur bilan tugatiladi.
“Iyakka va burunga sopqonsimon bog‘lam”- bint bo‘lagining oxiridan qirqib kelinadi. O‘rta qismi qirqilmaydi. Qirqilmagan sohasi iyak yoki burunga ko‘ndalang qilib qo‘yiladi. Oxirlari quloq osti va ustidan o‘tkazilib bog‘lab qo‘yiladi.
Qo‘lga qo‘yiladigan bog‘lamlar. “Barmoqqa spiralsimon bog‘lam”- mahkamlovchi tur bilakdan boshlanadi, kaftning ustki sohasi orqali qiyshiq yo‘nalishda jarohatli barmoqning uchiga boriladi va shu yerdan spiral turlar bilan barmoqni asosigacha yopib boriladi. Keyin kaftning ustki sohasi orqali bilakka boriladi va sirkulyar tur bilan tugatiladi. Hamma barmoqlarga qo‘yilgan spiralsimon bog‘lam “perchatka” ko‘rinishda bo‘ladi.
“Qaytalanuvchi bog‘lam”- kaft barmoqlar bilan birgalikda bog‘lanadi. Avval bilak-panja bo‘g‘imi sohasida mahkamlovchi aylanma tur qilinadi. Keyin bint kaftning ichki qismi bo‘ylab kaft va barmoqlarga tushiriladi, barmoqlarning uchini o‘rab, kaftning ustiga o‘tadi. Shu tartibda 2-3 tur qilinib, bo‘g‘im sohasi aylanma tur qilib bog‘lanadi, so‘ngra o‘rmalovchi bog‘lam ko‘rinishda barmoqlarning uchiga borilib, u yerdan spiralsimo tur ko‘rinishida bilakka olib kelib, bog‘lam tugatiladi.
“Toshbaqasimon bog‘lam”- tirsak bo‘g‘imiga qo‘yiladi. 2 xil variantda bo‘ladi: yig‘iluvchi va yoyiluvchi.
Yig‘iluvchida mahkamlovchi tur bilakning yuqori qimiga qo‘yiladi, so‘ngra bilak va yelkaga navbatma- navbat tur qo‘yiladi va bog‘lam markazga yig‘ilib borib, jarog‘atni berkitadi. Yoyiluvchi variantidamahkamlovchi tur tirsak bo‘g‘imi orqali o‘tadi. Bog‘lam tirsak bo‘g‘imidan bukilgan holda qo‘yiladi. “Bilak-panja bo‘g‘imiga krestsimon bog‘lam”- bilakning pastki qismida mahkamlovchi tur qilinib, kaft tomonga qiyshiq yo‘nalishda boriladi, so‘ngra bitta aylana tur qilinib, kaftdan yana oldingi turga kesishgan holda bilakka boriladi, shu tariqa takrorlanadi va bilakda tugatiladi.