2.Mantiqiy masalalarni yechishning asosiy usullari. - копия (16 files merged)(1)
uchlari, V to‘plamning o‘ziga esa, graf uchlari to‘plami deyiladi.
Graflar nazariyasida “uch” iborasi o‘rniga, ba’zan, tugun yoki nuqta iborasi ham qo‘llaniladi. Umuman olganda, hanuzgacha graflar nazariyasining ba’zi iboralari bo‘yicha umumiy kelishuv qaror topmagan. Shuning uchun, bundan
keyingi ta’riflarda, imkoniyat boricha, muqobil (alternativ) iboralarni ham keltirishga harakat qilamiz.
G (V ,U ) grafning ta’rifiga ko‘ra, U bo‘sh kortej bo‘lishi ham mumkin. Agar U bo‘sh bo‘lmasa, u holda bu kortej (a, b) ( a V , b V ) ko‘rinishdagi juftliklardan tashkil topadi, bunda a b bo‘lishi hamda ixtiyoriy (a, b) juftlik U kortejda istalgancha marta qatnashishi mumkin.
1 2
Ilyos
Davron
Sanjar
Kimy
Toshkent
Qarshi
Navoiy
Biologiy
Fizika
(a, b) U juftlikni tashkil etuvchi a va b uchlarning joylashish tartibidan bog‘liq holda, ya’ni yo‘nalishning borligi yoki yo‘qligiga qarab, uni turlicha atash
mumkin. Agar juftlik uchun uni tashkil etuvchilarning joylashish tartibi
ahamiyatsiz, ya’ni (a, b) (b, a) bo‘lsa, (a, b) juftlikka yo‘naltirilmagan (orientirlanmagan) qirra (yoki, qisqacha, qirra) deyiladi. Agar bu tartib muhim, ya’ni (a, b) (b, a) bo‘lsa, u holda (a, b) juftlikka yoy yoki yo‘naltirilgan (orientirlangan) qirra deyiladi.
Kortejning tarkibiga qarab, uni yo grafning qirralari korteji, yo yoylari korteji, yoki qirralari va yoylari korteji deb ataymiz.
Grafning uchlari va qirralari (yoylari) uning elementlari deb ataladi. G (V ,U )
graf elementlarining soni (| V | | U | )ga tengdir, bu yerda G grafning uchlari soni
| V | 0 va | U | bilan uning qirralari (yoylari) soni belgilangan.
Grafning qirrasi (yoyi), odatda, uni tashkil etuvchi uchlar yordamida (a, b) , yoki
ab , yoki (a; b) ko‘rinishda belgilanadi.
Graf yoyi uchun uning chetki uchlarini ko‘rsatish tartibi muhim ekanligini ta’kidlaymiz, ya’ni (a, b) va (b, a) yozuvlar bir-biridan farq qiluvchi yoylarni
ifodalaydi. Agar yoy ko‘rinishda ifodalangan bo‘lsa, u holda a uning