1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yogacha)
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi.(7 yoshdan 11-12 yoshgacha)
3.O’rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi.(13-17 yoshgacha)
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligining xususiyatlari
Bola yetti yoshga tulguncha atrofdagi hayotiy yangiliklarni tez ilg’aydigan bo’lib o’sa boshlaydi. Bu ishlarni faqat bolani kelajakka tayyorlash deb tushunish kamlik qiladi. Chunki bolalik – inson uchun navqironlik fasli hamdir. Insondagi salbiy va ijobiy fazilatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi. Darhaqiqat, hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolalikdagi har qanday taassurot xotiradan o’chmaydi. Demak, bolani kichkintoyligidan so’z san‘ati bilan sehrlash lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o’qishni bilmaydilar. Ular uchun dunyo noma‘lum. Ularda ana shu noma‘lum narsalarni bilishga intilish, qiziqish kuchli bo’ladi. Bunda ota-onalar, bog’cha tarbiyachilari kata rol o’ynaydilar. Bu yoshdagi bolalar kattalarga taqlid qiladilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mo’ljallangan kitoblarda hayvonlar, parrandalar, hashoratlar, o’simliklar bo’lsalarda ular odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi, kichkintoylarning dunyoqarashlarini shakllanishida muhim rol o’ynashadi. Sog’lom bola 7-9 oyligidayoq ayrim tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydilar: qo’lingni ber, tur, o’tir va xokozo. Bir yoshga kirgan bola 10 yaqin so’zni tushunadi va ayta oladi. Ikki yoshda esa so’zlar miqdori 300 ga yetadi. Endi u “U nima?”, “Bu Kim?” savollar takrorlay boshlaydi. 3 yoshga to’lganda bola o’rgangan so’zlar miqdori 1200-1300 tani tashkil qiladi. Endi u grammatik qoidalarsiz o’zi so’z yasay boshlaydi, so’zlarni mantiqan aloqaga kiritib fikrini bayon qiladi. Umuman maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va bog’cha tarbiyachilari tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan bola dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o’rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ularga badiiy asarlardan parcha o’qib berishlari lozim. Bolalarga o’qib beradigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi talab etiladi. Bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo’lishi maqsadga muvofiq.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligi ertak, qo’shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og’zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xarakterli voqealar va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda ularning yoshi, ruhiyati, saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Bolalar shoiri Anvar Obidjon “Suhbat” nomli she‘rida bolalar yaxshi ko’radigan g’ozlar to’g’risida so’z yuritadi. Voqea juda oddiy va soda.O’zaro suhbatdan ma‘lum bo’ladiki, g’ozlarning qorni och,ularni boqish kerak. Buni shoir o’yin vositasida ifodalaydi:
G’ozlar bir so’z deysizmi? Nega patni silaysiz?
G’a-g’a, g’a ! G’oq-g’oq,-g’oq.
Totli suli yeysizmi? Mendan nima tilaysiz?
Ha-ha,ha! Boq-boq, boq.
Bu xildagi she‘rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga turmush taassurotlarini to’plab, ulardan xulosa chiqarishga o’rgatadi. Bolalar shoiri Yo’ldosh Sulaymonning “Qug’irchoq” she‘rida qug’irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o’yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e‘zozlash masalasi o’rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib, Qo’ldan qo’ymaymiz sira
Ozoda kiyintirib, Yuqtirmaymiz gard , shira.
Senga taqamiz marjon Ovunchoqsan bizlarga
Qo’g’irchoqjon qo’g’irchoq. Qo’g’irchoqsan qizlarga.
Bolalar o’zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr oqibatli bo’lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o’rganadilar.
Bu davr yoshidagi bolalarga maqollarni yodlatish, mazmunini so‘zlab berish maqsadga muvofiqdir. Maqollar bolalarni to’g’ri mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lunda bayon etishga o’rgatadi.Ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so’z boyligini ham oshirishga ko’maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi:
Ona yurting OMON bo’lsa,
Rangi –ro’ying somon bo’lmas.
Dustlik, birodarlik , dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g’oyalari ham maqollarning asosiy mag’zini tashkil etadi.
Ko’kka boqma ko’pga boq!
Do’st so’zini tashlama ,
Tashlab boshing qashlama.
Topishmoqlar ham bola taqdirida muhim o’rin tutadi, bolaning intellektual o’sishida ,poetik va aqliy rivojida asosiy rol o’ynaydi. Mahmud Qoshg’ariy “Devonu lug’atit turk” asarida topishmoqlarni “tabzug’” deb ataydi. Hozir topishmoq so’zi topishmachoq, topmacha, jumboq, cho’pchak, topar cho’pchak, top-top cho’pchak, chiston, matal, top-top matal, muammo, masala, ushuk, lug’z kabi so’zlar bilan atalsada asosan bir ma‘noda – ma‘lum bir predmetning, hodisaning belgisi, sifatlari va xususiyatlarini ikkinchi bir narsaga ishora, ramz orqali o’xshatilishi va uni topish, yechib berish ma‘nolarini anglatadi.Odatda topishmoq, jumboq terminlari – o’zbek xalq og’zaki ijodiyotida,chiston , muammo, muvashshah deb ataladi.Topishmoqlarni quyidagicha xususiyatlarga bo’lish mumkin:
Ba‘zi bir topishmoqlar bir necha predmetlarni o’z ichiga oladi: “Uzun terak , ichi kovak” (miltiq, qamish, mo’ri) va xokazo. Ba‘zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan yoki qanday ishlanganligiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin: “Qo’li yo’q, oyog’i yo’q uy poylar ” (qulf).
Tez aytish ham xalq og’zaki ijodining o’ziga xos janri hisoblanadi.Tez aytish bolalarda aqliy o’tkirlikni tarbiyalaydi.Masalan: “O’ktam ko’m-ko’k, ko’rkam ko’klam rasmini ko’p ko’k qalamda chizmoqchi ”, “Zanjir, sarjin, anjir”. Xalq og’zaki ijodida alleteratsiya hamda muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tez ayti namunalari she‘riy shaklda ham yaratiladi: Sora allalaydi, Lola arralaydi.
Non yasashasanmi, Choli sanashasanmi?
Bolalarni biyron so’zlashga o’rgatib, ularga estetik zavq beradigan , fikr va qobiliyatlarini o’stiradigan, xotiralarini mustahkamlaydigan bunday o’yinlarning kichkintoylar adabiyotidagi roli va o’rni katta.
Dostları ilə paylaş: |