2. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi o‘qish mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mavzu doirasi: Vatan, vatan o‘tmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari hayoti, ilm- fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy o‘zgarishlar;
janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she’r, latifa, lof;
kitob bilan ishlash;
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; bo‘g‘inlab o‘qishdan ongli, sidirg‘asiga
(tekis), tez, to‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qishga erishish;
o‘zbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini o‘qish;
yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida to‘laroq tushuncha hosil qilish;
badiiy asarlarni sharhli, ifodali o‘qish;
asar mazmuni va voqealari o‘rtasidagi bog‘lanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;
o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki va yozma tarzda izchil ifodalash;
so‘z boyligini oshira borish va nutqida faol qo‘llash;
o‘qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;
badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;
o‘qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;
nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoyalash;
badiiy asarlarni o‘zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
“O‘QISh” fanidan Davlat ta’lim standarti
3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
I sinf
O‘quv yili yakunida 1- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:
Bilim:
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish janrlari;
badiiy asar mazmunini bilish;
asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish
Ko‘nikma:
matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;
matn mazmunini ko‘rgazmalar vositasida to‘liq qayta hikoyalay bilish;
tayyor reja asosida asarni to‘liq qayta hikoyalay olish;
asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va baholay olish.
Malaka:
so‘z tarkibida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish;
so‘zlarni bo‘g‘inlab, so‘ng sidirg‘a (tekis) o‘qish;
hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi
asarlarni ifodali o‘qish;
bir daqiqada 25-30 so‘zni o‘qish;
o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
o‘qilgan asar asosida rasm chizish;
o‘quv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish.
“O‘QISh” fanidan Davlat ta’lim standarti
Dostları ilə paylaş: |